Referat denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirk



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana19.11.2022
Hajmi1,78 Mb.
#869216
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Referat mavzu O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati

 
 
 
 
 


8
Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari.
Kredit – bo’sh turgan 
mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va ularni takror ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun qarzga berish. 
Kreditning o’ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblandi.Bunda 
kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va 
imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. 
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki shakli pul va tovar shaklidan 
foydalanib kelgan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan 
kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat iste‘molchilik va xalqaro kredit 
shakllarini oladi. 
Bank krediti – kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul 
egalari– banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga 
(tadbirkorlar, davlat, uy xo’jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. Bank 
krediti yo’nalishi, mudatti va kredit bitimlari summasi bo’yicha cheklanmaydi. 
Uning foydalanish sohasi ham juda keng,tovar muomlasidan tortib kapital 
jamg’arilishigacha xizmat qiladi. 
Tijorat krediti – bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi 
subyektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat kredit, avvalo, to’lovni 
kechiktirish yo’li bilan tovar shaklida beriladi. 
Iste‘molchilik krediti – xususiy shaxslarga, xammadan avvalo, uzoq muddat 
foydalanadigan iste‘molchilik tovarlari (mebel, avtomabil, televizor va boshqalar) 
sotib olish uchun ma‘lum muddatga beriladi. 
Ipoteka krediti – ko’chmas mulklar (yer, bino) hisobiga o’zoq muddatli 
ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar 
tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. 
Xalqaro kredit – tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz 
oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar 
hisoblanadi. 
Kredit berish bir qator tamoyillarga asoslanadi. Bular quyidagilar: ssuda 
berishning 
maqsadli 
xususiyati, 
kreditning 
rasmiylashtirilgan 
muddatda 
qaytarishligi, ssudaning moddiy ta‘minlanganligi va to’lovligi. 
Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli 
daromad deyiladi. Shu daromad (foiz) ning qarzga berilgan pul summasiga 
nisbatining foizda ifodalanishi foiz stavkasi yoki foiz normasini tashkil qiladi. 
Ssuda – qaro’zga berilgan pul (kapital) summasi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini taminlashda banklar, muhim rol 
o’ynaydi. Banklar pul mablag’larini to’plashda muhim rol o’ynaydi. Banklar pul 
mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning hakarakatini tartibga solish bilan 
shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasidir. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, 
o’z ichiga Markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq 
otgan shaxobchalarni oladi. «Markaziy bank boshlig’ida hamda keng tarmoqli 
mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish...» 
ustuvor yo’nalishlardan hisoblanadi. 
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizmini markazlashgan tartibda boshqaradi 
va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. 


9
Davlat banki, Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, 
birinchidan, ko’pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona Markaziy bankdan 
iborat bo’lib, u o’tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan 
o’rnatiladi. 
Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg’arma muassasalaridan 
mablag’larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko’ra 
Markaziy bank «bankirlar banki» deb ham yuritiladi. 
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faolliyat qilmaydi, 
davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va 
ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko’mak beradi. 
Markaziy bank ko’plab xilma-xil vazifalarni bajaradi. 
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi. Bu 
ehtiyotlar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. 
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta ehtiyotlarini saqlash vazifasini 
ham bajaradi. 
Ikkinchidan, cheklarni qayd (inkasatsiya) qilish mexanizmi ta‘minlaydi va 
banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi. 
Uchinchidan, davlat monetar siyosatini amalga oshiradi. 
To’rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg’unlashtiradi va ular ustidan 
nazoratni amalga oshiradi. 
Beshinchidan, halqaro valyuta Bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi. 
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas‘uliyatini oladi, muomalaga 
milliy valyutani chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul 
muomalasini tartibga soladi. 
Tijorat banklari sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb 
etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob-kitobni 
amalga oshiradi, shuningdek, vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan 
shug’ullanadi. 
Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat 
tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. 
Jumladan, bizning Respublikada Sanoat qurilish banki – sanoat, transport, aloqa va 
moddiy texnika ta‘minoti sohalarida; Zamin, G’alla, Paxta banklar-agrosanoat 
kompleksi tarmoqlari va sohalarida; Tadbirkor banki mayda va o’rta biznes, 
kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit – pul 
operatsiyalarini amalga oshiradi. 
Xalq banki – mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob 
kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy 
ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta‘minlaydi. Tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy bank eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga 
oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi. Tijorat banklari tizimida tor 
ixtisoslashishi bo’yicha investitsion va ipoteka banklarni ajratib ko’rsatish lozim. 
Investitsion banklar-maxsus kredit muassasalari bo’lib, obligatsiya hamda qarz 
majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo’li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini 
jalb qiladi va ularni milliy qog’ozlar (asosan davlat tadbirkorlar) ga taqdim qiladi. 


10
Ipoteka banklar – bu ko’chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli 
ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muassasalar. Ipoteka bankning resurslari 
o’zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. 
Bugungi kunda Respublika hududida mulkchilikning turli shaklidagi 30 dan 
ziyod tijorat ixtisoslashgan banklar va ularning 3,7 mingdan ko’proq filiallari 
faoliyat qilib turibdi. Shulardan uchtasi (tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank, halq 
banki va «ASAKA» bank) davlat tassarufidagi bank hisoblanadi. Ulardan 22 bank 
(73%) aktsionerlik jamiyati, 8 tasi (27%) mas‘uliyati cheklangan axamiyat 
shaklidadir. 
Respublika milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini 
oshirib borish va uning barqarorligini ta‘minlash asosiy vazifa hisoblanadi. 
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashinishi 
yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha 
subyektlarining, jahon Bozoriga raqobat bardosh beradigan mahsulot ishlab 
chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish 
alohida ahamiyatga ega. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish