Referat bajardi: 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) taʼlim yoʼnalishi 3-2 iqt im-19



Download 228,5 Kb.
bet4/4
Sana11.01.2022
Hajmi228,5 Kb.
#340495
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Moliya Abror

4. Uy xo’jaliklari xarajatlari

Uy xo’jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to’lovlarni amalga oshirishga va jamg’arishga yo’naltiri-ladigan pul mablag’lari uy xo’jaliklari byudjetlarining xarajatlar qismini tashkil etib, ularning xarajatlari deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagi omillar bo’yicha tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi):



    • davriylik nuqtai-nazaridan;

    • xarajatlarning turlari bo’yicha;

    • xarajatlarning funktsional mo’ljallanganlikka bog’liqligigako’ra;

    • majburiylik darajasibo’yicha;

    • to’lovlarning avtonomlilik xarakterigako’ra;

    • iste’mol va jamg’arishga yo’naltirilayotgan real pul xarajatlarining turlaribo’yicha.

Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagilarga bo’linadi:

    • qisqa muddatlixarajatlar;

    • o’rta muddatli xarajatlar;

    • uzoq muddatlixarajatlar.

Xarajatlarning turlari bo’yicha uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagilardan tarkib topadi:

    • joriyxarajatlar;

    • kapital xarajatlar.

Uy xo’jaliklarining xarajatlari funktsional mo’ljallanganligiga ko’ra quyidagilardan iborat:

    • shaxsiy iste’molxarajatlari;

    • soliqlar va boshqa majburiyto’lovlar;

    • pul to’planmalari va jamg’armalar.

Avtonomlilik xarakteriga ko’ra uy xo’jaliklarining xarajatlari ikkigabo’linadi:

    • daromadlarning hajmiga bog’liq bo’lmagan va hayotiy minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy) xarajatlar;

    • daromadlarning dinamikasiga bog’liq bo’lgan elastikxarajatlar.

Ayrim hollarda uy xo’jaliklari xarajatlarining ana shunday tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) doirasida kam elastikli xarajatlar alohida guruhga ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiri-tiladi.

Real pul xarajatlarining turlari bo’yicha ham uy xo’jaliklarining xarajatlari ikki guruhdan tashkil topadi:



    • iste’molga yo’naltirilganxarajatlar;

    • jamg’arishga yo’naltirilganxarajatlar

Uy xo’jaliklarining iste’molga yo’naltirilgan xarajat-lari (iste’mol xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf qilinadigan ega bo’lingan daromadning bir qismidan iborat. Iste’mol xarajatlarining miqdori quyidagilarga bog’liq:

    • ega bo’lingan daromadga;

    • baholardarajasiga;

    • iste’molchilarningmol-mulklariga;

    • real foiz stavkalariga;

    • iste’mol bo’yicha qarzdorlikningmiqdoriga;

    • iste’molchilarning soliqqa tortilishdarajasiga.

Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari sub’yektiv omillarga ham ta’sirchan bo’lib, ularning orasi-dan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

    • iste’mol qilishga bo’lgan intilishningchegarasi;

    • baholarning o’zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi;

    • pul daromadlari;

    • soliqlar;

    • tovarlarning mavjudligi;

    • vaboshqalar.

Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining iste’mol xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:

    • birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doi-raviy aylanishi modelida yalpi talab va yalpi xara-jatlarni tashkil qilishning eng katta qismi hisoblanadi;

    • ikkinchidan, uy xo’jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari qisqa muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir etish mumkin bo’lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir.

Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va xarajatlari balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin:

Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga quyidagilarni oladi:



    • uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi xizmatlarinito’lash;

    • dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo’llanmalar xarajatlari va tibbiy xizmatlarnito’lash;

    • kino, teatr va boshqa tomoshalarxarajatlari;

    • passajir transportining barcha turlarini to’lashxara-jatlari;

    • aloqa xizmatlarini to’lash;

    • qolgan boshqa xizmatlarnito’lash.

Majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo’ja-liklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi sharoitda, o’sish tendentsiyasiga ega bo’lib, ular quyidagi omillar bilan bog’langan:

    • birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kenga-yishi yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo’jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlarning ham ko’payishi bilankuzatilmoqda;

    • ikkinchidan, sug’urta tizimining rivojlanishi, notijo-rat sektorning o’sishi (masalan, turli jamoatchilik tashki-lotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomon-dan, sug’urta bo’yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijorat tashkilotlarga ajratmalarniko’paytiradi;

    • uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivoj-lanishi uy xo’jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bo’yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olibkeladi.

Sug’urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xiz-matlari amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yo’nalishlari faqat o’sish tendentsiyasiga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo’jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug’urta badallari” xarajatlar moddasi-ning ham o’sishiga olib keladi.

Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy to’lovlarida soliqlar va yig’imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo’jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, davlat moliyasining taqsim-lash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromad-lari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli byudjetlari darajalarida daro-madlarning etarli tushishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliq-lar daromadlardan ratsional foydalanishni rag’batlanti-rish va ularni shakllantirish yo’llari bilan uy xo’jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o’z ta’sirini ko’rsa-tadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xo’jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig’i va er uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxs-lardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig’imlar) va davlat bojlarini to’laydi. Bir vaqtning o’zida, uy xo’jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va xarajatla-rining balansida majburiy to’lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Chunki bu soliqlar (aktsizlar, qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo’lib, ular tovar sotib olinayotganda to’lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim to’g’ri (bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham qisman yoki to’liq tovarlar bahosi orqali kompen-satsiyaqilinadi.

Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xara-jatlar qismining boshqa moddalari (“omonatlar va qimmatli qog’ozlardagi jamg’armalarning o’sishi”, “xorijiy valyutalarni sotib olish bo’yicha aholi xarajatlari” va boshqalar) jamg’arish jarayoni doirasida uy xo’jalik-larining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradiki, ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi paragrafida ko’rib chiqiladi.




Download 228,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish