UNIT 35. Present and past tenses
O'tgan darslarda kelgan shu mavzudagi qoidalarni takrorlab, bir biridan ajratib olishimiz kerak
bo'ladi.
Present continius - davomli hozirgi zamon.
Past continius - davomli o'tgan zamon.
Ikkalasida ham harakat so'zlariga "ing" qo'shiladi. Egadan so'ng present continiusda am/is/are,
past continiusda was/were, ya'ni "To be" qo'yiladi.
Bir ish sodir bo'lgan, lekin uni kim qilgani noma'lum. Yoki gapda unga ishora qilinmagan. Bu
holat passiv deb atalib, u ikkiga bo'linadi:
1. Present passive - hozirda ham davom etayotgan ish.
The room is cleaned every day - Bu xona har kuni tozalanadi.
Kim tozalashi noma'lum, lekin hozirda ham tozalanadi.
2. Past passive - o'tgan zamonda qolib ketgan ish.
The room was cleaned yesterday - Bu xona kecha tozalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |