Anderrayting va maslahat xizmatlari Agro banki sifatida o‘z mijozlariga qimmatli qog‘ozlar emissiyalari anderraytingi bO‘yicha xizmatlarni taklif qiladi. Bozorda invesorlar orasida qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishi respublika korxonalari uchun moliyaviy resurslarni jalb etishning samarali usuli hisoblanadi. Keyingi yillarda korporativ obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan respublika korxonalarining ehtiyojlarini moliyalash keng ommalashdi.
Korporativ obligatsiyalar, bu – emitent obligatsiyalar so‘ndirilgan kuni investorga nominal summani, shuningdek foizlarni to‘lash majburiyatini olganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlar.
Korxonalarning korporativ obligatsiyalar chiqarishga qiziqishi ortayotganligini an’anaviy qarz vositalariga nisbatan bunday obligatsiyalarning afzalliklari mavjudligi bilan izohlanadi. Bular, xususan:
bozorda qarz resurslarini jalb etish hamda benuqson qarz oluvchi sifatida obro‘ orttirish imkoniyati – kompaniya olib boradigan, jumladan xalqaro bozorlarda qarz mablag‘larini jalb etish itsiqbollari yo’nalishida yuritadigan marketing srategiyasining bir qismi;
qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini kreditorlar nazorat qilmasligi;
ichki bozorda o‘z obligatsiyalarini sotish-sotib olish operatsiyalarini bajarish yo’li bilan qarz hajmini boshqarish imkoniyati va boshqalar.
Ushbu vosita investorlarga ham katta imkoniyatlar beradi.
Xususan:
obligatsiyalar bo‘yicha foiz savkasi tijorat banklarining depozitlaridagi foiz stavkasidan yuqori;
obligatsiyalar bo‘yicha foizli daromad imtiyozli stavka bo‘yicha foyda solig‘iga tortiladi – 15%.
Anderrayting jarayonida Agrobank obligatsiyalar chiqarish maqsadga qanchalik muvofiqligini aniqlash yuzasidan konsalting xizmatlarini taqdim etadi, shuningdek obligatsiyalar chiqarilishi va fond bozorida invesorlar orasida kafolatli joylashtirilishini ta’minlaydi.
Anderrayting xizmatlari bozorida Agrobank yuritayotgan siyosat o‘z konservativligi hamda barcha ishtirokchi tomonlarga oid xatarlar real baholanishi bilan ajralib turadi.
Agrobank anderrayter sifatida:
obligatsiyalar chiqarilayotganda mijozlarga barcha turdagi xizmatlarni taqdim etishga tayyor. Bular dastlabki mablaharlar berish, emissiyani davlat ro‘yxatga olish organida ro‘yxatdan o‘tkazish borasida ko‘maklashish, obligatsiyalarni invesorlar orasida joylashtirish va to‘lov funksiyalarini amalga oshirish kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi;
katta sarmoyaga ega. Bu esa unga bozorda marketmeyker vazifasini bajarish imkoniyatini beradi. Bunda emitentning kredit qobiliyati xatari potensial invesorlar tomonidan Agrobankning to‘lovga layoqatsizligi xatari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi;
mijozlar obligatsiyalarining emissiyalarini ko‘rib chiqish va tayyorlash jarayonida emitent va invesorlarga oid xatarlarni sinchiklab tahlil qiladi hamda bu xatarlarni boshqarish choralarini belgilaydi. Bunday qilinishi esa bozor ishtirokchilarini maksimal darajada xatardan holi qilish imkonini beradi;
moliyalashning boshqa vositalarini ham taklif etishga va ularni korxonaning ehtiyojlariga qarab qo‘llanishga tayyor.
Bank anderrayting xizmatlaridan tashqari, mijozlarga resrukturizatsiyalash va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha ham maslahat xizmatlarini taklif etadi. Bunday xizmatlar ko‘rsatilayotganda Agrobank xorijiy sherik banklar keng tarmog‘iga egaligi uning afzalligidir. Zero, bu holat bankka ilg‘or nou-xau va potensial invesorlarni O‘zbekison bozoriga jalb etish imkonini beradi.