O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi
«ZAMONAVIY QURILISH MATERIALLARI» fanidan
“Zamonaviy devorbop materiallar” mavzusi
Namangan
1
- Zamonaviy materiallar to’g’risida tushunchalar
2
3
- Pardevorlar uchun zamonaviy matiriallar
Mav’zu: Zamonaviy devorbop materiallar
1
- Zamonaviy materiallar to’g’risida tushunchalar
Tashqi devorlar me’yoriy issiqlik uzatilishiga qarshligi miqdorining keskin ortishi bilan bir qatlamli devorlar uchun samarali bo’lgan issiqlik izolyatsiyalovchi material yaratish muammosi juda ham dolzarb bo’lib qoldi. Me’yorlar talablariga javob beruvchi yangi materiallarni yaratish vaqt talab qilishi tufayli olimlar yaxshi ma’lum bo’lgan materiallarga – g’ovakli betonlarga yana murojaat qilishdi.
Ma’lumki, g’ovakli betonlar 2 guruxga bo’linadi: g’ovakli gazobetonlar va g’ovakli ko’pik-betonlar. Vazifasi va o’rtacha zichligiga ko’ra g’ovakli betonlar 3 ta kichik guruhga bo’linadi:
– issiqlik izolyatsiyalovchi - 500 kg/m3;
– konstruktsion-issiqlik izolyatsiyalovchi - = 500900 kg/m3;
– konstruktsion - = 9001200 kg/m3..
Hall M. Materials for Energy Efficiency and Thermal Comfort in Buildings, P 112
2
Devorlarni barpo etish uchun foydalaniladigan material va buyumlardir. Xar qanday qurilishda devorbop materiallar asosiy mateiallardan biri bo’lib xisoblanadilar. SHuning uchun xar qanday binoning mustahkam va ishonchli devori bino yoki inshootning asosidir. Mustahkam devorlar shak-shubxasiz bino yoki inshoatga uzoq yillar xizmat qilish imkonini beradi. SHuning uchun devorni barpo etish uchun material tanlash butun loyihani xal etuvchi omili bo’lib xizmat qiladi.
Zamonaviy devorbop materiallari bevosita devorlarni barpo etishda foydalaniladigan konstruktsion materiallar va devorbop pardoz materiallariga bo’linadi.
G'ishtlar va toshlar - yarim quruq presslash yoki loysimon va kremniyli (trepel, diatomit) qoldiq jinslarni va sanoat chiqindilarini (ko'mir qazib chiqarish va ko'mir kullarni to'shintirish) orqali ularni pechlarda yondirish orqali ishlab chiqariladi
Polistirolli beton
Polistirolli beton - engil beton turi - portland tsementini, ko'pikli polistrenin, suv va havo o'tkazadigan qo'shimchani (SDO) granulalari - gözenekli agregatni o'z ichiga olgan kompozitsion materialdir. Polistirolli betonning qattiq zichliklarini olish zarur bo'lsa, u mineral plomba (qum) ni o'z ichiga olishi mumkin. Bir mahsulotdagi polistirolli granulalar va beton bo'lgan issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning kombinatsiyasi tufayli qurilish materiallari uchun chidamlilik qarshiligi, hidrofobiklik, rulman xususiyatlarining eng yuqori ko'rsatkichi, issiqlik izolyatsiyasi, yong'indan himoya qilish, ovozni sovutish, sovuqqa chidamliligi va muzlatish / eritish davri (xizmat muddati).
Binodagi vazifasiga ko’ra devorlar quyidagilarga bo’linadi: - Yuk ko’taruvchi – binoning boshqa qismlaridan yukni qabul qilib olib, o’z og’irligi bilan birga bino poydevoriga uzatadi;
- O’z-o’zini ko’taruvchi – poydevorga tayanadi va faqat o’z og’irligini ko’taradi;
- Yuk ko’tarmaydigan – ma’lum bir qavat chegarasida yuk ko’taruvchi konstruktsiyaga tayanib, faqatgina o’z og’irligini ko’tarib turuvchi (asosan to’suvchi vazifasini bajaruvchi - pardevorlar).
Toshli devorbop materiallar quyidagilar bo’yicha sinflarga bo’linadi: - Buyum turi;
- Vazifasi;
- Foydalaniladigan xom ashyosi va mahsulot tayyorlash usuli;
- Zichligi;
- Issiqlik o’tkazuvchanligi;
- Siqilishdagi mustahkamligi
Turi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: - Sopol va silikat g’isht va toshlar;
- Massasi 4,4 kgdan ko’p bo’lmagan to’liq va ichi kovak g’isht;
- Massasi 16 kgdan ko’p bo’lmagan ichi kovak beton va tabiiy toshdan to’liq toshlar;
- Massasi 40 kgdan ko’p bo’lmagan tog’ jinsidan ichi kovak va to’liq bloklar, sopol, silikat va beton bloklar.
Foydalanishiga ko’ra tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi: - Tashqi va ichki devorlarni qurish uchun oddiy;
- Bino va inshoatlarning devorlarini pardozlashda foydalaniladigan – yuza uchun.
Foydalaniladigan xom ashyosi va tayyorlash usuliga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: - Giltuproq, trepel, diatomit va boshqa xom ashyodan plastik yoki nimquruq usulda presslab tayyorlanadigan va qizdirib pishirilganda sopolga aylanadigan;
- Ohak va qumni yoki boshqa kremnezetarkibli va ohaktarkibli komponentlarni presslab tayyorlangan va avtoklavda qotadigan;
- Mineral bog’lovchi (sement, ohak, gips bog’lovchisi, shlak va boshq.) g’ovak yoki zich to’ldiruvchilardan tashkil topgan qorishmani tabiiy yoki issiqlik ishlovi berish natijasida qotuvchi;
Zichligi bo’yicha (kg/m3) tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi:
O’ta yengil (600gacha);
Engil (600...1300);
Engillashtirilgan (1300... 1600);
Og’ir (1600...2200).
Issiqlik o’tkazuvchanligi bo’yicha tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi:
Issiqlik o’tkazuvchanligi past;
Issiqlik o’tkazuvchanligi o’rtacha;
Issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori.
ETIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |