2.4Karta komponovkasi
Geografik kartaning nomi, ramkasi, tasvirlanayotgan hudud, vrezka (qirqim)
kartalar, legenda, diagramma, sxema, profil, grafiklar, matnlar karta mazmunini
boyitishga, o’qishni osonlashtirishga yordam beruvchi boshqa qo’shimcha
manbalarni joylashtirish tartibi kartaning komponovkasi deyiladi. Komponovka
omadli hisoblanadi, agar kartaning barcha elementlari maqsadga muvofiq, yetarlicha
kompakt joylashtirilsa, biroq zerikarli bo’lmay, ulardan foydalanish qulay bo’lsa -
bir so’z bilan aytganda, karta sohasi oqilona tashkil etilgan va tasvir ko’rinarli
uyg’unlikda bo’lsa.
Yaxshi komponovkani tanlash har doim oson emas, bu ba’zi dizaynerlik
tajriba va baddiy didni ham talab qiladi. Ko’plab omillarni hisobga olish zarur: karta
proyeksiyasi, tasvirlanayotgan hudud (akvatoriya) shakli va uning ramka ichidagi
oriyentirovkasi, qo’shni hududlarni ko’rsatish zaruriyati, legenda hajmi,
vrezka-kartalarni, qo’shimcha grafiklar, diagrammalar va h.k.ni joylashtirish.
Kartalar komponovkasi tayyorlanayotganda texnik sharoiti, estetik holati,
karta mazmunini to’g’ri eks ettirishga qaratilgan barcha talablar e’tiborga olinishi
kerak. O’quvchi kartani o’qish uchun uning komponovkasi haqida ma’lumotga ega
bo’lishi lozim. Chunki bir xil hudud ikki xil komponovkada tasvirlanishi ham
mumkin. Masalan, 8-rasmda Yevropa kartasi 2 xil komponovkada, 9-rasmda esa
dunyo kartasi 2 xil ham 2 xil komponovkada berilgan.
35
9-rasm. Dunyo kartasini 2 xil komponovkada ko’rimshi.
Ayniqsa, murakkab kompakt bo’lmagan hududlarni kartalashtirishda ko’plab
muammolar vujudga keladi. Bunda hududning uzoqdagi qismi vrezkada (masalan,
Rossiyaning Yevropa qismi kartalarida vrezkalarda uzoqda joylashgan Novaya Zemlya
oroli joylashtiriladi) beriladi. Boshqa vaziyatlarda kartalashtirilayotgan hududning chiqib
qoluvchi qismi ramka doirasidan chiqadi. Ba’zan vrezkada aynan shu hudud takrorlanadi,
biroq kichraytirilgan masshtabda. Bitta varaqda ramkasiz, erkin bir necha hudud (yoki bitta
hudud bir necha marta) joylashtirilganda “suzib yuruvchi” deb ataluvchi komponovkalar
ham uchraydi. Hudud konfiguratsiyasiga bog’liq holda ramka ichida yoki uning
tashqarisida kartaning nomi, legendasi, masshtabini joylashtirish uchun joy tanlanadi -
8-rasm. Yevropa kartasi 2 xil komponovkada tasvirlangan.
36
a - kartografik tasvir, legenda, masshtab va karta nomini ramka ichida joylashtirish
(Komi Respublikasi); b - vrezka-karta nomini ramka ichida, masshtab va ma’lumotlar
janubiy ramka tashqarisida berilgan (Italiya); v - tasvirning qiyshiq komponovkasi
(Yaponiya); g - hududning bo’rtgan qismlarining karta ramkasidan chiqishi (Afrika); d -
kartalarning ’’suzib yuruvchi” komponovkasi.
Kartada tasvirlanadigan hududni chegarasini aniqlash va uni karta ramkalariga
nisbatan joylashtirish, ramkani ichida va undan tashqarida (asosiy karta bilan uni ramkasi
orasidagi bo’sh qolgan joylarda) kartani nomini, masshtabini, legendasini, har xil raqamli
va matnli ma’lumotlarni, jadvallarni, grafiklarni, qo’shimcha va kesma kartalarni hamda
boshqa shunga o’xshash ma’lumotlarni maqsadga muvofiq joylashtirishga komponovka
deyiladi.
Kartani o’qish va undan foydalanishni osonlashtirish maqsadida unda beriladigan
turli xil kartometrik grafiklar, (masalan, topografik kartada chiziqning nishabligi va qiyalik
burchagini aniqlash uchun, kartaning janubiy ramkasi ostida beriladigan maxsus
nomogramma), hududni qay darajada o’rganilganligini ko’rsatuvchi sxemalar,
foydalanilgan materiallar (manbalar) shuningdek boshqa har xil zarur ma’lumotlar (kartani
nomi, nashr qilingan joyi va yili, nashriyot nomi va h.k.) kartaning yordamchi elementlari
deb ataladi. Karta mazmuni bilan bog’langan, uni to’latadigan, boyitadigan va
tushuntiradigan kesma-kartalar, diagrammalar, blok-diagrammalar, grafiklar, profillar,
matnli yoki raqamli va sifatli ma’lumotlar kartaning qo’shimcha elementlari deyiladi.
Karta tuzish jarayonida komponovka mas’ul kartografik vazifalar qatoriga kiradi.
Komponovkani ishlab chiqish vaqtida qator texnik sharoitlar hisobga olinadi (masalan,
kartalarni nashr qilish uchun ishlatiladigan qog’ozni standart kattaligi, tasvirlanayotgan
hududni shakli (konfiguratsiyasi) va uni ramka ichidagi orientirovkasi, estetik taraflarni,
ayniqsa kartadan foydalanish vaqtidagi qulayliklarni va boshqalar) Kartalarning
komponovkasi ushbu kartani tuzish uchun tanlangan proeksiya, masshtab va kartaning
formati bilan chambarchas bog’liqdir.
Hududning shaklidan kelib chiqib kartani nomini, legendasini, masshtabini
va boshqa yordamchi va qo’shimcha ma’lumotlarni ramka ichida va undan tashqarida
dizaynerlik qarorlari variantlari g’oyatda xilma-xildir. Turli komponovkalarga
10-rasm. Bir varaqli kartalar komponovkalariga misollar.
37
maqsadga muvofiq joylashtirish uchun joy tanlanadi (11-rasm). Har xil maket
komponovkalardan namunalar 11 -rasmda keltirilgan. Komponovka uchun, —etti marta
o’lchab, bir marta kes” degan maqol juda haqqoniydir
a- kartaning nomini, masshtabini, legendasini va boshqa ma’lumotlarni karta
ramkalari ichida joylashtirish; b- karta nomini, masshtabini va boshqa ma’lumotlarni karta
ramkasidan tashqarida joylashtirish; v- kartasini tuzilayotgan hududni turtib chiqqan
joylarini karta ramkalarini uzib chiqarib joylashtirish; g- kesma (vrezka) kartani
joylashtirish.
11-rasm. Maket komponovkalardan namunalar:
38
Adabiyotlar ro„yxati
1.
Мирзалиев Т. Картография. - Тошкент: Уз МУ, 2006.
2.
Асомов М., Мирзалиев Т. Топография асослари ва картографиядан
лаборатория машгулотлари. - Тошкент: Укдтувчи, 1990.
3.
Берлянт А.М. Картоведение. - Москва: «Аспект пресс», 2003.
4.
Плишкина О.В. Практикум по картографии. - Улан-Удэ: Изд.-во ВСГТУ,
2006.
5.
Мирзалиев Т., Мусаев И. Картография. - Тошкент: Зиёнур, 2007. - 160 б.
6.
Mirzaliyev T., Safarov E.Yu., Egamberdiyev A., Qoraboyev J.S. Kartashunoslik. -
Toshkent, 2012.
7.
Robert E.Gabler, James F. Peterson, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical
Geography. 2007. /www.brookscole.com
8.
Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling. Cartography: Visualization of Geospatial Data.
Printed and bound in Great Britain by Ashford Colour Press Ltd, Gosport, Hants. London,
2010. /www.pearsoned.co.uk
Mustaqil ta’lim mavzulari
1.
Topografik kartalar nomenklaturasi.
2.
Karta komponomkasining ahamiyati.
3.
Kartalar ramkalari va ularning turlari.
39
1.
Karta razgrafkasi nima?
2.
Nomenklatura deganda nimani tushunasiz?
3.
Topografik kartalar varaqlarining razgrafkasi va nomenklaturasi qanday masshtabdagi
xalqaro kartaning razgrafkasiga va nomeklaturasiga asoslangan.
4.
Kartaning komponovkasi nima?
5.
Komponovkaning qanday ahamiyati bor?
Glossariy
Atamaning
o’zbek
tilida
nomlanishi
Atamaning
ingliz
tilida
nomlanishi
Atamaning rus
tilida
nomlanishi
Atamaning ma’nosi
Razgrafka yoki
karta kesimi
Map cutting
Разграфка
карты
Ko’p varaqli kartani varaqlarga
ajratish tizimidir.
Nomenklatura
The
nomenclature
Номен
клатура
Ko’p varaqli kartani alohida
varaqlarini
ma’lum
sistema
bo’yicha belgilash.
Karta
komponovkasi
Map
configuration
Компо
новка
карты
Geografik
kartaning
nomi,
ramkasi, tasvirlanayotgan hudud,
vrezka (qirqim) kartalar, legenda,
diagramma,
sxema,
profil,
grafiklar, matnlar karta mazmunini
boyitishga,
o’qishni
osonlashtirishga yordam beruvchi
boshqa qo’shimcha manbalarni
joylashtirish tartibi.
Kartaning
yordamchi
elementlari
Auxiliary
elements of a
map
Вспомога
тельные
элементы
карты
Kartani
o’qish
va
undan
foydalanishni
osonlashtirish
maqsadida unda beriladigan turli
xil kartometrik grafiklar, hududni
qay darajada o’rganilganligini
ko’rsatuvchi
sxemalar,
foydalanilgan
materiallar,
shuningdek boshqa har xil zarur
ma’lumotlar.
Kartaning
qo’shimcha
elementlari
Additional
elements of a
map
Дополни
тельные
элементы
карты
Karta mazmuni bilan bog’langan,
uni to’latadigan, boyitadigan va
tushuntiradigan
kesma-kartalar,
diagrammalar, blok-diagrammalar,
grafiklar, profillar, matnli yoki
raqamli va sifatli ma’lumotlar.
Nazorat savollari
40
6.
Komponovka qanday tanlanadi? Unda nimalar e’tiborga olinishi kerak?
7.
Karta ramkasi nima?
8.
Karta ramkalarining qanday turlari mavjud?
9.
Karta ramkasi qanday ahamiyatga ega?
10.
Kartalarning komponovkasi nimalarga bog’liq?
Test
1.
Karta razgrafkasi nima?
a)
ko'p varaqli kartani varaqlarga ajratish tizimi.
b)
ko'p varaqli karta varaqlarini belgilash usuli
c)
ko'p varaqli karta varaqlarini belgilash tizimi
d)
ko'p varaqli karta varaqlarini belgilash ro'yxati
2.
Nomenklatura nima?
a)
ko'p varaqli karta varaqlarini belgilash usuli
b)
ko'p varaqli karta varaqlarini belgilash ro'yxati
c)
varaqlarga ajratish tizimi
d)
ko'p varaqli karta varaqlarini belgilash tizimi.
3.
Kartani shimol bo’yicha oriyentirlash qachon joriy etildi?
a)
ХШ asrdan
b)
Х1У asrdan.
c)
ХV asrdan
d)
ХУТ asrdan
4.
Razgrafkaning qanday turlari ajratiladi?
a)
konusli va trapetsiyasimon
b)
to'g'ri burchakli va konusli
c)
to'g'ri burchakli va trapetsiyasimon.
d)
azimutal va konusli
5.
Qanday razgrafka har bir varoq meridianlar va parallellari chiziqlari ramkasi
sifatida qo’llaniladi?
a)
konusli
b)
to'g'ri burchakli
c)
trapetsiyasimon (yoki gradusli).
d)
azimutal
6.
To’g’ri burchakli razgrafkaning afzalliklari qaysilar?
a)
varaqlarning yagona formati, standart qog'oz hajmidan tejab foydalanish imkoni,
ayniqsa geografik atlaslar kartalarini tayyorlashda, varaqlarni bog'lash (kleylash)ning
qulayligi.
b)
alohida varaqlarni mustaqil tuzish imkoni; varaq o'rta meridianiga nisbatan
meridian va parallellarning simmetrik joylashuvi; har bir varaq go'yoki mustaqildek
c)
varaq ramkalariga nisbatan meridianlar va parallellar chiziqlarining dezoriyentatsiyasi
hamda kesmaning lokal xarakteri
d)
alohida varaqlarni mustaqil tuzish imkoni; Bstandart qog'oz hajmidan tejab
foydalanish imkoni, ayniqsa geografik atlaslar kartalarini tayyorlashda
7.
Bevosita kartografik tasvirni chegaralovchi chiziqlar nima deb ataladi?
a)
gradusli ramka
41
b)
tashqi ramka
c)
minutli ramka
d)
ichki ramka.
8.
Tashqi ramka nega beriladi?
a)
kartografik tasvirni chegaralash uchun
b)
kartaga tugallangan ko'rinish berish va uni bezash uchun.
c)
karta razgrafkasi uchun
d)
oraliq meridianlar va parallellarning chekkalarini ko'rsatish uchun
9.
Komponovkani ishlab chiqishda qanday talablar hisobga olinadi?
a)
texnik shartlar; estetik jihatlar; karta g'oyasini to'g'ri tasvirlash, uning mazmuni
qimmatini va undan foydalanishda qulaylikni ta'minlashga qaratilgan talablar.
b)
estetik jihatlar; karta g'oyasini to'g'ri tasvirlash, uning mazmuni qimmatini va undan
foydalanishda qulaylikni ta'minlashga qaratilgan talablar
c)
texnik shartlar;karta g'oyasini to'g'ri tasvirlash, uning mazmuni qimmatini va undan
foydalanishda qulaylikni ta'minlashga qaratilgan talablar
d)
texnik shartlar (masalan, kartani nashr etish uchun standart qog'oz hajmi) va estetik
jihatlar (masalan, butun kompozitsiyaning ko'rinarli muvozanati)
10.
Komponovkaga nima bog’liq hisoblanadi?
a)
karta masshtabi
b)
karta asosi
c)
kartani oriyentirlash.
d)
karta mavzusi
Do'stlaringiz bilan baham: |