2.2 Ilk yoshdagi bolalarni ovqatlantirish.
Ilk yoshdagi bolalar har 3-3,5 soatda gigienik sharoitda, belgilangan vaqtda ovqatlantiriladi. 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalarni ovqatlantirishda ular kichik guruhlarga bo‘linadi. 3 yoshli bolalar esa ovqatlarni mustaqil va tartibli yeyishga o‘rgatib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalarda madaniy-gigienik ko‘nikmalarni tarbiyalash. Ilk yoshdagi bolalarda kiyinishga, yuvinishga, ovqatlanishga ijobiy munosabatlarni yaratish, o‘ziga-o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalarini mustaqil harakatlarni shakllantirishga tayyorgarlik bo‘lib xizmat qiladi.
1,5-2 yoshli bola deyarli hamma kiyimlarini o‘zi yecha oladi, taxlab qo‘yadi va kiyimlarini ayrimlarini kiya oladi. Bu yoshdagi bolalar o‘zlari yuvinadilar va artinadilar.
2-3 yoshli bolalar mustaqil ovqat yeyishga kiyimlarini kiyib yechishga o‘rganadilar.
Ilk yoshda jismoniy mashqlar va uqalash. Bola hayotining dastlabki yilida uqalash va gimnastika har kuni yakka tartibda o‘tkaziladi.
2 yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazayotganda yurishni, arqonga chiqishni, sakrashni, buyumni uloqtirishni, muvozanatni rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismoniy tarbiyalashning yosh tavsifi va vazifalari. Bu yosh davrida bola organizmida kata o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 7 yoshga borganda bolaning bo‘yi o‘rtacha 120 sm gacha o‘sadi. Organ va tizimlarda morfologik va funksional o‘zgarishlar bo‘ladi. Umurtqaning egiluvchanligi ortadi, muskullarning kuch darajasi kuchayadi, o‘pkaning xajmi o‘sadi. Nafas olish chuqurroq va uzoqroq bo‘ladi. Ovqat xazm qilish apparati barqaror ishlaydi.
Bolalarning shu davrdagi jismoni va ruhiy rivojlanishi xususiyatlari munosabati bilan quyidagi o‘ziga xos vazifalar o‘rtaga qo‘yiladi:
to‘laqonli uyg‘un jismoniy rivojlanishi yurak tomir va nafas olish tizimini mashq qildirish qaddi qomat va oyoqni shakllantirish;
organizimni chiniqtirish;
barcha asosiy harakatlarni, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalash;
jismoniy qobiliyatlar, sifatlarni rivojlantirish;
ozodalik, tartiblilik odatlarini tarbiyalash.
Turli vositalardan kompleks foydalanganda bu vazifalarning barchasi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rejimi. (Kun tartibi) 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning uyqusi 12-13 soat (shundan 1,5-2 soati kunduzgi), 5 1shdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 11-12 soat davom etadi.
O‘yinlar uchun salkam 4 soat, harakat faoliyati uchun (turli shakllarda) qariyb 5 soat, kunduzgi uyquga 1 soatu 5 minutgacha ajratish zarur.
Bolalarning aktiv faoliyati – o‘yin, o‘quv, mehnat va turmush faoliyati kun mobaynida bir necha bor o‘zgaradi.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar 8 minutga yaqin aqlli faoliyat bilan faol shug‘ullanishlari mumkin, katta maktabgacha yoshdagi bolalar esa anna shunday faoliyat bilan 12-14 minut shug‘ullana oladilar. Shundan keyin ularning diqqati susayadi. Agar mashg‘ulotlar orasida va mashg‘ulotning o‘zida harakatli mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqalari, jismoniy tarbiya tanaffuslaridan) foydalanilsa, bolalarning imkoniyatlari birmuncha ko‘payadi.
Bolalar bog‘chasi kun tartibida xilma-xil o‘yinlarga alohida o‘rin beriladi. Vaqtdan to‘laqonli foydalanish uchun tarbiyachi o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni oldindan tanlab qo‘yishi, bolalarni bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng imkoniyatlar beradi. Sayr chog‘ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar kuzatiladi, bolalarning mehnat va o‘yin faoliyati, sport mashqlari uyushtiriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ovqatlanishi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida butun ovqatlanishni tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy munosabatni yaratishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5-4 soat oralig‘ida bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa oldindan tayyorlab qo‘yiladi, chunki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qo‘zg‘atadi. Stolni enaganning o‘zi bezaydi, o‘rta guruhdan boshlab esa bu ishda navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar. Navbatchilikning tartibi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi tomonidan puxta o‘ylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Normal ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat kata ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |