Bog'liq Refera t mavzu Ijtimoiy dorixonalarni tashkil qilish, joylashti
qishloq vrachlik punktlari mavjud bo‘lmagan, shuningdek, tog‘li regionlar va chekka hududlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun maxsus ixtisoslashtirilgan avtomobilning mavjudligi. Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini amalga oshirish maqsadida xususiy sheriklik uchun nomzod tanlash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat-xususiy sheriklik nomzodini tanlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya tarkibi, uning ishchi organi va faoliyat reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Xususiy sherik nomzodini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga o‘z arizasini joylashtiradi, arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli; yuridik manzili; bank rekvizitlari; dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi uchun berilgan litsenziyaning ro‘yxat raqami; dori vositalari va tibbiy buyumlar, tovar zaxirasi va aylanma vositalar, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarning alohida hisob-kitobini olib borish imkonini beruvchi dasturni o‘z ichiga oluvchi moddiy-texnik baza haqidagi ma’lumot.
Ma’lumotlarning ishonchliligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yordamida tekshiriladi. Komissiya ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida nomzodga Komissiya majlisining o‘tkaziladigan joyi va vaqti to‘g‘risida xabar beradi. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash uchun nomzod o‘zining nomzodini ko‘rib chiqishda Komissiya yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega. Komissiya arizani o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida shartnoma tuzish yoki uni tuzishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida qabul qilingan qaror to‘g‘risida nomzodni xabardor qiladi. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda nomzodga asoslantirilgan rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma tuzishni rad etish haqidagi Komissiya qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha Komissiyaning qarori davlat tomonidan sherikka keyingi ish kunidan kechikmay taqdim etiladi. Davlat hamkori uch kun muddatda nomzodga ushbu nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi davlat-xususiy sheriklik shartnomasi loyihasini yuboradi.