Referat bajardi: Sohibnazarov Shaxriyor Tekshirdi: Imzo


Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi



Download 95,5 Kb.
bet3/4
Sana16.01.2022
Hajmi95,5 Kb.
#373337
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Lotin Amerikasi va Buyuk Britaniya

Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi:

a) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko'ra hokimiyat siyosiy yo'lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo'llab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo'lishi kerak;

b) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo'lishi lozim. U xususiy tashabbuslarni aslo bo'g'masligi kerak;

d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o'zini o'zi ta'minlasin. O'ziga bog'liq bo'lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko'rsatadi;

e) kamomadsiz budjet bo'lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi; 0 kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfa-atlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zarar yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi darkor.

Xo'sh, M. Tetcher qanday qilib katta obro' qozona oldi?

Konservatorlar saylovgacha «To'g'ri yon-dashuv» deb atalgan dastur ishlab chiqdilar. Unda Buyuk Britaniyaning qudratini tiklash, iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatish asosiy vazifa qilib qo'yildi. Bu dasturni amalga oshirish hukumatdan qat'iylik bilan harakat qilishni talab etar edi.

M. Tetcher shunday qildi ham. U davlat budjeti tanqisligiga yo'l qo'yib bo'lsa ham keng ijtimoiy tadbirlarni zarur mablag' bilan ta'minlashdan voz kechdi.

Muomalada ortiqcha naqd pulning bo'lishiga yo'l qo'ymaslik chorala-rini ko'rdi. Buning uchun budjet xarajatlari qisqartirildi. Shu tufayli inflatsiyaning pasayishi hamda iqtisodga ko'proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi. Natijada ishlab chiqarishni o'stirish borasida sakrash ro'y berishiga erishildi. Mehnat unumdorligi bo'yicha Yevropada birinchi o'ringa chiqildi.

Hukumat kam samarali va zarar ko'rib ishlovchi korxonalarni saqlab turish uchun mablag' ajratishni to'xtatdi. Davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu tadbir davlat budjetiga 28 mlrd. f. s. olib keldi.

Millionlab fuqarolar firma va korxonalarning aksiyadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo'ldi. Davlat uy-joy fondi ham sotildi. Natijada 1,1 mln. oila imtiyozli ravishda turar joy sotib olishga erishdi.

1990-yilga kelib 65 foiz oila o'zining shaxsiy uy-joyiga ega bo'ldi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish va tejamkorlik hisobiga kamomadsiz budjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o'rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta'minot unga haqiqatan ham muhtoj bo'lganlar uchun joriy etildi. 80-yillarda 2,5 mln. yangi ishchi o'rni vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi, o'z navbatida, 1983, 1987 va 1991-yillardagi parla­ment saylovlarida konservatorlar partiyasining g'alabasini va ularning uz-luksiz 18 yil davomida hukumatni boshqarishlarini ta'minladi.

Biroq 90-yillarda vaziyat o'zgardi. Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turib bo'lmadi. Inflatsiya va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan qat i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish yo'li bilan vaziyatdan chiqmoqchi bo'ldi. Bu esa ommaviy norozilikni keltirib chiqardi. Shunday sharoitda M. Tetcher o'z xohishi bilan iste'foga chiqdi. Yangi bosh vazir J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U «Teng imkoniyatlar jamiyati» barpo etish dasturini ilgari surdi. Biroq bundan ko'zlangan maqsadga erishilmadi. 1997-yilgi va 2001-yilgi parlament saylovida Leybo-ristlar partiyasi g'alaba qozondi. Toni Bier boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Leyboristlar hukumati qiyin siyosiy muammolarga duch keldi. Shotlandiya va Uels mahalliy millatchilari 1997— 1998-yillarda o'z parlamentlarini tuzdilar va muxtoriyat e'lon qildilar.

Irlandiya muammosi yana murakkablashdi. Katoliklar va protestantlar-ning to'qnashuvi davom etdi. 1998-yilda leyboristlar hukumati tomonlar o'rtasidagi munosabatni bir muncha bo'lsa-da kelishtirishga erishdi. Biroq 2001-yilda vaziyat yana keskinlashdi. 2005-yilgi saylovlarda Toni Bier yana g'alaba qildi.

Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o'ynab keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ahvol o'zgardi. Endi birinchilik AQSH ga o'tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o'rni alohida 3 yo'nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo'ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G'arbning yetakchi dav-latlaridan biri bo'lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo'stlik mamlakatlari boshlig'i edi.

Buyuk Britaniya birdaniga AQSH iyng asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani yo'q. AQSH — SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o'rnatish AQSH uchun ham zarur edi. 1945-yilda ingliz-amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd. dollar qarz beradigan bo'ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqei kuchaydi.

Buyuk Britaniyaga «Marshall rejasi» ga ko'ra ham katta miqdorda yordam ko'rsatildi. Mustamlakalarda'boshlangan milliy-ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga solib qo'ydi.

Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik berishga majbur bo'ldi. 1949-yilda NATO ni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950-yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFR ni qurollantirish va uni NATO ga tortish to'g'risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo'ldi. 1957-yilda o'z hudu-diga AQSH ning o'rta masofaga uchuvchi raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o'tkazdi.

60-yillarning boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu hodisa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo'ydi. Buyuk Britaniya ayni paytda 1963-yilda yadro qurollari sinovini qisman taqiqlash to'g'risidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi. AQSH ning Vetnamga qarshi urushini qo'llab-quwatladi. 1966-yilda Buyuk Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan qurolli kuchlarni — ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi) ni tuzish to'g'risida bitim imzoladi.

1971-yilda «Umumiy bozor» ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973-yilda esa uning a'zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda AQSH va Hamdo'stlik mamlakatlari bilan yaxshi munosabatni saqlab qoldi. Jahon iqtisodi va siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o'ynay boshladi. Buyuk Britaniya quruqlikda, dengizda va havoda foydalanishga imkon beradigan strategik qurolga ega bb'lishga intildi va bunga erishdi ham. M. Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e'tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sodiq qoldi. Buyuk Britaniya manfaatlariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda o'ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning may oyida Argentina o'z qo'shinini Janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Bu orol asli Argentinaga qarashli bo'lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya uni o'z imperiyasi tarkibiga qo'shib olgan edi.

Buyuk Britaniya orolga o'z qurolli kuchlarini yubordi va u yerda bayrog'ini qayta tikladi. M. Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini tiklashga zo'r berib harakat qildi. «Umumiy bozor» da deyarli har bir masalada o'zining alohida fikriga ega bo'ldi.

Chunonchi, Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo'llab-quwatladi va unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi.

1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo'shilishi bu davlat tashqi siyosatida Yevropa muammolarini birgalikda hal etish tomon jiddiy o'zgarish yuz berganligining isboti bo'ldi. 2002-yildagi AQSH ning Afg'onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o'z qo'shinlarini yubordi. Terrorizmga qarshi kurashdi. Bunga javoban 2005-yil iyunda Buyuk Britaniyada qator portlashlar o'tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo'ldi. Politsiya nazorati kuchaytirildi. Bugungi kunda ham Buyuk Britaniya buyuk davlatlardan biri sifatida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

1991-yilda Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasida diplomatik munosabat o'rnatildi. 1993-yilning 17—19-iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O'zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi. Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.

Shu yilning 15-oktabrida esa Buyuk Britaniya tashqi va hamdo'stlik ishlari bo'yicha davlat vaziri D. Xog rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi. Muzokaralardan so'ng ikki davlat o'rtasida madaniyat va ta'lim sohasida hamkorlik bitimi imzolandi. Shuningdek, ikki yoqlama soliq olmaslik to'g'risida ham kelishuvga erishildi.

22—25-noyabr kunlari O'zbekiston Prezidenti I. Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy amaliy tashrif bilan bordi. Mamlakat qirolichasi Yelizaveta II, shuningdek, bosh vazir J. Meyjor bilan uchrashdi. Safar chog'ida o'zaro iqtisodiy aloqalar to'g'risida shartnoma, o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risida hamda ikki davlat o'rtasida havo yo'li ochish haqida bitimlar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlakatimizda oltin qazib olish korxonalarini qurish uchun 150 mln. dollar ajratishga qaror qildi. Mashhur «Lonro» kompaniyasi bilan bitim tuzildi.



Bulardan tashqari, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida ham hujjat imzolandi. Bugungi kunda O'zbekistonda 50 dan ortiq Buyuk Britaniya va O'zbekiston qo'shma korxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. 1997-yildan O'zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ-85 samolyotlarini sotib ola boshladi.


Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish