МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
60
Xasanova G. I.
Jizzax davlat pedagogika instituti o’qituvchisi
Tayanch so’zlar:
kasbiy kompetentlilik, ta’lim-tarbiya jarayoni, axloqiy madaniyat, interfaol ta’lim
jaraѐnlari, taraqqiyot, pedagogik mahorat, pedagogik qobiliyat, ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari.
Ключевые слова:
профессиональная компетентность, образовательный процесс, этиче
-
ская культура, интерактивные образовательные процессы, развитие, педагогическое мастерство,
педагогическое умение, социально-педагогические механизмы.
Key words:
professional competence, educational process, ethical culture, interactive educational
processes, development, pedagogical skills, pedagogical ability, socio-pedagogical mechanisms.
ZAMONAVIY TARBIYACHILARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI
SHAKLLANTIRISHNING YO‘LLARI
Jahonda bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy kompetentlilikni shakllantirishning interfaol
texnologiyalarini ishlab chiqish, integrativ ta’lim muhitini yaratishning pedagogik
mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
XX asrning 70-80-yillarda tarbiyachining xarakter-xislatlari, pedagogik qobiliyatlari,
unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish shartlari chuqur o‘rganila boshlagan.
Jumladan, rus olimasi N.V.Kuzmina pedagog faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning o‘rni
va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. U o‘z tadqiqotlarida
pedagogik qobiliyatlarni gnostik (bilishga oid), proektiv (oldindan rejalashtirishga
qaratilgan), konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib, ularning har biriga
chuqur psixologik ta’rif beradi. N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari
qatoriga kuzatuvchanlikni ham kiritadi, tarbiyachining bu hislati tarbiyalanuvchining ichki
kechinmalari, his-tuyg‘ulari kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko‘ra, pedagogik faoliyat – bu o‘qituvchi
oldiga jiddiy talablar qo‘yadigan murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat
o‘qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatga, mustahkam xarakterga,
yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishini taqozo qiladi. A.I.Shcherbakov tarbiyachi shaxsining
shakllanishi oltita kasbiy-tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta’kidlaydi:
1) yuksak saviyadagi bilim va madaniyatni tarkib topishi;
2) yo‘nalishning aniq ifodalanganligi;
3) yuksak axloqiy hislarning mavjudligi;
4) yuqori darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror mustaqillik;
5) qat’iy va silliq xarakterga egalik;
6) pedagogik qobiliyatlarga egalik.
V.A.Slasttelin tarifilashicha tarbiyachilik kasbini egallashda pedagogik qobiliyat ham
muhim o‘rin egallaydi. Uning fikricha pedagogik qobiliyat shaxsining kasbiy yo‘nalishidagi
yuqori ko‘rinishi bilan har qanday faoliyat qobiliyatning asosiy ko‘rsatkichi, maxsus
umumlashgan malakalarni egallaganlik darajasidir. Tarbiyachilik kasbiy bilimlarining
xuxusan pedagogik pisixalogik bilimlarining yetishmasligi yoki uning rad etilishi va hatti –
harakati unga yetarlicha e’tibor bermaslik ko‘pgina xollarda tarbiyachi tayyor materiallardan
foydalanib o‘z ustida izlnishlarni to‘xtatib qo‘yadi. Bu esa tarbiyachi shaxsiga nisbatan
bilimsizlik darajasini olib keladi. Tarbiyachi bolalarni o‘qitish emas, o‘qishga boshqarib
turishi, tarbiyalash emas, tarbiya jarayoniga raxbarlik qilish uchun yaratilgan bu vazifani
u qanchalik chuqur anglab yetsa u o‘z bolalariga shunchalik erkinlik, tashabbuskorlik,
mustaqil fikrlash uchun sharoit yaratib bergan bo‘ladi.
Tarbiyachilik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, ongi, xulq- atvorini
shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |