RAZZAQOV BEHZODBEK SANOAT FARMATSIYASI 101-B
10 - mavzu: Turkistonda mustabid sovet xokimiyatining o‘rnatilishi. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy –siyosiy, iqtisodiy siyosati.
Туркистонда совет ҳокимиятига қарши қуролли ҳаракат бошланишининг тарихий шарт-шароитлари.
Совет ҳокимиятига қарши қуролли ҳаракатнинг биринчи ва иккинчи босқичлари таҳлили.
Истиқлолчилик ҳаракатининг моҳияти ва тарихий аҳамияти.
1. 1917 yil 26-28 noyabrda (yangi hisob bilan 9-11 dekabrda) Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Turkistonni boshqarish shakli uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so‘zga chiqqanlarning ko‘pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e’lon qilinishi o‘lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqan va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini hamma qo‘llab-quvvatladilar. 28 noyabr (yangi hisob bilan 11 dekabr)da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, “TURKISTON MUXTORIYATI” deb ataladigan bo‘ldi. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a’zolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi.
Oradan ko‘p o‘tmay Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. “El bayrog‘i”, “Birlik tug‘i”, “Svobodnыy Turkestan”, “Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana” kabi hukumat gezatalari o‘zbek, qozoq va rus tillarida nashr qilina boshlandi20(7) fevral Qo‘qand tarixining eng daxshatli kuni bo‘ldi . Eski shaxardagi hamma magazinlar savdo firmalari , banklar va ozmi ko‘pmi yaxshiroq ko‘ringan xususiy xonadondarning hammasi talangan . Gazetadagi ushbu maqola «Qo‘qand hozir o‘liklar shaxri» deb tugaydi. Turkiston muxtoriyatini ag‘darilishi, O‘rta Osiyoni sovetlashtirishga keng yo‘l ochib berdi.
2.
Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi hokimiyatiga qarshi harakatning butun Farg‘ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini o‘tadi, xolos.Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo‘lgan. Ularga shahar aholisining aksariyat qismi: o‘ziga to‘q badavlat oilalarning vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba’zi boylar qo‘shildi. Harakat qatnashchilari safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar-ziyolilar ham ko‘pchilikni tashkil qilar edi va bir so‘z bilan aytganda, ular safida xalqning barcha tabaqasiga mansub kishilar bor edi. Dastlabki milliy harbiy harakatning tashkil topishi Kichik Ergash (taxminan 1885-1918) va Katta Ergash (taxminan 1880-1921)ning nomlari bilan bog‘liqdirO‘z vaqtida Farg‘ona vodiysida Kichik Ergash, Katta Ergash, Madaminbek, SHermuhammadbek, Muhiddinbek, Islom Polvon, YOrmat Maxsum, Samarqand viloyatida Ochilbek, Bahrombek, Buxoro respublikasida Ibrohimbek, Mulla Abdul-qahhor, Anvar Posho, Salim Posho, Davlatmandbek, Fuzayl Maxdum, Xorazm respublikasida Junayidxon kabi qo‘rboshilar bu harakatni yagona kuchga birlashtirish uchun rahbarlikni birin-ketin o‘z qo‘llariga olsalar-da, lekin Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik urush harakati boshdan oxirigacha yagona markazga to‘liq uyusha olmadi
3.
Insoniyat juda ko‘plab urushlarni boshidan kechirgan bo‘lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 mlndan ortig‘ kishining yostig‘ini quritgan, XX asr fojeasi bo‘lmish ikkinchi jahon umshidir. 1939-yil 23-avgustda Germaniya bilan 10 yil muddatga o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomasi ularning javobgarliklarini tashkil qiladi. Sovet-german bitimining maxfiy qo‘shimcha bayonnomasiga ko‘ra, Germaniya bilan SSSR ta’sir doiralarini bo‘lib olishgan edi. 1939-yil 1-sentabrda fashistlar Germaniyasi Polshaga bostirib kirdi. 3-sentabrda esa Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e’lon qildilar hamda ikkinchi jahon urushi boshlandi..1941-yil 22-iyul yakshanba kuni tongotarida avgust shartnomasini buzib, fashistlar Germaniyasi SSSR ga hujum boshladi.. Umuman, urush boshlarida 6,5 million kishidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston aholisining 1.433.230 tast urushga safarbar etilgan 1941-yil sentyabr-dekabrda O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishni harbiy izga moslab qayta qurishning umumiy rejalarini belgilab berdi. Bu bilan O‘zbekiston mamlakatda etishtirliadigan qandning to‘rtdan birini ishlab chiqarishga erishgan bo‘lsa, 1942-yilda SSSR dagi kunjut ekiladigan maydonning 50 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelgan. Grodno yaqinida leylenant Usov, siyosiy rahbar SHaripov, Brest qal’asi mudofaasida Ahmad Aliev, Doniyor Abdullaev, Bobokomli Kashanov. Uzoq O‘taev, Nurum Siddiqov, Madamin Hojiev, E.YA.Liss, Rahimboy Arslonboev, Sayidahmad Boytemirov, F.f.Laenkov kabi o‘zbekistonlarning ko‘rsatgan jasoratlari Vatan himoyachilarining qahramonona jasoratining ramzi. Bu mamlakatlarni ozod qilishdagi jasoratlari uchun B. Boboev, P. Nurpeksov, T. Nazarov, A. Rahimov, M. Fayozov va boshqalar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, 2430 nafar hamyurtimiz "Budapeshtni ozod qilish uchun" medali, 1706 kishi "Berlin olingani uchun", 109208 kishi "German iya ustidan g‘alabi qozonganligi uchun’1 medali bilan taqdirlanganlar.Haqiqatdan ham "Turkiston Iegioni"da tashkil topgan yashirin guruhlar qarshilik harakati jangchilari va partizanlar bilan aloqa bog‘lab, nemis-fashistlarning bir qancha rejalarini barbod qilganlar..Ikkinchi jahon urushi frontlariga safarbar qilingan 1433230 kishidan 263005 kishi halok bo‘ldi, 132.670 kishi nogiron bo‘lib qaytdi.Urush yillarida asirga tushgan 6,2 mln. kishidan 4 mln. kishi halok bo‘lgan, 1 mln. kishi "Vlasovchilar’ga qo‘shilgan, tirik qolgan 1 mln. kishi esa nemis lagerlarini sovet lagerlari bilan almashtirishga majbur bo‘ldilar. Ular orasida nohaq jazolanganlardan yurtdoshlarimiz ham bor bo‘lib, S. Abdullaev, L. Popov, K. Abramovich, P. Rustamov va boshqalar shular jumlasidandir.1945-yilga kelib mamlakatda yaxshilik sari qat’iy o‘zgarishlarni kutayotgan xalq yana mustabid tuzum asoratida qoldi. ljtimoiy hayotdagi ziddiyatlar yashirinib barqarorlik vujudga keltirdiki, ular bu tuzumning muqarrar qulashini ko‘rsatardi.Katta qurbonlar evaziga bo‘lsa ham o‘zbekistonliklar insoniyatni fashizm balosidan qutqarishga munosib hissa qo‘shdilar. Urushda halok bo‘lganlar xotirasini tiklash va qadrlash maqsadida "Xotira" kitoblari tuzildi, poytaxtimiz markazida Xotira maydoni va motamsaro ayol yodgorlik majmuasi tiklandi. Bu ishlarga boshchilik qilgan yurtboshimiz farmoni bilan 9 may "Xotira va Qadrlash kuni» deb e’lon qilindi. Hozirgi kunda hayot bo‘lgan mehnat va urush faxriylardan yosh avlod hamisha minnatdordirlar.
RAZZAQOV BEHZODBEK
Do'stlaringiz bilan baham: |