Referat bozor mexanizmi docx



Download 16,39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.01.2022
Hajmi16,39 Kb.
#407692
TuriReferat
Bog'liq
bozor mexanizmi



REFERAT

Bozor va uning amal qilish mexanizmi

Topshirdi: Saydaxmedova.M

Tekshirdi:

Toshkent 2020



Bozor tushunchasi bu iqtisodiy kategoriya bo’lib,

iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham

qo’llanilladigan ilmiy amaliy tushunchadir. Bozor iqtisodiyoti  va

uni tavsiflash fundamental nima, qanday, kim uchun va qachon

ishlab chiqarish kerak degan masalalarga etibor qiladi.  Bu tizim

xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat muhitiga

asoslanadi.   Bozor iqtisodiyotida alohida subyektlarning shaxsiy

qiziqishlari  inobatga olinadi.  “Sof bozor iqtisodiyoti”- davlatning

iqtisodiyotga aralashuvini, boshqaruvini to’liq inkor qiladi. Davlat

faqat “o’yin qoidalariga” amal qilinishini nazorat qilib turadi.

Bozordagi subyektlar faqatgina shaxsiy manfaatlari,  foydalarini

ko’zda tutib, faoliyat olib boradilar.

Bozorning o’ziga yarasha tarkibi ham mavjud.

Bozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan

joylashuvi. Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkun:

1. Bozor munosabatlarining obyektiga qarab:

a) iste’mol tovarlari bozori,

b) xizmatlar bozori,

c) sanoat mahsulotlari bozori,

d)xom-ashyo bozori va boshqalar;

2.Bozor munosabatlarining subyektiga qarab:

a) xaridorlar bozori,

b)sotuvchilar bozori;

3.Geografi joylashuviga qarab:

a) milliy bozor,

b) jahon bozori;




4.Raqobatning cheklanganligi darajasiga ko’ra:

a) monopolistic bozor,

b) oligapolistik bozor,

c) monopsonic bozor

d) erkin bozor;

5.Tarmoqlar bo’yicha:

a) avtomabil bozori,

b) neft mahsulotlari bozori,

c) kompyuter bozori;

6. Sotish xarakteriga qarab:

a) Ulgurji savdo bozori,

b) Chakana savdo bozori;

7. Qonunchilikka muvofiqligiga qarab:

a) qonuniy bozor

b) noqonuniy bozor, “qora” bozor.

Ana shu bozor turlarining barchasi o’zaro bog’liq bo’lib,

tovar, pul munosabatlari qonuniyatlari asosida amal qiladi.

Iqtisodchilar Liner hamda Steynerning obrozli aytishi

bo’yicha “Bozor bu iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchining

o’zaro aloqasini ifoda etuvchi sahnadir”.

Bozorda faoliyat yurgizuvchi barcha shaxslarning

harakati butun iqtisodiyotning mustahkamlanishiga emas,

balki o’z manfaatlariga qaratilgan. Ana shu barcha yakka

tartibda qaror qabul qiluvchilarning faoliyatini tartibga solish

bozor iqtisodiyotining yuragi bo’lgan bozor mexanizmi

asosida amalga oshiriladi.




Tarixiy tajribaga ko’ra,  bozor mexanizmi quyidagi

ustunliklarga ega:

1. O’zgaruvchan sharaoitlarga tezda moslashishga yordam

beradi;


2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan va texnika yutuqlaridan

unumli foydalanishni ta’minlaydi;

3. Ishlab chiqqarish resurslarni samarali taqsimlaydi. Bozorda

resurslar birinchi navbatda jamiyat uchun zarur bo’lgan

sohalarga taqsimlanadi;

4. Insonlarning turli ehtiyojlarini  yuqori  darajada qondirishni

yo’lga qo’yadi;

5. Iste’molchi va tadbirkorlar ishlab chiqarishda erkin harakat

qiladilar;

6. Barcha ishlab chiqaruvchilar mahsulot sifatini oshirishga

harakat qiladilar.

Shu bilan birgalikda bozor mexanizmi mukammal emas, uning

kamchiliklari ham mavjud:

1. Bozor aholi uchun ijtimoiy himoyani’;

2. Ish bilan ta’minlash, doimiy daromadni;

3. Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlamaydi.  Chunki bozorda

skilli rivojlanish bo’ladi, ya’ni, o’sish, jonlanish, iqtisodiy

pasayish, inqiroz, infilatsiya, ishsizlik holatlari ham bo’ladi;

4. Fan – texnika yangililarini ishlab chiqishda, tatbiq qilishda,

ko’pincha uning oqibatlari inobatga olinmaydi;

5. Jamoa   foydalanishi uchun zarur   inshootlarni, tadbirlarni

rivojlanishiga imkon bermaydi. Masalan yo’llar, jamoa

transporti va boshqalar.



Bularning hamasi iqtisodiyotga davlatning aralashuvi

kerakligini ko’rsatadi.

Bozor muvaffaqiyatsizliklari – bozor mexanizmining iqtisodiy

resurslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy

vaziyati.

Iqtisodiy nazariyada bozor munosabatlarining uchta

subyekti alohida ko’rsatiladi: uy xo’jaliklari, firmalar va davlat.

Uy xo’jaliklari – moliyaviy masalalarni birgalikda hal

qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo’jalik

birgaligi.  Uy xo’jaliklari iste’molchilar sektoriga tegishli.

Firma – ishlab chiqarish faoliyati bilan

shug’ullanmaydigan, asosiy ishlab chiqarish muommolarini

shaxsan o’zi hal qiladigan iqtisodiy subyektdir. Firma ishlab

chiqarish sektoriga tegishli.

Davlat – keng ma’noda xo’jalik subyekti va bozorni

nazorat qilish huquqiga  ega  yuridik va siyosiy hokimiyat

organlari yig’indisidir.  Davlat o’z faoliyatida jamiyatdagi

farovonlik,  samaradorlikni oshirishga harakat qiladi.

Bozor – xaridorlar va sotvchilar o’rtasidagi o’ziga xos

munosabatlar tashkil etadi.

Bozor iqtisodiyotiga holatining asosiy tushunchalar

bo’lgan talab va taklif orqali aniqlanadi.

Bozordagi talab – bozordagi Tovar yoki xizmatga bo’lgan

insonlarning ehtiyojini bilvosita ko’rinishidir.  Ehtiyoj biror bir

narsaga erishish istagini ko’zda tutadi.



Talab – bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo’yicha

uni olish imkoniyatini bildiradi.  Talab – Tovar yoki xizmatga

bo’lgan to’lov qobiliyatli ehtiyojdir.

Talab individual va bozor talabiga bo’linadi.

Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami,

bozor talabini keltirib chiqaradi. Bozor talabini amaliy tahlil

qilish, bashoratlar uchun turli usullardan foydalaniladi.

Aksariyat hollarda  quyidagilardan foydalaniladi.

Xaridorlardan  olinadigan so’rov yoki intervyu.  Sorov –

xaridorlarning  xoxosh- istaklarini, ularning moliyaviy

imkoniyatlarini niqlash imkonini beradi.  Biroq so’rov

jarayonidagi obyektiv qiyinchiliklar tufayli aniq malumotlar

olish darajasi past.

Ekspert tahlili – mutaxassislar, ekspertlar tomonidan

manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga

bo’lgan talabni, uning dinamikasini aniqlash uchun amalga

oshiriladigan tahlil. Bu usul qimmat usul hisoblanadi, lekin

xatolar qilish saqlanib qolinadi.

Bozor eksperimenti – yangi parametrlar, yangi narxlar

o’rnatilganda, iste’molchilarni solishtirma tahlil qilinganda

tovarni to’g’ridan to’g’ri test qilishni ko’zda tutadi.

Statistik usul – real statistic malumotlarni o’rganish

asosida ma’lum davr uchun aniq bir tovarga bo’lgan talab va

narxni o’zaro bog’liqligi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar

tadqiq qilinadi.

Agarda bozorning iqtisodiy holatini tavsiflovchi taklif

ko’rib chiqilmasa, bozor mexanizmining tahlili bir tomonlama



bo’lib qoladi. Bozordagi talab xaridorlar tomonidan o’rganiladi.

Ana shunda bozor mexanizmi toliq tahlil qilinadi hamda ijibiy

natijalarga erishiladi.

Taklif – joriy vaqtda bozorda mavjud va sotuvchilar

tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor  tovar va  xizmatlar

yig’indisidir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bozor iqtisodiyotini

to’rtta iqtisodiy mexanizm tartibga solib turadi: narx, talab,

taklif, raqobat. Uy xo’jaligi, firma va davlat uning asosiy

subyektlaridir.  Bozor iqtisodiyotini yaxshi tomoni bilan

birgalikda salbiy tomonlari ham mavjud. Ularni hal qilishni esa

davlat o’z zimmasiga olishi kerak.



Download 16,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish