1.11-RASM:Konsol ekranidagi natija:
Sonlar ustuda amallar
Arifmetik amallar. Pythonda asosiy arifmetik amallar o`z manosi bo`yicha qo`llaniladi:
1.12-RASM:+ - qo`shish amali:
Ikki sonni yig`indisi
1.13-RASM:- - ayirish amali:
Ikki sonni ayirmasi
1.14-RASM:* - ko`paytirish amali:
Ikki sonni ko`paytmasi
1.15-RASM: / - bo`lish amali:
Ikki sonni bo`lish
1.16-RASM:// - butun qismli bO`lish amali:
Ikki sonni bo`linmasi (ushbu amal bo`lish natijasining faqat butun qismini qaytaradi, qoldiq qismi tashlab yuboriladi
1.17-RASM:% - qoldiqli bO`lish amali:
Ikki sonni bo`linmasi (ushbu amal bo`lish natijasining faqat qoldiq qismini qaytarib, butun qismi tashlab yuboriladi)
1.18-RASM:** - darajaga kO`tarish (oshirish) amali:
ab shaklidagi hisoblashlarda qo`llaniladi
Ifodada bir nechta arifmetik amallar ketma-ket kelgan bo`lsa, ular prioriteti (ustunligi) bo`yicha bajariladi. Dastlab, yuqori prioritetga ega bo`lgan amallar bajariladi. Amallarning prioriteti kamayish tartibida quyidagi jadvalda ifodalangan: (1.19-RASM:)
Amallar
|
YO`nalish
|
**
|
Chapdan-o`nga
|
*, /, //, %
|
Chapdan-o`nga
|
+, -
|
Chapdan-o`nga
|
1.19-RASM:Misol sifatida quyidagi ifodani qaraymiz:
1
2
|
son = 12//7 + 2 ** 5 * 3 – 4
print(son) # 93
|
Bu erda dastlab eng yuqori prioritetga ega bo`lgan amal – darajaga ko`tarish amali bajariladi (2 ** 5 =32). Keyin ko`paytma (32 * 3 = 96), butun qismli bo`lish
(12 // 7 = 1), qo`shish (1 + 96 = 97) va ayirish (97 – 4 = 93) amallari bajariladi. Ifoda bajarilishi natijasida 93 soni konsol ekraniga chiqariladi.
Amallarni qavsga olish orqali ularning bajarilish ketma-ketligini o`zimiz xoxlagan tartibga keltirib olishimiz ham mumkun. Masalan, yuqoridagi ifodani quyidagicha qayta yozamiz:(1.20-rasm:)
1
2
|
son = 12//7 + 2 ** 5 * (3 – 4)
print(son) # -31
|
1.20-rasm:Natijada konsol ekraniga -31 soni chiqariladi.
Shuni alohida takidlash kerakki, arifmetik amallar butun sonlar uchun qanday tartibda bajarilsa, suzuvchan nuqtali haqiqiy sonlar uchun ham xuddi shunday bo`ladi. Agarda ifodada loaqal bitta haqiqiy son ishtirok qilsa natija haqiqiy turda ifodalanadi.
Yuqoridagi barcha arifmetik amallarni o`zlashtirish amali (=) bilan birgalikda (arifmetik amal va undan keyin “=” belgisi ketma-ket yoziladi) ishlatish mumkin. Masalan: +=, -=, *=, /=, //=, %=, **=. Bunday hollarda ifodaning o`ng tomonidagi barcha amallar hisoblanib, chiqqan natija chap tomondagi o`zgaruvchi natijasi bilan mos arifmetik amal bajariladi va natija yana chap tomondagi o`zgaruvchiga yuklanadi. Masalan: (1.21-rasm)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
|
son = 2
son += 3 # son = son + 3 amaliga teng kuchli, son=5 bo`ladi
print(son) # 5
son -= 1
print(son) # 4
son *= 4
print(son) # 16
son //= 2
print(son) # 8
son **= 2
print(son) # 64
|
1.21-rasm:Yuqoridagi misolda hisoblash natijalari kommentariyalarda ko`rsatilgan.
Tkintering standart arributlariga quyidagilar kiradi:
1. Dimensions - O`lchamlar 5. Bitmaps – Bitmaplar
2. Colors - Ranglar 6. Cursors – Kursorlar
3. Fonts – Shriftlar 7. Cursors - Kursorlar
4. Relief styles – Relyef uslublari
Keling, ularning o'lchamlari, ranglari va shriftlari kabi ba'zi bir umumiy atributlari qanday ko'rsatilganligini ko'rib chiqamiz.
2.1.TKINTER DIMENSIONS (“O`LCHAMLAR”)
Vidjetlarning har xil uzunliklari, kengliklari va boshqa o'lchamlarini turli xil birliklarda tasvirlash mumkin. Agar siz o'lchovni butun songa o'rnatgan bo'lsangiz, u piksel bilan qabul qilinadi.
Siz raqamlarni o'z ichiga olgan qatorga o'lcham o'rnatib, birliklarni belgilashingiz mumkin.(2.1-rasm)
2.1-rasm: O`lchov birliklari belgisi va tavsif.
Uzunlik parametrlari:
Tkinter uzunlikni piksellarning butun soni sifatida ifodalaydi. Bu yerda umumiy uzunlik xossalari ro'yxati :
borderwidth - vidjetga uch o'lchovli ko'rinish beradigan chegara kengligi.
highlightthickness - vidjet fokusga ega bo'lganda ajratilgan to'rtburchakning kengligi.
padx pady - vidjet o'z joylashuvi menejeridan minimal miqdordan ko'proq bo'sh joy talab qiladi, bu tarkibni x va y yo'nalishlarida ko'rsatishi kerak.
selectborderwidth - vidjetning tanlangan elementlari atrofidagi uch o'lchovli chegaraning kengligi.
wraplength - so'zlarni o'rashni amalga oshiradigan vidjetlar uchun maksimal chiziq uzunligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |