Referat bajardi: 106 guruh talabasi Joniqulov Javohir Tekshirdi: Bobomurodov Ziyodullo Mavzu



Download 139,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi139,93 Kb.
#263639
TuriReferat
1   2
Bog'liq
ekologiya mustaqil talim

muammolari.

Tayanch so'zlar:

Fotosintez, biomassa, yashil o’simlik, hashorot, umurtqali hayvon, umurtqasiz

hayvon, sut emizuvchi, o'txo'r, yirtqich, qo’riqxona, zoopark, Qizil kitob.

O’simlik va hayvonlar yerning hayot qobig'i-biosferaning asosiy

komponentlaridan bolib, tabiiy resurslar orasida alohida o'rinni egallaydi. Oqilona

foydalanilganda o’simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot

beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o'ziga xos tabiiy muvozanat

ko’p jihatdan o"simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlanishi bilan

bogliqdir. O’simliklar va hayvonlar sayyoramizning genofondi hisoblanadi va

har bir tur tabiatdagi o'z o'rniga ega. Biosferada moddalarning aylanma harakati

faqat tirik organizmlar ishtirokida amalga oshadi. Bu jarayonni biosferada uglerod

(SO2 ) ning aylanma harakati misolida ham ko’rish mumkin. (O'simlik va

hayvonlarning mahsulotisiz inson hayotini tasavvur qilib bo'lmaydi.

O’simliklar yer yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. Sayyoramizda 500

mingdan ortiq o'simlik turlari mavjuddir. O’ simliklarning tabiat va inson

hayotidagi ahamiyatiga ko'ra bir necha guruhlarga bo'lish mumkin. Suv




o’simliklaridan inson kam foydalanadi,lekin ular tabiatda kislorod va ozuqa

manbai hisoblanadi. Bakteriyalar, ayrim qo'ziqorinlar va suv o'tlari tuproqda ham

kcfplab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik xususiyatiga ta'sir ko"rsatadi,

organizmlar qoldiqlarini parchalaydi. Turlar soni eng kami yer osti o"simliklari

bo’lib ular asosan bakteriyalardan iborat va 3 km gacha va undan ortiq chuqurliklarda

uchraydi. Yer usti o’simliklari turlarga eng boy, shuning bilan birga eng ko'p

ishlatiladigan va insonning kuchli ta'siri ostidagi o’simliklardir.

O’simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan. karbonat angidrid

gazini yutib, kislorod chiqaradi va yiliga 200 mlrd. tonadan ortiq organik

mahsulot yaratadi. Inson va hayvonlar hayotida asosiy ozuqa va kislorodning

manbai bo’lgan o'simliklarningahamiyati katta.

Biosfera bioraassasining eng katta qismi o'rmonlarda to'plangan. O'rmon

biosenozining hamma komponentlari o'zaro va atrof muhit bilan uzviy bog'langan.

O'rmonlarda qimmatli hayvon va o'simlik turlari jamlangan. Yog'ochdan inson

ehtiyoji uchun zamr bo'lgan 20 mingga yaqin turli masulotlar olinadi. Inson hayotida

dorivor o’simliklar ham muhim rol o'ynaydi. Shaharlarda yashil o'simliklar havoni

tozalaydi, estetik zavq beradi, dalalarni shamollardan himoya qiladi.

Insonning o’simliklarga ijobiy va salbiy ta'siri bcfladi. O'rmonlarni

tiklash ko'kalamzorlashtirish, o’simliklarining navlarini yaratish va boshqalar

ijobiy ta'sirga kiradi. Insonning salbiy ta'siri oqibatida oxirgi o'n ming yil ichida

sayyoramizdagi o'rmonlarning 2-3 qismi yo'q qilingan, ko’plab qimmatli o’simlik

turlari yo'qolib ketgan. Hozirgi vaqtda o'rmonlar maydonining keskin qisqarish

jarayonlari davom etmoqda. Yangi yerlarni o'zlashtirish, atrof muhitning ifloslanishi

oqibatida kuniga o'nlab o’simlik turlari yo'qolmoqda. Hayvonlar biomassasi tirik

mavjudotlar biomassasining 2 foizini tashkil qilishiga qaramasdan ular biosferadagi

modda almashinuvi va boshqa turli jarayonlarda muhim rol o'ynaydi. Biosferadagi

hayvon turlarining aniqlangan soni 1,5 mln.dan oshadi. Sodda hayvonlar tuproq



hosil bo'lishda muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o’simliklar hayotiga ham katta ta'sir

ko’rsatadi. Har bir hayvon turi biosferada o'zining ekologik ahamiyatiga ega. Inson

uchun hayvonlar oziq, mahsuli, xom ashyo manbai, uy hayvonlari zotlarini

yaxshilash va estetik zavq manbaidir. Hayvonlarning 1 mln.dan ortiq, turi

hashoratlarga to’gM keladi. Hashoratlar o"simliklarni changlaydi, qushlar boshqa

umurtqali hayvonlar inson uchun oziq manbaidir. Yer yuzidagi hayvonlar

biomassasining 95 foizdan ortig'i umurtqasizlarga to"g'ri keladi. Umurtqali

hayvonlar ichida sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar, sudralib yumvchilar eng katta

ahamiyatga egadir. Dunyo okeanida hayvonlar biomassasi o’simliklar biomassasidan

kattadir. Yer yuzida inson uchun zararli bo’lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi

hayvonlar, ekinlarning zararkunandalari ham mavjud-dir. Insonning bevosita ta'siri

natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq sut emizuvchilar va qushlar turlari

yo'q qilingan. O’rmonlarning kesilishi, yerlarning o'zlashtirilishi, hayot

muhitining ifloslanishi orqali inson katta miqiyosda hayvonot dunyosiga bilvosita

ta'sir ko^rsatadi. Yer yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o'ziga xos

ekologik makonni egallaydilar. Ekosistemalarda organizmlar qanchalik rang-barang

bo'lsa, uning tashqi ta'sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli bo’ladi. Shuning

uchun biosferadagi mavjud rang-baranglikni saqlab qolish tabiatni muhofaza

qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Biosferadagi muvozanatni

saqlab qolishda o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona

foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar

o'tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo’riqxonalar, milliy bog'lar, zakazniklar tashkil

qilish faoliyati jadallashgan. Bunday alohida muhofaza qilinadigan hududlarda

yo'qolib borayotgan noyob o’simlik va hayvonlar muhofaza qilinadi. Noyob va

yo'qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili

Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoki tomonidan xalqaro «Qizil kitob» tashkil

qilingan. Alohida yirik davlatlar o'z «Qizil kitobi»ga ega. «Qizil kitob» faqatgina

xatar darakchisi bo'lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O'simlik




va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o'rtasidagi hamkorlik

yo'li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. Ko'chib yuruvchi hayvonlar,

dunyo okeani hayvonot va o’simlik dunyosi, ba'zi daryolarda yashovchi o’simlik

va hayvonlar davlatlararo kelishuv yo'li bilan muhofaza qilinadi. 1992 yili Rio-de-

Janeyroda biologik xilma-xillikni saqlash xalqaro konvensiyasi qabul qilindi. Yana

boshqa bir qator muhim konvensiyalar ham mavjuddir. O’simlik va hayvonlarni

muhofaza qilish alohida maxsus qonunlar orqali nazorat qilinadi. O’zbekiston

Respublikasi o'ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga ega. So'ngi yillarda

insonning xo'jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta'sir kuchaydi.

(O’zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o'simlik turlarining 10-12 foizi

muhofazatalab. O'rmon resurslari cheklangan va o'rmonlarni qayta tiklash ishlari

talabga to'la javob bermaydi. Eng qimmatli tog' o'rmonlarining maydoni o'nlab

marta qisqarib ketgan. To'qaylar va qayir o'rmonlari kcfplab kesib tashlangan.

Tabiiy yaylovlarning holati yomonlashgan va ularning maydoni 6,5 mln.ga

kengaygan. O’zbekistonda dorivor o’simliklarning turlari ham ko’plab uchraydi va

ularning aksariyati hozirgi vaqtda muhofazatalab. Respublikamizda o’simlik

resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta'minlash maqsadida

turli tadbirlar o'tkazilmoqda.

O’zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz

hayvon turlaridan iborat. Hali to'la o'rganilmagan umurtqasiz hayvonlar ichida

muhofazaga muhtqjlari ajratilmagan. 1983 yili e'lon qilingan (o’zbekiston « qizil

kitob » iga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo’lib baliqlar-5 tur; qushlar-

31 tur; sut emizuvchilar-22 tur; sudralib yuruvchilar-5 turdan iboratdir.

O’zbekistonda turon yo'lbarsi, qizil bo'ri, gepard, yo'l-yo'l giena kabi turlar qirilib

ketgan. Ustyurt qo'yi - burama shoxli echki, qor barsi, buxoro bug'isi va boshqa

ayrim turlar yo'qolish arafasidadir. Orol dengizining qurishi, daryolar suvining

ifloslanishi va suv omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining

kamayishiga olib keldi. (o’zbekistonda har yili o'n minglab turli hayvonlar ov




qilinadi. Ruxsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining yuqolishiga olib

kelmoqda. (o’zbekistonda noyob o^simlik va hayvonlar qonun tomonidan

himoya qilinadi va ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil

tadbirlar o'tkazilmoqda.

Hayvonot olami deganda biz hayvonot olamida mavjud bo`lib tabiiy erkin

sharoitda yashayotgan hayvon galalarini, shuningdek suv va cho`lda yashovchi barcha

yovvoyi hayvonlarning majmuasini tushunamiz. Hayvonot olamiga berilgan bu ta'rif

1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan

foydalanish to`g`risida"gi qonunning mazmunidan kelib chiqadigan hayvonot olami

yuridik tushunchasining aynan o`zidir.

Hayvonot dunyosi muhofazasini ikki ma'noda tushunmoq lozim.

1) Hayvonot olamini muhofaza qilish;

2) Hayvonot olamini huquqiy muhofaza qilish.

Bu tushunchalar ko`rinishidan bir xildagi maqsad ya'ni muhofazani nazarda

tutsada, ammo ma'no va mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladi.

Hayvonot olamini muhofaza qilish deganda, har bir fuqaro yoki fuqaroligi

bo`lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolarining hayvonot olami obyektlarini asrash

va "Qizil kitob"ga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo`qolib ketish

xavfi ostida bo`lgan turlarini o`zining onglilik darajasiga ko`ra uni kelajak avlodga

yetkazishni burch deb bilishi va himoya etishidir.

Hayvonot dunyosini huquqiy muhofaza qilish deganda, Konstitutsiya, qonunlar

va qonun osti me'yoriy hujjatlarda o`z aksini topgan davlatning vakolatli organi

tomonidan sanksiyalangan, ya'ni bajarilishi umummajburiy ahamiyatga ega bo`lgan

normalarda o`z aksini topgan qoidalar va bu qoidalar asosida hayvonot olamini

huquqiy nuqtai nazardan himoya etishdir. Chunonchi, hayvonot olamini huquqiy



muhofaza qilishda huquqning roli beqiyosdir. Bu borada Davlat tomonidan

ko`riladigan tadbirlarda muhofaza etiladigan territoriyalarni belgilash, muhofaza

qilish haqida qonunlar chiqarish bu qonunlarning amalga oshirilishini ta'minlash va

boshqalar kiradi.

O`rta Osiyo regioni o`z hayvonot va o`simlik olamining xilma-xilligi va boyligi

bilan ajralib turadi. Masalan, O`zbekistonda 650 dan ortiq umurtqali hayvonlar, shu

jumladan sut emizuvchilar - 99 tur, qushlar - 410 tur, sudralib yuruvchilar - 57 tur,

suvda va quruqlikda yashovchilarning - 3 turi uchraydi.

O`zbekiston "Qizil kitobi"ga umurtqali hayvonlarning nodir va yo`qolib ketish

xavfi ostida bo`lgan jami 63 turi va kenja turi kiritilgan bo`lib, ular orasida 22 tur sut

emizuvchi hayvon, 31 tur qush, 5 tur sudralib yuruvchi hayvon va 5 tur baliq bor.

Ta'kidlash joizki, hayvonot dunyosini muhofaza qilish xususiyati shundan

iboratki, ular asosan tabiatning barcha obyektlari, boyliklari faoliyatining ma'lum

mutanosiblikda saqlanishi bilan bog`liq.

"Tabiatni muhofaza qilish" (1992 y.), "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va

undan foydalanish to`g`risida"gi (1997 y.), Oliy Majlisning «Noyob va yo`q bo`lib

ketayotgan o`simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni

tartibga solish to`g`risida» (1993), «O`zbekiston Respublikasiga yirtqich qushlar olib

kelinishini va ularning chetga chiqarilishini tartibga solish to`g`risida»gi (1996),

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2004 yil 508-sonli

«Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O`zbekiston Respublikasiga olib

kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to`g`risida»gi

qarori va boshqa qonunchilik hujjatlarining chiqarilishi respublikamizdagi hayvonot

dunyosini muhofaza qilish uchun g`oyat muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

Yuqoridagi qonun hujjatlarii quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy

erkinlik holatida yashaydigan, O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki




vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ilmiy yoki tabiatni muhofaza

qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitida yoki sun'iy yaratilgan yashash muhitida

boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi

munosabatlarni tartibga soladi.

Shu o`rinda "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish

to`g`risida"gi Qonunning 30- moddasida "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish

tadbirlari" ko`rsatilgan.

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish:

- hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va

ularni takror yetishtirish qoidalari va normalarini belgilash;

- hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash;

- hayvonot dunyosidan o`zboshimchalik bilan foydalanishning va undan

foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish;

- hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchishi shart-sharoitlari va ko`chib

yurish yo`llari muhofaza qilinishini tashkil etish;

- xo`jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalarian foydalanish

paytida hayvonlar nobud bo`lishining oldini olish;

- alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish;

- kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda

urchitish;

- hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar

oqibatida nobud bo`lishi xavfi tug`ilganda ularga g`rdam berish;

- hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy-

tadqiqotlarni tashkil etish.




Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo`yicha boshqa tadbirlarni o`tkazish yo`li

bilan amalga oshiriladi.

Hayvonot dunyosidan foydalanuvchi subyektlar yuridik va jismoniy shaxslar,

fuqarolar hamda jamoa birlashmalari hayvonot dunyosini hamda uning yashash

muhitini muhofaza qilish sohasida ham e'tiborli huquq va majburiyatlarni amalga

oshirishlari zarur. Jumladan fuqarolar va jamoat birlashmalari:

hayvonot dunyosini va uning yashash muhitini muhofaza qilish tadbirlarini

amalga oshiradilar;

hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari ruyobga

chiqarilishiga ko`maklashadilar;

ekologiya sohasida jamoatchilik ekspertizasini o`tkazadilar;

jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar;

hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi axborotni qonun xujjatlarida

belgilangan tartibda oladilar;

hayvonot dunyosiga va uning yashash muhitiga yetkazilgan zararni qoplash

masalasini qo`yadilar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarni amalga

oshiradilar.

Hayvonot dunyosining inson hayotida tutgan o`rnining juda beqiyosligini

inobatga olgan holda, O`zbekistonda u davlat mulki-umummilliy boylik deb e'tirof

etilgan. Davlat o`zining umumiy va maxsus vakolatli organlari orqali hayvonot

dunyosini ekologik-huquqiy jihatdan boshqaradi, tartibga soladi va muhofazasini



ta'minlaydi.

Download 139,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish