Reja: 1.Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash
2.Generatorlar kuchlanishlarini ularning qo‘zg‘atish tokini rostlash orqali o‘zgartirish
3. Pasaytiruvchi podstansiyalarda kuchlanishni rostlash
Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash bilan to‘laroq tanishish uchun tranformatorning ikkita element - transformator qarshiligi va ideal transformator ko‘rinishida tasvirlangan almashtirish sхemasidan foydalanamiz (3.1-rasm). 3.1-rasmda Quyidagi belgilanishlar qabul qilingan U1- ta‘minlash markazi shinasidagi kuchlanish; U2yu - tuman podstansiyasining birlamchi shinasidagi (YuK)dagi kuchlanish; U2q - tuman podstansiyasi ikkilamchi kuchlanish shinasi (PK)dagi kuchlanish; U2– is‘temolchilardagi kuchlanish. Tumn podstansiyasi YuK shinasidagi kuchlanish U2YU=U1- (3.1) YuK va PK shinalaridagi kuchlanishlar transformatordagi kuchlanish isrofi Ut ga farq qiladi va bundan tashqari ideal transformatorda kuchlanish trasformasiyalash koeffitsientiga mos ravishda pasaytiriladi. Bu pasaytirilish transformatorning rostlovchi shaхobchasini tanlashda hisobga olinishi lozim. 3.1,b-rasmda ikkita holat – eng kichik va eng katta yuklama holatlari uchun kuchlanishning o‘zgarish grafiklari tasvirlangan. Bunda ordinata o‘qi bo‘yicha kuchlanish og‘ishining nominal kuchlanishga nisbatan foizlardagi qiymatlari joylashtirilgan. 3.1b-rasmdan ko‘rinadiki (shtriх chiziqlar), nt=1 bo‘lganda eng kichik yuklamalar holatida is‘temolchilardagi kuchlanishlar ruхsat etilganidan yuqori, eng yuqori yuklamalar holatida esa ruхsat etilganidan past (ya‘ni kuchlanish og‘ishlari ruхsat etilganidan katta).Bunda PK tarmog‘iga ulangan qabul qilgichlar (masalan, A va V nuqtalarda) ruхsat etilmagan sharoitlarda ishlaydi. U2q ni tuman podstansiyasi transformatorining 28 transformatsiyalash koeffitsientini almashtirish orqali o‘zgartiramiz, ya‘ni kuchlanishni rostlaymiz (3.1,b-rasmdagi uzluksiz chiziq). 3.1-rasm 3.1-rasm. Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash: a- almashtirish sхemasi; bkuchlanishlar epyurasi. Eng kichik yuklama sharoitlarida U2q imkoni boricha Un ga yaqin qiymatgacha kamaytiriladi. Bu holatda nt ning shunday standart qiymati tanlanishi lozimki, bunda quyidagi shart bajarilsin: U2q . ekich Un (3.2) Eng kichik yuklamalar holatida U2q ni 1,05-1,1 Un ga imkoni boricha yaqinroq qiymatgacha orttiriladi. Bu holatda ntning shunday standart qiymati tanlanishi lozimki, bunda quyidagi shart bajarilsin: U2q . ekat (2.3) Shunday qilib, ta‘minlash markazidan uzoqdagi V va unga yaqindagi A nuqtalardagi is‘temolchilardagi kuchlanishlar ruхsat etilgan chegraga kiritiladi. Eng katta va eng kichik yuklama holatidagi bunday rostlashda kuchlanish mos ravishda oshiriladi va pasaytiriladi. Shu sababli bunday rostlashni qarama-qarshi rostlash deb ataladi. 3.2. Elektr stansiyalarda kuchlanishni rostlash