Tadqiqotning maqsadi: Bugungi globallashgan davrda xalqaro miqyosda faoliyat olib boruvchi tashkilotlarning faoliyatini tadqiq etish, YUNESKO tashkilotining amalga oshirayotgan loyihalar o’rganish, O’zbekiston va YUNESKO hamkorligining mustahkam asosga ega ekanligi va bu doirada amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun mohiyatini ochib berish, YUNESKOning yurtimizda faoliyat olib borayotgan Milliy Komissiyasining turli sohalar rivoji uchun amaldagi loyihalarini tahlil etish va tashkilotning O’zbekiston taraqqiyotiga qo’shgan hissasini axborot kommunikatsiya bo’limi tomonidan ommaga taqdim etilayotgan axborotlar orqali o’rganishdan iborat. Mazkur magistrlik dissertatsiyasining maqsadi O`zbekiston va YUNESKO hamkorlik masalasini keng ommaga tanishtirish hamda ushbu hamkorlik rivojini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |