BIOLOGIYA
FANIDAN
REFERAT
Bajardi : Abdurashitov Nurbek
O'quvchi 8
Tekshirdin: Shodiyeva Munira
Dinozavrlar (Dinosauria) — qirilib ketgan sudralib yuruvchilar.
Tanasining uz. 20 sm dan 30 m gacha. Antarktidadan tashqari hamma
qitʼalarda, jumladan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda triasboʻr davrlari
qatlamlaridan maʼlum. Yura davrida keng tarqalgan, oxirgi D. boʻr
davrida (65 mln. yil oldin) qirilib ketgan. Olimlar ayrim D.ning qirilib
ketishini global katastrofa (asteroidning tushishi va boshqalar),
boshqalari yer yuzida oʻsimliklar qoplami va iqlimning asta-sekin
oʻzgarishi (mas, aridizatsiya — quruqlashishi) yoki ular yashaydigan
muhitdagi boshqa noqulay oʻzgarishlar bilan bogʻlashadi. 600 ga yaqin
turi maʼlum. D. 2 turkum: kaltakesaksimon va qushsimon D.ga ajratiladi.
Qushlar — umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib
yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning
qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriksnshk
toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. ayrim morfologik belgilar (orqa
oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va boshqalar) hamda fiziologik
xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra Q. sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin
tanasi pat bilan qoplanganligi tufayli ulardan farq qiladi
Q. tayanch-harakat sistemasining oʻziga xos tuzilishiga sabab boʻlgan.
Qanotlarning paydo boʻlishi bilan oldingi oyoklar, yelka kamari suyaklari va
muskullari shakllangan (koʻkrak toj suyagi rivojlangan, uchish muskullari tana
vaznining 25% ini tashkil etgan); yerda 2 oyoqda yurganida murakkab yaxlit
tuzilgan dumgʻaza va orqa oyoqlari muskullari qayta muvo-zanat saqlash
vazifasini bajaradi. Q.ning qovurgʻalari oʻzaro harakatchan qoʻshilgan 2 qismdan
iborat boʻlib, nafas olishda koʻkrak qafasi hajmining oʻzgarishiga, yaʼni elastikligi
kam oʻpka toʻqimasi orqali havoni havo xaltalariga va naysimon suyaklar
boʻshligʻiga oʻtishiga yordam beradi. Q.da nafas olish jarayoni oʻziga xos kechadi.
Q.ning bronxlari havo xaltachalari bilan (9—10 tacha) tutashgan. Nafas olish havo
oʻpkadan xaltachalarga oʻtayotganida va ulardan yana oʻpka orqali qaytib
chiqayotganida sodir boʻladi.
Havo xaltachalari termoregulyatsiyada ishtirok etadi; suvda suzuvchi
Q.da esa shoʻngʻishda tana tigʻizligini oʻzgar-tirishga imkon beradi.
Ovqat xiliga moslanish qiziloʻngachning ixtisosla-shuvi (ayrim Q.da
jigʻildonning rivojlanishi), muskulli oshqozonning paydo boʻlishi va
ichakning uzayishiga olib kelgan. Q.ning toʻgʻri ichagi rivojlanmagan.
Ayirish orgʻanlari 2 ta yirik buyraklar tana vaznining 1 — 2% ini tashkil
etadi; qovugʻi boʻlmaydi. Ichagi, siydik chiqarish va jin-siy bezlari
sistemasi yoʻli kloakaga ochiladi. Qattiq poʻchoq bilan qoplangan yirik
tuxum qoʻyishi tufayli Q.ning chanoqkamari suyaklari yiriklashgan. Q.
narida 2 tadan urugʻdon va urugʻ yoʻli, modasida faqat chap tuxumdon
Do'stlaringiz bilan baham: |