Raxbarlik odobi va muomala madaniyati
REJA :
1.Raxbarlik tushunchasi
2.Raxbar shaxs sifatida
3.Raxbar va xodim
Rahbar sóziga quyidagicha ta‘riflarni keltirish mumkin :
1. Rahbar ijtimoy shahs sifatida ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakat kuchini boshqaruvchi, omilkorlik bilan ish yurituvchi shahsdir.
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik, óziga bólgan ishonch xislatlarini belgilaydi.
3. Raxbar o’z sohasiga yangi g’oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shahs hisoblanadi.
4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka samarali, mas’uliyatli faoliyat xisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablag’lar, bazan, vaqtincha foida emas, balki, zarar keltirishi ham mumkin. Korxona foyda órniga zarar ham kórishi mumkin. U Bunday holatlarni oldindan kóra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bólganda, ishni qayta boshlashi, ózida bunga kuch-g’ayrat topa bilishi kerak.
O’zaro munosabatlarda rahbarlarning bir-birini to’g’ri tushinishiga imkon bermaydigan, har xil kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin bo’lgan tósiqlardan eng kóp uchraydigan 3 xilini aytib ótish mumkin.
1) ikki kuch (raxbar) ko‘rishganda bir-birini tashqi qiyofasi bo‘yicha o‘zidan ustun ko‘rish yoki uni yoqtirmaslik;
2) sherik bilan birinchi muloqotda uning muhim fikrlariga qóshilmaslik va hokazo;
3) dunyoviy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimoy barqarorligi mos kelmasligi yoki óxshash bolmasligi mumkin.
Yuqorida sanab ótilganlar ikki rahbarning bir-birini to’g’ri tushinishiga imkon bermaydigan holatlarga misol bóladi
Rahbar shahs xislatlari. Rahbar shahsi mavjudligini ta’kidladik, unga xos masalalarni uch guruhga bo’lib o’rganish tushunarli bóladi:
Biograf tavsifi;
Qobiliyat;
Shahs xislatlari.
Rahbar shahsning biografik jihatlariga uning yoshi, jinsi, ijtimoy-iqtisodiy mavqei va malumoti kiradi.
Qobiliyat —insonning individual salohiyati, imkoniyatlari.
Rahbar yoshi — Bosharuv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning rahbar yoshiga bo’g’liqligi rivojlangan mamlakatlar tadqiqotlariga asoslanadi. Aniqlanishicha, Yapon qayta ishlab chiqarish yirik kompaniyalari rahbarlaring o’rtacha yoshi 63,5 bo’lsa, shu toifadagi amerikalik rahbarlarning yoshi 59 da ekan. Yapon yirik kompaniya rahbarlarini o’rganishda yuzaga kelgan va taajjublanarli jihatlardan biri, ularning yoshi ulug’ligidir.
Rahbar jinsi — Inson jinsi, uning ayni bir rolga amal qililishini taqozo etadi. Ayniqsa, bu xolat sharq mamlakatlari, hududimiz sharoitida yaqqol namoyon bo’ladi. Bu hududlarda(Sharqiy) erkaklar va ayollarga xos jinsiy va ijtimoiy normalar aniq belgilangan. Shunday ekan, inson amalga oshirayotgan ko’pgina hatti-harakat aynan shu jinsiy rol mezoni ta’sirida idrok etiladi. Hozir, insonning jinsiy mansubligiga qaramay, kasb yoki pog’onasida katta imkoniyatlarga ega bo’lamiz. Hozirgi kunda yurtimizda tadbirkorlik va davlat boshqaruvida ayollarga katta yo’l ochilgan. Ammo, shunga qaramay, rahbar so’zi ko’pincha erkak jinsi bilan qiyoslanadi va negadir, ayol rahbarlar idora, sog’lomlashtirish, maorif, so’g’liqni saqlash, aholiga hizmat ko’rsatish markazlaridan nariga o’tmaydi.Nega raxbar ayollar kam uchraydi? Chunki ayollar dunyoni boshqarishni emas uni boshqarayotgan erkaklarni boshqarishni xoxlaydi.
Biografik xolatlar qatoriga shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyi va uning ma’lumoti darajasini ham kiritish mumkin. Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda mavqe va ma’lumot ham muhim omil hisoblanadi. Biznes boshaqaruvi soxasidagi olim R.Stogdill muallifligidagi “Boshqaruv qo’llanmasi” da ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyi o’rtasidagi bog’liqlik 94%ga teng hamda ma’lumoti o’rtasidagi bog’liqlik esa, 88% ga tengdir. Buning axamiyati ayniqsa sharq madaniyati misolida yaqqol ko’zga tashlanadi. Xududimizdagi oddiy fuqaro rahbar shaxsida nufuzli, o’ziga to’q to’la-to’kis insonni ko’rishni hoxlaydi. Raxbar mayda iqtisodiy muammolarni bemalol hal qila olishi, katta ijtimoiy aloqalarga molik ekanligi bilan hamda o’z aqliy qobilyati, tajribasi bo’yicha boshqa hodimlardan ustun turishi lozim.
Qobiliyat—Odatda psixologiya fanida qobiliyatning umumiy va maxsus turlari ko’rsatiladi. Umumiy qobiliyatlar shaxsning har qanday faoliyatga kirishishida muvoffaqqiyat uchun imkoniyat yaratsa, maxsus qobiliyat faqat ayrim yo’nalishlardagi faoliyat turida muvoffaqiyatga erishish uchun asos bo’ladi. Mana shunday umumiy qobiliyat turkumiga inson aqlini ya’ni intelektini kiritish
Mumkin.Shaxs hissiyotlari ma’lumki raxbar insonlar odamlar orasida turli hissiyotlar bilan yashaydi.Ularning hislatlarini sanab o’tishimiz lozim. Muvoffaqiyatga intilish, mag’lubiyatdan qochish, ma’sullik va vazifani hal etishga bo’lgan ishonch l, mustaqillik, muloqotga moillik.
Raxbar va xodim. Raxbar inson avvalambor o’zini xurmat qilishi zarur. O’zini xurmat qilmagan raxbar doimo hodimlari oldida rahbarlik savlatini yo’qotadi.Raxbar o’z hodimini diqqat bilan tinglay olishi va unga munosib javob qaytara olishi zarur.Raxbar inson eshitishni bilishi va hodimlardagi bo’layaotgan muammolarni aqlan his qila olishi zarur.Yaxshi rahbarlar o‘z xodimlarining fikrini tinglashadi, ulardan o‘rganishadi va o‘z jamoalari uchun foydali bo‘lishga harakat qilishadi. Ular ishda amal qiluvchi yana bir necha qoida mavjud. “Layfxaker” haqiqiy yetakchilar amal qiluvchi olti qoida bilan tanishtirdi.
1. Gapirishdan ko‘ra ko‘proq tinglashadi. Inson haddan tashqari ko‘p gapirsa, bu uning o‘ziga ishonmasligidan dalolat berishi ham mumkin. Yaxshi rahbar o‘z xodimining fikrini bayon qilishiga imkon beradi, chunki u uchun xodimlarining fikrlari haqiqatda qiziq bóladi. Rahbar ularni o‘ylashga undaydigan va ishning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga yordam beradigan qiziq savollar beradi. Bu qanday tuzilgan? Sizga uning nimasi yoqdi? Bundan qanday saboq oldingiz? Bu ishni yanada yaxshi bajarishingiz uchun nima kerak bo‘ladi? Shu tariqa rahbar ularning har biri kompaniya faoliyatida muhim o‘rin tutishini namoyish qiladi. Bundan tashqari, u o‘zi uchun yangi foydali ma’lumot oladi.
2. O‘z ishlari haqida boshqalarning fikriga quloq tutishadi. Haqiqiy yetakchi jamoaning o‘z rahbarlik usullari haqidagi fikrini bilmay turib, undagi ishchi muhitni boshqara olmaydi. Rahbar uning boshqaruv uslubi xodimlarni qoniqtiryaptimi yoki yo‘q, jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istashlariga – doimo qiziqish bildirishi kerak. Anonim sórovnoma olishi kerak. Bu uning barqaror va samarali faoliyati uchun zarur ekanini yaxshi anglaydi.
3. Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi. O‘zingizdagi yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishni xohlasangiz, o‘zingizni shunday tutingki, odamlar sizga ishonsin. Yaxshi rahbar uchun xodimlarining muhim masalalar bo‘yicha unga murojaat qilishi juda muhim. Ishonchli munosabatlar rahbarning ochiqligi, e’tiborliligi va adolatli ekanini bildiradi.
4. O‘z kompaniyasi xodimlarining hayotini yaxshilashga harakat qilishadi. Haqiqiy yetakchi faqat o‘z qiziqishlari bilangina cheklanib qolishi kerak emas. U o‘z xodimlari uchun qayg‘uradi va ularning ehtiyojlariga e’tiborli bo‘ladi. Shu tariqa u kuchli va jipslashgan jamoani tashkil qiladi.Rahbar ishchilar ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirish uchun o‘ziga o‘zi savol berishi kerak: xodimlarim ishxonada o‘zlarini qulay his qilishlari va o‘z ishlarini sevishlari uchun bugun nima qilishim mumkin?
5. O‘z xatolarini tan olishadi. Kibr, noinsoflik va boshqalar fikrini inkor etish — rahbar xalos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar. Har bir inson shaxsiy nuqtai nazar huquqiga ega. Hattoki yirik tashkilot yetakchisi ham qayerdadir xato qilishi mumkin. Jamoa esa aynan g‘oyalar, fikrlar almashish va bir-biriga yordamlashish uchun ham kerak.O‘z xatolarini tan olish – zaiflik belgisi emas. Aksincha, xodimlar bunday rahbarni hurmat qilishadi. Zero doim haq bo‘lgandan ko‘ra, vazifani to‘g‘ri bajarish muhimroq.
6. O‘z pozitsiyalarida qat’iy turishadi. Yaxshi rahbar qat’iy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu sifat kompaniya jiddiy sinovlarga duch kelganida muhim qarorlar qabul qilish uchun ham zarur. U o‘z tamoyillaridan voz kechishi kerak emas. Haqiqiy yetakchi o‘zini ham, xodimlarini ham aldamay, doim vijdonan harakat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |