5-bob. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti 20. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot deb ataladi) Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, u yerda tarbiyalanuvchilarga ta’lim va tarbiya beriladi.
21. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi.
Bolalar ularning qonuniy vakillari roziligi bilan quyidagilar asosida qabul qilinadi:
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasining belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi.
22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish davri va bolalar bilan o‘tkaziladigan korreksion ishlar muddati Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.
23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:
eshitishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
ko‘rishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;
aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun.
24. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab to‘ldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi:
kar tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif eshituvchi tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
ko‘zi ojiz tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif ko‘ruvchi tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 15 nafar va ko‘pi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
bolalar tserebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
yengil darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; o‘rta darajada aqliy zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishida kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
25. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning direktori zimmasiga yuklanadi.
26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydi:
og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi;
ko‘zi ko‘r qulog‘i karlar.
27. Bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan quyidagilar asosida chiqariladi:
bolani qonuniy vakillarining arizasi;
sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy ko‘rsatmalari;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning o‘rtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining xulosasi;
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasida ko‘rsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugashi;
maktab yoshiga yetishi (7 yosh).