Referat bajardi: Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs 102-guruh talabasi Nizamatdinov Bekzod



Download 117,87 Kb.
bet3/3
Sana15.04.2022
Hajmi117,87 Kb.
#555409
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
NIZAMATDINOV islomdagi mazhablar

hofeiy mazhabi. Shofeiy mazhabi asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon SHofeiydur. U 150/767 - 204/ 820 yillar davomida hayot kechirdi. Nasabi payg‘ambarning amakisi bo‘lmish Hoshim ibn Muttalibga borib taqaladi. Shofeiy nomi bobosi Shofi’ ismi bilan bog‘liqdir. Zahabiy aytishicha, Imom Shofeiy (r.h.) Falastinning G‘azo mintaqasida tug‘ilgan. Ikki yoshligida otasi vafot etadi va onasi uning oliyjanob naslini saqlab qolish niyatida Makkaga qarindoshlar oldiga olib ketadi va u erda to Qur’onni yod olib, arab tili va she’rlarini mukammal o‘rgangunicha yashab qoladi. SHundan so‘ng u sahroga - Huzayl qabilasiga yuboriladi. Bu qabila esa o‘zining suxanzabonligi va she’riy an’anasi bilan mashhur edi. Keyinchalik Madinaga borib Imom Molik davrasida fiqhni o‘rgandi. Imom Shofeiy (r.h.) ilm o‘rganishga judayam qiziquvchan edi. O‘z davridagi taniqli olimlarning so‘zlarini rivoyat qilgan. Molik ibn Anas, Muhammad ibn SHayboniy, Muhammad ibn Xolid al-Jundiy, Muslim ibn Xolid az-Zanjiy, Marvon ibn Muoviya, ulug‘ imomlardan biri bo‘lmish Vake’ ibn Jaroh kabi ko‘plab olimlar SHofeiyga ustozlik qildilar. Makka qorisi Ismoil ibn Qustantindan Qur’onni tajvid bilan o‘qishni o‘rgandi. Ilm talabida ko‘p safar qilar edi. Yosh paytlarida mashhur olim So‘fyon bin Uyayna majlisida o‘tirar edi. Undan tafsir yoki fatvo haqida biror masala so‘rab kelishsa, Shofeiyga o‘girilib: “Mana shu yigitdan so‘ranglar! ”, der edi. Shofeiy Imom Molik vafotidan so‘ng Yamanda faoliyat olib boradi. “Aliychi”larga xayrixohlikda ayblanib, Iroqqa xalifa Horun ar-Rashid saroyiga olib kelinib so‘roqqa tutiladi. U o‘zini mohirona himoya qilishi va Imom A’zam shogirdi Muhammad ibn Hasan SHayboniy homiyligiga olgani tufayli omon qoladi. Shofeiy hadis va fiqh borasida ulkan darajalarga erishdi. Ilm izlab juda ko‘p marta safar qildi. Hamidiy aytadi: “Bir gal SHofeiy YAmandan kelganida yonida 20 ming dinor bor edi va Makka tashqarisiga chodir qurib, to ana shu 20 ming dinorni ehson qilib, sarflagunlaricha o‘sha erda yashadi”. U tilamchini yoki u kishidan biron narsani so‘raganni rad qilishdan hayo etardi. Rabi’ aytadi: “Imom Shofeiy (r.h.) undan biron narsa so‘ragan kishidan hayo qilar edi va u so‘ragan narsasini berib yuborishga shoshilardi. Ul zotni kishilar haqini biladigan, ularga husni xulq bilan muomala qiladigan judayam odobli kishi sifatida bilar edik”.
Shofeiy o‘zining ilm olishi haqida shunday degan: “Men Qur’ondan, hadisdan, nahvdan yoki shunga o‘xshash boshqa ilmlardan biror narsani o‘rganadigan bo‘lsam, bu o‘rganish jarayonida hamisha odob - axloqqa rioya qilar edim, Madinaga kelgunimcha bu mening odatim edi. Unda men Imom Molikni ko‘rdim. Ul zotdek ilmni ulug‘laydigan, haybatli kishini uchratmagan edim. Odob - axloqqa bo‘lgan ahamiyatim shu darajada oshdiki, Imom Molik darslarida ul kishi varaq shitirlashini eshitmasliklari uchun kitobni nihoyatda muloyimlik bilan varaqlar edim”. Imom Shofeiyning ustozlari ko‘p bo‘lgani kabi shogirdlari ham ko‘pdir. Undan Imom ibn Hanbal, Imom Hamidiy, Abu Ubayd, Abu Savr, Robi’ al-Murodiy, Imom Za’faroniy kabi ko‘plab ilm peshvolari ta’lim olganlar. Ishoq ibn Rohavayh aytadilar: “Makkada Ahmad ibn Hanbal menga: “Bu yoqqa kel, men senga hali ko‘zlaring o‘xshashini umuman ko‘rmagan bir kishini ko‘rsataman”- deb, meni Imom SHof’eiyni oldiga olib bordi. Demak, Ishoq ibn Rohavayh SHofeiydan ta’lim olgan, Ahmad ibn Hanbal esa uning eng ulug‘ shogirdlaridandir.
Shofeiy mazhabi ta’limoti. Imom SHofeiy hijriy ikkinchi asrning o‘rtalarida hayot kechirdi. Madinada imomi Molik ibn Anasdan ta’lim olib “Muvatto” kitobini yodladi. So‘ng Iroqda istiqomat qilgan chog‘ida Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibni Hasan SHayboniydan fiqh ilmi bo‘yicha Iroq ahli yo‘nalishini o‘rgandi. Bu orqali imomi Abu Hanifaning ilmini va fiqhiy usulini yod oldi. Natijada imom SHofeiy (r.h.) hijozliklar ilmi bilan iroqliklar ilmini jamlashga muvaffaq bo‘ldi. Ilmda yuksak martabaga erishgan SHofeiy birinchi bo‘lib fiqhiy usullarni tartibga soldi va bu borada uning ilk kitobi aynan shu edi. Imom SHofeiy bu kitobda shunday deydi: “Ilm ikki xildir: taqlid va istinbot (ya’ni mustaqil fatvo chiqarish). Taqlid - hukm olishda Qur’oni karimga, agar undan topilmasa sunnatga, agar undan ham topilmasa, solih olimlarning ko‘pchiligiga ergashishdir. Agar undan ham topilmasa, Qur’oni karim oyatlariga qiyos qilinadi. Undan ham topilmasa, ko‘pchilik salaflarning so‘zlariga qiyos qilinadi. Agar qiyos qilishda ixtilof qilishgacha borilsa, har kim o‘zicha ijtihod qiladi”.
Shofeiy mazhabining manbalari quyidagilardir:
1.Qur’oni karim.
2.Sunnati mutohhara.
3.Sahobalar qavllari.
4.Qiyos.
5.Ijtihod.
“Islomda huquq” kitobi mualliflari fikricha, uning davrida huquqiy istidlol, ya’ni fatvolarni dalillar bilan asoslash nihoyat darajada rivojlanadi. Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarga bo‘lgan chuqur ishonch ul zotga boshqa biror hadisni ochiq shaklda rad kilish imkonini bermaydi. Imom SHofeiy faqat rivoyatga qarshi rivoyat topilgandagina bunday imkoniyatga ega bo‘lardi.
Hanbaliy mazhabi.Hanbaliylik asoschisi Imom Ahmad ibn Hanbaldir. U hijriy 164 – 241, milodiy 780- 855 yillarda hayot kechirgan. Ahmad ibn Hanbalning to‘liq ismi - Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad az-Zuhaliy al-Marvaziy al-Bag‘dodiydir. Kelib chiqishi arablardan bo‘lmish Ahmad ibn Hanbalning naslu nasabi Robia Adnoniya ismli mashhur ayol mansub bo‘lgan SHaybon qabilasiga borib taqaladi. SHaybonning nasabi Nazzor ibn Ma’d ibn Adnonda Muhammad (a.s.)ning nasablari bilan tutashadi. Otasi Ahmadning yoshligida vafot etib ketdi va uning tarbiyasi bilan oilasi shug‘ullandi.
Abu Zahra shunday deydi: “Ahmad ibn Hanbal (r.h.) Bag‘dodda o‘sib voyaga etdi va u erda o‘zining ilk ta’lim tarbiyasini oldi. Bag‘dod o‘sha paytda fiqh, hadis, lug‘at, falsafa va boshqa ilm sohalarning ulamolari va insonlar bilan to‘lqinlanib turardi”. Ahmad ibn Hanbal Bag‘dod shayxlaridan ta’lim oldi. Keyin ko‘plab mamlakatlarga safar qildi: Hijozga, YAmanga, SHom mamlakatiga. Ahmad ibn Hanbal (r.h.)ning ustozlarini sanab adog‘iga etish qiyin: Hammod ibn Xolid, Usmon ibn Umar, Muhammad ibn YAzid, YAzid ibn Horun, Abdurahmon ibn Mahdiy, Vake’ ibn Jaroh, Muhammad ibn Idris ash - SHofeiy, Ibrohim ibn Sa’d az – Zuhriy. Imom Abu Hanifaning eng yaqin shogirdlaridan bo‘lmish Imom Abu YUsufdan hanafiy fiqhini o‘rgandi. Imom SHofeiyni ustoz deb bilib, undan ham fiqh ilmini o‘rgandi. Shuningdek, Yamanga borib Abdurazzoq ibn Xumordan ta’lim oldi. Mana shunday ilm muhitida o‘sgan Ahmad ibn Hanbal Allohning fazli bilan fiqh va hadis imomlaridan biriga hamda butun islom olamida unga ergashiladigan mazhab sohibiga aylandi. U husni xulq sohibi bo‘lib, o‘ziga ham, insonlarga ham rostgo‘y edi. Rivoyat qilinishicha, abbosiylar sulolasi vakili Mutavakkil o‘z xodimidan Ahmad ibn Hanbalga salom aytib, 10 ming dirham berib yuboradi. U xodimga: “Sen bularni hammasini ehson qilib yubor”, - deb pullarni qabul qilmaydi. SHunda xodim: “Ey, Abu Abdulloh, agar sen bu pullarni qaytarsang, hukmdor bilan o‘rtalaringga nizo tushib qolishidan qo‘rqaman. Senga maslahatim, bu pullarni qabul qil”,-deya ularni Imom Ahmadning oldiga qo‘ydi va o‘zi ketdi. Tun oxirlab qolganda Imom Ahmad o‘z ahli ayollarini, amakilarining o‘g‘illarini chaqirtirib, ularga shunday dedi: “Men bu kecha uxlay olmadim”. Ular birgalikda Basra va Bag‘doddagi ilm ahllaridan muhtoj kishilarning ismlarini yozib chiqdilar. Tong otgandan so‘ng Ahmad ibn Hanbal (r.h.) har bir kishiga ellik dirhamdan to yuz-ikki yuz dirhamgacha berib, pullarni tarqatib yubordi. O‘zida biror dirham ham qolmadi.
Ahmad ibn Hanbal ko‘plab shogirdlarga ustozlik qildi. Zero, undan katta bir jamoa hadis rivoyat qilgan. SHogirdlari sanalmish Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Muslimning o‘g‘li Abdulloh ibn Muslim. Yana Abu Dovud, Abu Zar’a, Abdulloh ibn Ahmad, Abulqosim, Muso ibn Xorun va hakozo ko‘plab kishilar Ahmad ibn Hanbal (r.h.)dan eshitgan va o‘rganganlarini rivoyat qilgan.
Ibn Nadim al-Bag‘dodiya Ahmad ibn Hanbal tasnif qilgan quyidagi asarlarni sanab o‘tgan:
“Amal kitobi”.
“Tafsir kitobi”.
“Nosix va mansux kitobi”.
“Zuhd kitobi”.
“Masalalar kitobi”.
“Fazilatlar kitobi”.
“Manosik kitobi”.
“Imon kitobi”.
Ahmad ibn Hanbalning eng mashhur asari “Musnad” bo‘lib, u o‘z ichiga o‘ttiz mingdan ortiq hadisni jamlagan.Hanbaliy mazhabi ta’limoti. Ahmad ibn Hanbal hadisshunoslik bo‘yicha katta shuhrat qozondi. Bir guruh mashhur muhaddislar, jumladan, imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj undan hadis rivoyat qilganlar. U o‘ziga xos fiqxiy qarashlarga ega edi va ular bilan boshqa mazhab tarafdorlaridan ajralib turardi. Gunohi kabiralarga qo‘l urgan kishi haqida mo‘‘tazilaga qarshi turib, bunday gunoh qilgan kishi mo‘‘min emas, degan fikrni rad qildi. Ahmad ibn Hanbal (r.h.) o‘z uslubiga tayangan holda hanbaliy mazhabiga asos soldi va uni rivojlantirishda Makkada Ibn Abbos orqali kurtaklari o‘sa boshlagan ilk huquqiy maktabdan foydalandi. U Qur’on, sunnat, sahobalar so‘zlari va ijmoga asosiy e’tiborni qaratib, qat’iy zarurat bo‘lmasa qiyosdan foydalanmagan. Barcha hadislarni hatto xabari vohid va sahobalar qavlini qiyosdan ustun qo‘yardi.
Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta:
1.Qur’on va sunna matnlari.
2.Sahobalarning fatvolari.
3.Qur’on va sunnaga muvofiq bo‘lsa, ayrim sahobaning qavllari.
4. Isnodi zaif yoki ohod hadislar.
5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha hukm chiqarish.

Adabiyotlar



1. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. – T.: Toshkent islom universiteti, 2009.
2. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al–Buxoriy. Al–Adab al–mufrad. – T.: O‘zbekiston, 1990.
3. At–Termiziy. Sahih at–Termiziy / A. Abdullo tarjimasi.
– T.: G‘. G‘ulom nomli “Adabiyot va san’at” nashriyoti, 1993.
4. At–Termiziy. SHamoili Muhammadiya / Sayid Maxmud Taroziy Alixonto‘ra tarjimasi. – T.: “Mehnat” nashriyoti, 1991.
5. Islom: ensiklopediya. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.
6. Muhammad Xuzariy. Nur–ul yaqin. – T.: CHo‘lpon–Kamalak, 1992.
7. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jaev H., Rahimjonov D., Komilov M., Abdusattorov A., Oripov A. Dinshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. – T.: Mehnat, 2004.
8. Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Arabchadan Abdulloh shayx Ismoil Maxdum o‘g‘li tarjimasi. – T.: Movarounnahr, 1995.
9. Hasanov A., Komilov N., Uvatov U., Azimov A., Rahimjonov D., Zohidov Q. Islom tarixi. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot–matbaa birlashmasi, 2008.
10. Hasanov A.A. Qadimgi Arabiston va ilk islom. Johiliya asri. – T.: Toshkent islom universiteti, 2001.
11. Hasanov A.A. Makka va Madina tarixi (Qadimgi Arabiston tarixidan lavhalar). – T.: Mehnat, 1992.
Download 117,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish