REFERAT
Dasturiy majmua nomi: “Mashinasozlikdagi detallarning izohli lug’ati”
Talabnoma beruvchi: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti
Muallif: Yigitaliyev Jaloliddin Adxamjon o'g'li
Dastur yaratilgan sana: 28 aprel 2021 yil.
Dasturiy vosita vazifasi:
“Mashinasozlikdagi detallarning izohli lug’ati” mashinasozlik sohasida shug’ullanuvchi barcha mutaxassislar uchun mo`ljallangan bo’lib, mashina detallarining o`zbekcha, ruscha va ingliz tilida nomlanishini to`la yoritishga harakat qilindi. Ma'lumki mashinasozlik detallarining ko’p qismi rus tilidagi nomlanishiga yaqin va aynan bo’lganligi va o`quvchiga tushunarli bo’lishini hisobga olib, rus tilida aytilishi bilan olinishga xarakat qilingan.
Mashinasozlik texnologiyasi, texnologik va konstruktorlik talablaridan kelib chiqib, ishlatilish joylari, tayyorlash jarayonlari va materiallari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.
Ushbu izohli lug’at shu sohada dastlabki qadamlar bo’lganli bois ba'zi kamchiliklardan ham holi emas. Izohli lug’at mashinasozlik ta'lim yo’nalishi talabalari hamda boshqa Oliy o’quv yurtlari, universitetlarining texnik yo’nalishlarining bakalavrlari, magistrantlari, aspirantlari, doktrantlar uchun mo’ljallangan bo’lib va horijdan kelgan talabalar, texnikum, kollej talabalari, ishlab chiqarish korxonalarining texnologlari va konstruktorlari ham foydalanishlari mumkin.
Izohli lug’atning maqsadi mashinasozlik detallarning ishlab chiqarish jarayonida materiallarini to’g’ri tanlash hamda texnologik qulay va konstruktsion mustahkam bo’lishini ta'minlashdan iborat.
Dasturiy vosita qo`llanish sohasi: Hozirgi kunda Oliy ta’lim sohasidagi professor o`qituvchilar va talaba yoshlar izlanyotgan ilmiy ishlarini xorijiy davlatlarning turli jurnal va konferensiyalarda chop etib kelishyapti. Chop etish jarayonida qator muammolarga duch kelishyapti. Bulardan biri o`zlarini sohalaridagi atama va terminlarni chet tillariga tarjima qilish. Bu muammoni yechish uchun faqatgini til bilishning o`zi kamlik qiladi. Ushbu yaratgan izohli lug’atim orqali maqola va tezislarni osonlik bilan tarjima qilish mumkin. Dasturiy majmua: JavaScript, Bootstrap, PHP, jQuery dasturlash tilida yozilgan.
Talab qilingan operatsion tizim – Windows XP va undan yuqori.
Texnik talab – o’rtacha konfiguratsiyadagi kompyuter Pentium IV.
Dasturiy majmua hajmi –50 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham: |