REFERAT
Bozor va uning amal qilish mexanizmi
Topshirdi: Saydaxmedova.M
Tekshirdi:
Toshkent 2020
Bozor tushunchasi bu iqtisodiy kategoriya bo’lib,
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham
qo’llanilladigan ilmiy amaliy tushunchadir. Bozor iqtisodiyoti va
uni tavsiflash fundamental nima, qanday, kim uchun va qachon
ishlab chiqarish kerak degan masalalarga etibor qiladi. Bu tizim
xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat muhitiga
asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida alohida subyektlarning shaxsiy
qiziqishlari inobatga olinadi. “Sof bozor iqtisodiyoti”- davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini, boshqaruvini to’liq inkor qiladi. Davlat
faqat “o’yin qoidalariga” amal qilinishini nazorat qilib turadi.
Bozordagi subyektlar faqatgina shaxsiy manfaatlari, foydalarini
ko’zda tutib, faoliyat olib boradilar.
Bozorning o’ziga yarasha tarkibi ham mavjud.
Bozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan
joylashuvi. Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkun:
1. Bozor munosabatlarining obyektiga qarab:
a) iste’mol tovarlari bozori,
b) xizmatlar bozori,
c) sanoat mahsulotlari bozori,
d)xom-ashyo bozori va boshqalar;
2.Bozor munosabatlarining subyektiga qarab:
a) xaridorlar bozori,
b)sotuvchilar bozori;
3.Geografi joylashuviga qarab:
a) milliy bozor,
b) jahon bozori;
4.Raqobatning cheklanganligi darajasiga ko’ra:
a) monopolistic bozor,
b) oligapolistik bozor,
c) monopsonic bozor
d) erkin bozor;
5.Tarmoqlar bo’yicha:
a) avtomabil bozori,
b) neft mahsulotlari bozori,
c) kompyuter bozori;
6. Sotish xarakteriga qarab:
a) Ulgurji savdo bozori,
b) Chakana savdo bozori;
7. Qonunchilikka muvofiqligiga qarab:
a) qonuniy bozor
b) noqonuniy bozor, “qora” bozor.
Ana shu bozor turlarining barchasi o’zaro bog’liq bo’lib,
tovar, pul munosabatlari qonuniyatlari asosida amal qiladi.
Iqtisodchilar Liner hamda Steynerning obrozli aytishi
bo’yicha “Bozor bu iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchining
o’zaro aloqasini ifoda etuvchi sahnadir”.
Bozorda faoliyat yurgizuvchi barcha shaxslarning
harakati butun iqtisodiyotning mustahkamlanishiga emas,
balki o’z manfaatlariga qaratilgan. Ana shu barcha yakka
tartibda qaror qabul qiluvchilarning faoliyatini tartibga solish
bozor iqtisodiyotining yuragi bo’lgan bozor mexanizmi
asosida amalga oshiriladi.
Tarixiy tajribaga ko’ra, bozor mexanizmi quyidagi
ustunliklarga ega:
1. O’zgaruvchan sharaoitlarga tezda moslashishga yordam
beradi;
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan va texnika yutuqlaridan
unumli foydalanishni ta’minlaydi;
3. Ishlab chiqqarish resurslarni samarali taqsimlaydi. Bozorda
resurslar birinchi navbatda jamiyat uchun zarur bo’lgan
sohalarga taqsimlanadi;
4. Insonlarning turli ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishni
yo’lga qo’yadi;
5. Iste’molchi va tadbirkorlar ishlab chiqarishda erkin harakat
qiladilar;
6. Barcha ishlab chiqaruvchilar mahsulot sifatini oshirishga
harakat qiladilar.
Shu bilan birgalikda bozor mexanizmi mukammal emas, uning
kamchiliklari ham mavjud:
1. Bozor aholi uchun ijtimoiy himoyani’;
2. Ish bilan ta’minlash, doimiy daromadni;
3. Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlamaydi. Chunki bozorda
skilli rivojlanish bo’ladi, ya’ni, o’sish, jonlanish, iqtisodiy
pasayish, inqiroz, infilatsiya, ishsizlik holatlari ham bo’ladi;
4. Fan – texnika yangililarini ishlab chiqishda, tatbiq qilishda,
ko’pincha uning oqibatlari inobatga olinmaydi;
5. Jamoa foydalanishi uchun zarur inshootlarni, tadbirlarni
rivojlanishiga imkon bermaydi. Masalan yo’llar, jamoa
transporti va boshqalar.
Bularning hamasi iqtisodiyotga davlatning aralashuvi
kerakligini ko’rsatadi.
Bozor muvaffaqiyatsizliklari – bozor mexanizmining iqtisodiy
resurslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy
vaziyati.
Iqtisodiy nazariyada bozor munosabatlarining uchta
subyekti alohida ko’rsatiladi: uy xo’jaliklari, firmalar va davlat.
Uy xo’jaliklari – moliyaviy masalalarni birgalikda hal
qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo’jalik
birgaligi. Uy xo’jaliklari iste’molchilar sektoriga tegishli.
Firma – ishlab chiqarish faoliyati bilan
shug’ullanmaydigan, asosiy ishlab chiqarish muommolarini
shaxsan o’zi hal qiladigan iqtisodiy subyektdir. Firma ishlab
chiqarish sektoriga tegishli.
Davlat – keng ma’noda xo’jalik subyekti va bozorni
nazorat qilish huquqiga ega yuridik va siyosiy hokimiyat
organlari yig’indisidir. Davlat o’z faoliyatida jamiyatdagi
farovonlik, samaradorlikni oshirishga harakat qiladi.
Bozor – xaridorlar va sotvchilar o’rtasidagi o’ziga xos
munosabatlar tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotiga holatining asosiy tushunchalar
bo’lgan talab va taklif orqali aniqlanadi.
Bozordagi talab – bozordagi Tovar yoki xizmatga bo’lgan
insonlarning ehtiyojini bilvosita ko’rinishidir. Ehtiyoj biror bir
narsaga erishish istagini ko’zda tutadi.
Talab – bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo’yicha
uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – Tovar yoki xizmatga
bo’lgan to’lov qobiliyatli ehtiyojdir.
Talab individual va bozor talabiga bo’linadi.
Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami,
bozor talabini keltirib chiqaradi. Bozor talabini amaliy tahlil
qilish, bashoratlar uchun turli usullardan foydalaniladi.
Aksariyat hollarda quyidagilardan foydalaniladi.
Xaridorlardan olinadigan so’rov yoki intervyu. Sorov –
xaridorlarning xoxosh- istaklarini, ularning moliyaviy
imkoniyatlarini niqlash imkonini beradi. Biroq so’rov
jarayonidagi obyektiv qiyinchiliklar tufayli aniq malumotlar
olish darajasi past.
Ekspert tahlili – mutaxassislar, ekspertlar tomonidan
manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga
bo’lgan talabni, uning dinamikasini aniqlash uchun amalga
oshiriladigan tahlil. Bu usul qimmat usul hisoblanadi, lekin
xatolar qilish saqlanib qolinadi.
Bozor eksperimenti – yangi parametrlar, yangi narxlar
o’rnatilganda, iste’molchilarni solishtirma tahlil qilinganda
tovarni to’g’ridan to’g’ri test qilishni ko’zda tutadi.
Statistik usul – real statistic malumotlarni o’rganish
asosida ma’lum davr uchun aniq bir tovarga bo’lgan talab va
narxni o’zaro bog’liqligi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar
tadqiq qilinadi.
Agarda bozorning iqtisodiy holatini tavsiflovchi taklif
ko’rib chiqilmasa, bozor mexanizmining tahlili bir tomonlama
bo’lib qoladi. Bozordagi talab xaridorlar tomonidan o’rganiladi.
Ana shunda bozor mexanizmi toliq tahlil qilinadi hamda ijibiy
natijalarga erishiladi.
Taklif – joriy vaqtda bozorda mavjud va sotuvchilar
tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar
yig’indisidir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bozor iqtisodiyotini
to’rtta iqtisodiy mexanizm tartibga solib turadi: narx, talab,
taklif, raqobat. Uy xo’jaligi, firma va davlat uning asosiy
subyektlaridir. Bozor iqtisodiyotini yaxshi tomoni bilan
birgalikda salbiy tomonlari ham mavjud. Ularni hal qilishni esa
davlat o’z zimmasiga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |