Tayanch iboralar: shartli belgilar, sifatli fon usuli, miqdorli fon usuli, kartalar,
siyosiy-ma ’muriy kartalar, tipologik kartalar, shtrixlash.
14.1. Sifatli fon (rang) usuli haqida tushuncha
Bu usul bilan karta (lar)da tasvirlanayotgan hududni chegarasida (akvatoriyasida)
tasvirlanayotgan hodisani (obyektni) u yoki bu ma’lum sifat belgisi bo’yicha (asosida)
uni qismlarga bo’lish va ularni har birini maydonli grafik vositalar yordamida qoplash
yoki to’ldirish yo’li bilan o’sha hodisani sifat farqlari tasvirlanadi. Hududni
(akvatoriyani) qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan hodisani sifat ko’rsatkichlari bilan
uzviy bog’langan bo’ladi. Masalan, tuproq kartalarida ushbu qismlar orasidagi chegara
qaerda bitta tuproq
tipi (kichik tipi, turi) boshqasi bilan
almashinsa, o’sha yerda o’tkaziladi
(10-rasm). So’ngra bitta tipdagi qismlar
qabul qilingan rangga bo’yaladi yoki
shtrixlanadi. Shuningdek bu usul har xil
rayonlashtirish
kartalarida
(masalan,
tabiiy-geografik,
iqtisodiy-geografik, tuproq - iqlim va
h.k.),
halqlar,
geologik,
botanik
kartalarda
asosiy
usul
sifatida
qo’llaniladi.
Sifatli fonning ikkita rangli sistemalari
bir-birini qoplashi mumkin emas. Lekin
fonli gullashni shtrixovka bilan birga
qo’shish mumkin.
Shunday qilib, bitta kartada ikkita
xatto uchta sifatli fon sistemalarini
ko’rsatish mumkin.
1
-
rasm. Sifatli fon (rang) usuli
Tekislik tuproqlari:
a)
Bo’z qo’ng’ir cho’l;
b)
Cho’l taqir tuproqlari, taqirlar; v)
Sho’rxoklar;
g) Qayir (allyuvial)
85
Masalan, tuproq kartalarida fonli gullash ko’pincha tuproqlarni genetik bo’linishlarini,
shtrixovka esa-ularni mexanik xususiyatlarini (tarkibini) ko’rsatadi. Bu usul boshqa tasvirlash
usullari bilan yengil (oson) uyg’unlashadi.
14.2.
Sifatli rang usulining ahamiyati va qo’llanilishi
Kartalarda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning sifat ko’rsatkichlarining rang yoki
shtrix chiziqlar bilan tasvirlanishiga sifatli rang usuli deb yuritiladi (masalan, 2-rasm).
Bu usulni maydonlarni bir xil xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farq qilishga asoslanadi.
Masalan, O’zbekiston geografik atlasidagi (1999) O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy
kartasida ranglar bilan viloyatlarni va Qoraqalpog’iston har xil ranglar bilan bir-birlaridan
ajratib ko’rsatilgan.
Geografik atlaslardagi hamma geografik rayonlashtirish kartalari: tabiiy geografik,
iqtisodiy geografik, landshaft va boshqa rayonlashtirish kartalari ham shu usulda tuzilgan.
Ba’zan qishloq xo’jalik, geobotanik va landshaft kartalarni, genetik, morfologik va xronologik
xususiyatlarni tiplarga bo’lib tasvirlaganda rangga qo’shimcha har xil belgi va shtrixlardan
foydalaniladi. Bunday kartaning o’qilishi qiyinlashadi, karta mazmuni yana chuqurlashib,
berilayotgan ma’lumot yana ham ko’payadi. Bunday kartalar tipologik kartalar deb yuritiladi.
Sifatli rang usulida tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning asosan bir xil xususiyatlari
tasvirlanib, so’ng yana tiplarga va guruhlarga bo’linishi mumkin. Masalan, sug’oriladigan
tuproqlar yana qadimgi sug’oriladigan o’tloq voha tuproqlari: bo’z voha tuproqlari, taqir voha
tuproqlari va yangi o’zlashtirilgan voha tuproqlariga bo’linishi mumkin. Bu usulda
tasvirlanganda asosiy bo’linish (klassifikatsiya)
2-rasm. Sifatli rang usuli
86
uchun bir xil rang tanlanadi, lekin uning gurnhlarga bo’linishlari shtrixlar yoki o’ta yaqin
ranglarda berilgani ma’qul.
3-rasm. Dunyoning siyosiy kartasi
Demak, sifatli rang usulida tasvirlanayotgan voqea va hodisalar maydon bo’yicha
geografik joylashishi ko’rsatiladi. Bu usulda tarixiy kartalar ham tuziladi. Masalan, Amir
Temur saltanati va uning parchalanib ketishini tarixiy kartasi bunga misol bo’la oladi.
Sifatli rang usulida bir xil tipli uchstkalar ushbu tip uchun qabul qilingan rang bilan
bo’yaladi yoki o’rnatilgan shtrixovka bilan qoplanadi, yoki ajratilgan uchastkalar
chegaralarida (masalan, xalqlarning nomi) karta hududlari bo’yicha muayyan turdagi belgilar
yoki yozuvlar bilan beriladi. Kartalar o’quvchanligini oshirish uchun indekslar (harflar) yoki
raqamlar, ayniqsa agar ajratilgan uchastkalar ko’p va ular orasida tipologik takrorlanadiganlari
bo’lsa qo’llanilishi mumkin. Sifatli rang usulining barcha tasvirlash vositalari ichida eng
ko’rgazmaliligi ranglar hisoblanadi, shu sababdan ba’zan ushbu usul “rangli fon” usuli deb
ham ataladi, bu nom unchalik to’g’ri hisoblanmaydi, chunki rangli fon ko’plab usullarda
ishlatilishi mumkin.
Muayyan belgilarga ko’ra hodisani kartada tasvirlashda dastlab kartalashtiriladigan
hudud uning asosida bir xil uchastkalarga bo’linadigan tasnif ishlab chiqiladi. Ayrim kartalar,
masalan geologik, tuproq kartalari uchun tipik tasniflar, bo’yash uchun shkalalar va indekslar
ishlab chiqilgan. Tasnifni ishlab chiqish g’oyatda murakkab vazifa hisoblanadi, tasnifni
tanlash kartalashtirilayotgan hodisani turlicha tasvirlashga olib kelishi mumkin.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |