Ma’ruza 12. Geografik kartalarda chiziqli belgilar usulidan foydalanish
66
Reja:
12.1.
Chiziqli belgilar usuli haqida tushuncha.
12.2.
Chiziqli belgilar usulining qo’llanilishi
Tayanch iboralar: biosfera, atmosfera, gidrosfera, litosfera, geografik qobiq,
ekosistema, ekologik omillar, organizm, abiotik, biotik, fitosenoz, zootsenoz,
zootsenoz, antropogen omillar.
12.1. Chiziqli belgilar usuli haqida tushuncha
Chiziqli belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida uzunasiga davom etgan, kengligi
karta masshtabida ifodalanmaydigan, chiziq bo’ylab joylashgan obyektlarni tasvirlash
uchun qo’llaniladi. Masalan, suvayirg’ich chiziqlari, siyosiy va ma’muriy chegaralar,
yo’llar, telefon va telegraf liniyalari, daryo, ko’l va dengizlarning qirg’oq chiziqlari, front
chiziqlari va ularni holatini o’zgarishi va boshqa obyektlarni asosiy yo’nalishlari (alp
burmalanishini asosiy yo’nalishlari, relyefni skelet chiziqlari va hokazo) tasvirlanadi
(1-rasm).
Obyektlarni sifat va miqdor tavsiflarni berish uchun odatda chiziqli belgilarni
rasmidan, rangidan, ichki strukturasidan ayrim hollarda kengligidan foydalaniladi.
a - siyosiy va ma’muriy chegaralar; b - gidrografik to’r; v - avtomobil yo’llari; g - alp
burmalanishining asosiy yo’nalishlari; d - qirg’oqlar tiplari; e -
67
front chizig’ining o’zgarishi
2-rasm. Chiziqli belgilar usuli:
a- viloyat chegaralari; b- temir yo’llar;v- daryolar; g- neft quvurlari; d- gaz quvurlari
Ayrim chiziqlar, masalan qirg’oq chiziqlari quruqlik va suvlikni chegaralashi kabi zonal
chegaralar (yoki chegara polosalari) sifatida qaralishi mumkin. Ba’zan esa chiziqli belgilar
kartada maydoni bo’yicha chizilgan obyektlarning asosiy yo’nalishini ko’rsatadi; misol
sifatida relyefning skelet chiziqlarini (tizmalar, taroqlar o’qi va h.k.) ko’rsatishimiz mumkin.
12.2.
Chiziqli belgilar usulining qo’llanilishi
Ushbu usul chiziqlar bo’ylab joylashgan real yoki mavhum obyektlarni tasvirlashda
ishlatiladi. Ularga, masalan, qirg’oq chiziqlari, yer yoriqlari, yo’llar, atmosfera frontlari,
ma’muriy chegaralar kabilar kiradi. Chiziqli belgilarning turli shakli va rangi ob’ektlarning
sifat va miqdor tavsiflarini (qirg’oq chizig’ining turi, yer yorig’ining chuqurligi, temir yo’llar
izlarining soni, iliq va sovuq frontlar va h.k.) beradi. Chiziqli belgilar kengligi bo’yicha
masshtabsiz beriladi, biroq uning o’qi real ob’ektning joydagi o’rni bilan mos kelishi lozim.
O’tish muntazamligi yoki chegaralar noaniqligida chiziqli belgilar polosa bilan berilishi
mumkin. Chiziqli belgilar bilan ob’ekt dinamikasini ham aks ettirish mumkin. Masalan,
quruqlikni muntazam suv bosishini berib, turli transgressiya bosqichlaridagi dengiz qirg’oq
chizig’ining holatini tasvirlash mumkin.
Kartalarda voqea-hodisalarning miqdor ko’rsatkichlari chiziqlar yo’g’onligi bilan, sifat
ko’rsatikchlari esa rang yoki shtrixlar bilan tasvirlansa chiziqli belgilar usuli deb yuritiladi.
68
Umumgeografik kartalarda chegaralar daryolar, kanallar, temir va avtomobilb
yo’llari shu usulda ko’rsatiladi. Lekin bu obyektlar masshtabsiz shartli belgilar bilan
tasvirlanadi (masalan: 1 sm da 50 km). Ayniqsa iqtisodiy kartalarda buni ko’p
uchratish mumkin.
3-rasm. Chiziqli belgilarda miqdor, sifat va yo’nalishlarning ko’rsatilishi: ko’mir,
yog’och, qurilish materiallari, boshqa yuklar 1 mm. yo’g’onlik 5 ming t.
Ilmiy tadqiqot ishlari va operativ xo’jalik kartalarini tuzishda miqdor
ko’rsatkichlarni tasvirlaydigan chiziqlar masshtab asosida aniq ko’rsatiladi.
Chiziqlar har xil ranglarda, ba’zan shtrix chiziqlar shakllarida berilib, sifat
ko’rsatkichlarini ifodalaydi. Chiziqli belgilar usulida yuk harakatini, ya’ni yuk tashish
yo’nalishini tasvirlashda eng asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bu o’quv maktab
kartalarida transportni tasvirlashda ko’proq ishlatiladi. So’nggi paytlarda aholi
kartalarida aholi migratsiyasi ham shu yo’sinda berilmoqda. O’zbekistonning
siyosiy-ma’muriy kartasidagi viloyat chegaralari, daryo va kanalar, temir yo’l va
avtomobil yo’llari chiziqli belgilarda tasvirlangan.
4-rasm. Yuklarning miqdor ko’rsatkichlari: a-uzluksiz shkalada; 6-pog’onali
uzluksiz shkalada; v-pog’onali shkala (parallel chiziqlar yordamida); g-pog’onali
shartli shkalada.
69
5-rasmda turli xil chiziqli ma ’lumotlarni tasvirlashda foydalaniladigan ayrim
belgilar keltirilgan: chegaralar, yo’llar va temir yo’llar, tashilgan yuk va yo’lovchilar
soniga mos chiziqlar va h.k. Shu bilan birga, chiziqlar areal ma ’lumotlarni ko
’rsatishda, ularda shtrixlash bilan ham ishlatilishi mumkin, biroq nuqtali belgilar o ’rni
kabi ular ham alohida nuqta yoki chiziq kabi emas, balki tizim kabi qabul qilinadigan
usul bilan birlashtirilishi (bog’lanishi) kerak. Chiziqlar, shuningdek, hajmni
ko’rsatishda ham ishlatilishi mumkin (5-c rasm, 6c va d-rasm). Shunday qilib, chiziqli
xususiyatga ega nuqtalar ketma-ketligi chiziqli belgilar sifatida atalishi mumkin.
5-rasm Chiziqli obyektlarni
tasvirlashda ishlatiladigan turli xil
belgilar
70
Do'stlaringiz bilan baham: |