Razgrafka yoki karta kesimi bu ko’p varaqli kartani varaqlarga ajratish tizimidir



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana25.11.2022
Hajmi4,28 Mb.
#872232
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Tayanch iboralar: shartli belgilar, sifatli fon usuli, miqdorli fon usuli, kartalar, 
siyosiy-ma ’muriy kartalar, tipologik kartalar, shtrixlash. 
14.1. Sifatli fon (rang) usuli haqida tushuncha 
Bu usul bilan karta (lar)da tasvirlanayotgan hududni chegarasida (akvatoriyasida) 
tasvirlanayotgan hodisani (obyektni) u yoki bu ma’lum sifat belgisi bo’yicha (asosida) 
uni qismlarga bo’lish va ularni har birini maydonli grafik vositalar yordamida qoplash 
yoki to’ldirish yo’li bilan o’sha hodisani sifat farqlari tasvirlanadi. Hududni 
(akvatoriyani) qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan hodisani sifat ko’rsatkichlari bilan 
uzviy bog’langan bo’ladi. Masalan, tuproq kartalarida ushbu qismlar orasidagi chegara 
qaerda bitta tuproq 
tipi (kichik tipi, turi) boshqasi bilan 
almashinsa, o’sha yerda o’tkaziladi 
(10-rasm). So’ngra bitta tipdagi qismlar 
qabul qilingan rangga bo’yaladi yoki 
shtrixlanadi. Shuningdek bu usul har xil 
rayonlashtirish 
kartalarida 
(masalan, 
tabiiy-geografik, 
iqtisodiy-geografik, tuproq - iqlim va 
h.k.), 
halqlar, 
geologik, 
botanik 
kartalarda 
asosiy 
usul 
sifatida 
qo’llaniladi. 
Sifatli fonning ikkita rangli sistemalari 
bir-birini qoplashi mumkin emas. Lekin 
fonli gullashni shtrixovka bilan birga 
qo’shish mumkin. 
Shunday qilib, bitta kartada ikkita 
xatto uchta sifatli fon sistemalarini 
ko’rsatish mumkin. 
1
-
rasm. Sifatli fon (rang) usuli 
Tekislik tuproqlari: 
a)
Bo’z qo’ng’ir cho’l; 
b)
Cho’l taqir tuproqlari, taqirlar; v) 
Sho’rxoklar; 
g) Qayir (allyuvial) 


85
 
Masalan, tuproq kartalarida fonli gullash ko’pincha tuproqlarni genetik bo’linishlarini, 
shtrixovka esa-ularni mexanik xususiyatlarini (tarkibini) ko’rsatadi. Bu usul boshqa tasvirlash 
usullari bilan yengil (oson) uyg’unlashadi. 
14.2.
Sifatli rang usulining ahamiyati va qo’llanilishi 
Kartalarda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning sifat ko’rsatkichlarining rang yoki 
shtrix chiziqlar bilan tasvirlanishiga sifatli rang usuli deb yuritiladi (masalan, 2-rasm). 
Bu usulni maydonlarni bir xil xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farq qilishga asoslanadi. 
Masalan, O’zbekiston geografik atlasidagi (1999) O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy 
kartasida ranglar bilan viloyatlarni va Qoraqalpog’iston har xil ranglar bilan bir-birlaridan 
ajratib ko’rsatilgan. 
Geografik atlaslardagi hamma geografik rayonlashtirish kartalari: tabiiy geografik, 
iqtisodiy geografik, landshaft va boshqa rayonlashtirish kartalari ham shu usulda tuzilgan. 
Ba’zan qishloq xo’jalik, geobotanik va landshaft kartalarni, genetik, morfologik va xronologik 
xususiyatlarni tiplarga bo’lib tasvirlaganda rangga qo’shimcha har xil belgi va shtrixlardan 
foydalaniladi. Bunday kartaning o’qilishi qiyinlashadi, karta mazmuni yana chuqurlashib, 
berilayotgan ma’lumot yana ham ko’payadi. Bunday kartalar tipologik kartalar deb yuritiladi. 
Sifatli rang usulida tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning asosan bir xil xususiyatlari 
tasvirlanib, so’ng yana tiplarga va guruhlarga bo’linishi mumkin. Masalan, sug’oriladigan 
tuproqlar yana qadimgi sug’oriladigan o’tloq voha tuproqlari: bo’z voha tuproqlari, taqir voha 
tuproqlari va yangi o’zlashtirilgan voha tuproqlariga bo’linishi mumkin. Bu usulda 
tasvirlanganda asosiy bo’linish (klassifikatsiya) 
2-rasm. Sifatli rang usuli 


86
 
uchun bir xil rang tanlanadi, lekin uning gurnhlarga bo’linishlari shtrixlar yoki o’ta yaqin 
ranglarda berilgani ma’qul. 
3-rasm. Dunyoning siyosiy kartasi 
Demak, sifatli rang usulida tasvirlanayotgan voqea va hodisalar maydon bo’yicha 
geografik joylashishi ko’rsatiladi. Bu usulda tarixiy kartalar ham tuziladi. Masalan, Amir 
Temur saltanati va uning parchalanib ketishini tarixiy kartasi bunga misol bo’la oladi. 
Sifatli rang usulida bir xil tipli uchstkalar ushbu tip uchun qabul qilingan rang bilan 
bo’yaladi yoki o’rnatilgan shtrixovka bilan qoplanadi, yoki ajratilgan uchastkalar 
chegaralarida (masalan, xalqlarning nomi) karta hududlari bo’yicha muayyan turdagi belgilar 
yoki yozuvlar bilan beriladi. Kartalar o’quvchanligini oshirish uchun indekslar (harflar) yoki 
raqamlar, ayniqsa agar ajratilgan uchastkalar ko’p va ular orasida tipologik takrorlanadiganlari 
bo’lsa qo’llanilishi mumkin. Sifatli rang usulining barcha tasvirlash vositalari ichida eng 
ko’rgazmaliligi ranglar hisoblanadi, shu sababdan ba’zan ushbu usul “rangli fon” usuli deb 
ham ataladi, bu nom unchalik to’g’ri hisoblanmaydi, chunki rangli fon ko’plab usullarda 
ishlatilishi mumkin. 
Muayyan belgilarga ko’ra hodisani kartada tasvirlashda dastlab kartalashtiriladigan 
hudud uning asosida bir xil uchastkalarga bo’linadigan tasnif ishlab chiqiladi. Ayrim kartalar, 
masalan geologik, tuproq kartalari uchun tipik tasniflar, bo’yash uchun shkalalar va indekslar 
ishlab chiqilgan. Tasnifni ishlab chiqish g’oyatda murakkab vazifa hisoblanadi, tasnifni 
tanlash kartalashtirilayotgan hodisani turlicha tasvirlashga olib kelishi mumkin. 


87

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish