Statsionar modellar va nostatsionar modellar
Bu modellarda qaralayotgan jarayon vaqt bo‘yicha turg‘unlashgan deb qaraladi, yahni matematik modelni ifodalovchi tenglamalarda vaqtni ifodalovchi ko‘rsatkichi qatnashmaydi. Modelda qatnashuvchi ko‘rsatkichlar, parametrlarning bir qismi yoki barchasi faqat fazoviy o‘lchovlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday modellarga misol qilib inshoot devoridan o‘tuvchi statsionar issiqlik oqimi tenglamasi, qurilish to‘sinlarining statsionar egilishi va buralishi tenglamalarini keltirish mumkin. Statsionar modellar algebraik tenglamalar, oddiy differentsial tenglamalar yoki ularning sistemasi kabi ifodalanadi.
Bu modellarda jarayon ko‘rsatkichlari vaqtga bog‘liq deb qaraladi. Umumiy xolda esa, bu ko‘rsatkichlar fazoviy o‘lchovlarga xam bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday modellarga qurilish inshootlarida nostatsionar issiqlik oqimi tenglamalari, tebranish jarayonlarining tenglamalari, diffuziya tenglamalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Nostatsionar jarayon o‘zi va xosilalari vaqtga bog‘liq funktsiya qatnashgan differentsial tenglama yoki shunday tenglamalar sistemasi, xususiy xosilali differentsial tenglamalar yordamida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |