1-amaliy:
Reestrlar bilan ishlash va dasturiy ta’minotni sozlash.
Ishning maqsadi:
a) talabalarga shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va
Reestrlar bilan ishlash haqida
ma’lumotlar berish.
b) talabalarda Reestrlar bilan ishlash bo’yicha ko‘nikmasini hosil qilish.
Керакли jihozlar:
asbob-uskuna,
kompyuter, mavjud qo’shimcha qurilmalar va elektr
ta’minot.
Nazariy qism:
Reestr bilan ishlash uchun, Windows dasturlar to‘plamiga kiruvchi, regedit
dasturidan foydalaniladi. Dasturni yuklash uchun buyruqlar qatoriga regedit ni
bajarng buyrug‘ini kiriting ( Пуск\Выполнить\ regedit)
Dasturni darchasi ochilgach, unda chap tarafida, Provodnikdagi disk tuzilma
(struktura)sini aks etadigan daraxt kabi, reestrning daraxti paydo bo‘ladi, o‘ng
tomonda esa, belgilangan (aktiv) bo‘limda joylashgan kalitlar ro‘yhati chiqadi.
Redaktor yordamida qiymatlarni to‘g‘irlashingiz, reestrni import va eksport
kilishingiz, hamda qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin.
1.1. rasm.
Reestr tuzilmasini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Reestr oltita bo‘limdan iborat.
Har bir bo‘lim, darchaning chap qismida joylashgan va papka belgisi ko‘rinishiga
ega bo‘lgan, nimbo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Reestr daraxtning chekli elementi – bu, uch tipga bo‘linadigan kalitlardir:
-
satrli (masalan, "C:\Windows");
-
ikkilamchi (masalan, 10 82 A0 8F). Bunday kalitning maksimal uzunligi
16 Kbayt;
-
DWORD. Bu tipdagi kalit 4 baytdan iborat bo‘lib, o‘noltilik va o‘nlik
ko‘rinishda aks etiladi (masalan, 0x00000020 (32)-qo‘vusni ichida kalitning o‘nlik
qiymati ko‘rsatilgan).
Endi joriy bo‘limlarni ko‘rib chiqamiz, aniqrog‘i, ular qanday malumotga ega.
Tartib bo‘yicha boshlaymiz:
HKEY_CLASSES_ROOT. Bu bo‘limda Windowsda qayt etilgan fayllar
tiplari, shuningdek, OLE va drag-and-drop operatsiyasi to‘g‘risida malumotlar
mavjud.
HKEY_CURRENT_USER. Bu yerda, Windowsga kirgan foydalanuvchi
qobig‘ini sozlatuvchilar joylashgan. (masalan, “Пуск” miniusini, Ish stolini). Bular
HKEY_USER\name nimbo‘limida joylashgan faylarning nusxasini oladi. Bu erda,
name
- Windowsda ishlayotgan, foydalanuvchining nomidir. Agarda kompyuterda
bitta foydalanuvchi ishlasa va Windowsga doimiy kirish ishlatilsa, unda bo‘lim
qiymatlari HKEY_USERS\.DEFAULT nimbo‘limdan olinadi.
HKEY_LOCAL_MACHINE. Bu bo‘lim kompyuterga tegishli, drayverlar,
dasturiy ta’minotni o‘rnatish va HKEY_USERS sozlash malumotlarni o‘z ichiga
oladi. Hamma foydalanuvchilar uchun Windows qobig‘ini ham o‘z ichiga oladi.
Avval aytilgandek, aynan shu bo‘limdan HKEY_CURRENT_USER bo‘limga
malumotlar
nusxalanadi.
Barcha
HKCU
(HKEY_CURRENT_USER)dagi
o‘zgarishlar avtomatik ravishda HKU ga o‘tadi.
HKEY_CURRENT_CONFIG. Bu bo‘limda Plug&Play qurilmasining va
apparat vositalari o‘zgaruvchan bo‘lgan kompyuterning tarkibiy tuzilmasi haqida
ma’lumot joylashadi.
HKEY_DYN_DATA. Bu yerda esa foydalanuvchining kompyuterda
o‘rnatilgan qurilmalar haqida dinamik ma’lumotlar saqlanadi. Aynan, bu bo‘limga
tegishli ma’lumotlar Boshqaruv panelidan chaqirilgan, "Свойства: Система"
(“xususiyatlar: tizim”) darchadagi "Устройства" (“qurilmalar”) ilovasida aks
etiladi. Bu bo‘limdagi ma’lumotlar amaliy tizim yordamida o‘zgartiriladi. Shunday
ekan, qo‘l yordamida, ba’zi birlarni o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.
HKEY_CURRENT_USER va HKEY_LOCAL_MACHINE bo‘limlari eng
qiziqarlidir. Aynan, ularda amaliy tizimni lozim bo‘lgan ko‘rinishga olib keladigan
sozlatuvchilar saqlanadi.
Reg-fayllarga tuzilmasiga nisbatan o‘ziga xos talablar qo‘yiladi. Faylning
birinchi satrida, albatta, quyidagilari kiritilishi lozim:
REGEDIT4 (Windows 9x uchun) yoki Windows Registry Editor Version 5.00
(Windows 2000/XP uchun). Harflar katta shriftda yozilishi mumkin. Birinchi
qatorda bundan tashqari hech narsa bo‘lmasligi kerak. Bu matindan so‘ng, keyingi
qatorda ALBATTA bo‘sh qator bo‘lishi kerak. So‘ngra, ba’zi bir parametrlarni
o‘zgartirish yoki kiritish lozim bo‘lgan reestr bo‘limini ko‘rsatish zarur. Bo‘limning
nomi kvadrat qo‘vuslarga […] olinishi shart. Har bir qatorda qo‘shiladigan
parametrlar bittadan yoziladi. Agarda, bir necha bo‘limlarga o‘zgartirishlar
kiritmoqchi bo‘lsangiz, unda oldingi bo‘limning oxiri parametri va keyingi
bo‘limning nomi orasida bo‘sh qator qoldirish lozim. Bu quyidagichadir:
REGEDIT4
[Razdel1]
"param1"="znachenie1"
"param2"="znachenei2"
"param3"="znachenie3"
[Razdel2]
"param_1"="znachenie_1"
Fayldagi oxirgi qator BO‘SH bo‘lishi zarur. Faylni yaratgandan so‘ng, uni
oddiy dastur kabi ishga tushiring. Sizga reestrda o‘zgartirishlar zarurligi haqida
so‘roq chiqadi. Va maqul javobdan so‘ng fayl reestrga o‘tadi. Natijalar to‘g‘risidagi
xabarni, Windows keyingi darchada ma’lum qiladi.
Eslatma: Windows 2000/XP teskari moslashuvchandir va Windows 9x da
yaratilgan fayllarni qayta ishlashi mumkin. Agarda, Windows XPga faylni eksport
kilgan bo‘lsangiz va uni Windows 9x ga o‘tgazsangiz, unda birinchi qatorni, qo‘l
yordamida, REGEDIT4 ga o‘zgartiring.
Endi esa, qo‘shish mumkin bo‘lgan parametrlar haqida gapirib o‘tamiz.
Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, oldingi misollarda "param1"="znachenie1" tipdagi
satrlar yordamida parametrlar qo‘shilgan. Shinday qilib, "param1" nomga va
"znachenie1" qiymatga ega bo‘lgan SATRLI parametr qoshiladi. Ammo, lekin
ikkilik va DWORD parametrlar ham mavjud. Ularni qoshish uchun, boshqa
ko‘rinishdagi yozuv formati ishlatiladi. DWORD tipdagi parametrlar uchun
quyidagi satr ishlatiladi
"param"=dword:XXXXXXXX
Bu yerda, "param"- parametrning ismi, dword – parametr tipini ko‘rsatgichi
(harflar albatta kichik bo‘lishi kerak) dir. Ikki nuqtadan so‘ng o‘noltilik (!)
formatdagi sakkiz raqamdan iborat b‘lgan qiymat keladi. Lekin, DWORD
parametrlarning ko‘pi 0 yoki 1 qiymatga ega. Demak, XXXXXXXX belgilar o‘rniga
mos ravishda 00000000 yoki 00000001 yoziladi. Satrda probellar qatnashmaydi.
Ikkilik parametrni qo‘shish uchun yozish formati boshqachadir:
"param"=hex:XX,XX,XX,....
Endi bu satrni tushuntirib o‘tamiz. "param", oldindagidek parametr nomi, "="
belgidan so‘ng hex – ikkilik parametrini korsatgichi, so‘ngra o‘noltilik, vergul bilan
ajratilgan, raqamlar keladi. Masalan, agarda "be 00 00 00" teng bo‘lgan ikkilik
raqamni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi satrni yozing:
"param"=hex:be,00,00,00
Reestrda "По умолчанию" ("Default", "Ko‘zda tutilgan holda") parametrlar
mavjud. Reg-fayl orqali ularga qaysidir qiymatni biriktirish uchun quyidagi satrni
qoshing:
@="znachenie"
Bu erda, @ belgisi parametrning qiymati "По умолчанию" ("Default",
"Ko‘zda tutilgan holda") biriktirilganligini ko‘rsatadi. Shu belgi qoshtirnoq
yordamida ajratilmaganligiga ahamiyat bering.
Endi esa, Internet Explorerga uy sahifasini o‘rnatadigan saytni reestrga yozib
oladigan oddiy reg-faylni misol tariqasida ko‘rsatamiz:
REGEDIT4
[HKEY_CURRENT_USER\Software\ Microsoft\Internet Explorer\Main]
"Start Page" = "http://winchanger.narod.ru/"
Diskni tozalash utiliti uchun CleanupPath nimbo‘limni yarating. Sukut saqlash
bo‘yicha:
NT/2000/XP:"%SystemRoot%\system32\cleanmgr.exe/D%c"W9x/WME:"C:\
Windows\CleanMgr.exe" foydalaniladi.
Diskni tekshirish utiliti uchun ChkDskPath nimbo‘limni yarating. Sukut
saqlash bo‘yicha:
NT/2000/XP:"%SystemRoot%\system32\chkdsk.exe%c:"W9x/WME:"C:\Wi
ndows\chkdsk.exe" foydalaniladi.
Diskni defragmentlash utiliti uchun DefragPath nimbo‘limni yarating. Ko‘zda
tutilgan holda:
NT/2000/XP:"%systemroot%\system32\dfrg.msc%c:"W9x/WME:"C:\Windo
ws\Defrag.exe" foydalaniladi.
Avvalgi holatga qaytish uchun yoki sukut saqlash bo‘yicha (yuqorida aytilgan)
qiymatlarni o‘rnatish yoki nimbo‘limlarni olib tashlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |