don urug`lari, yovvoyi va madaniy o`simliklarning gul changlarini qazilma
topilmalarini o`rganadigan yo`nalish. Hozirgi mavjud floraning o`tmish asoslarini
tadqiq qilish retrospektiv amalga oshiriladi. Arxeobotanika ashyolar arxeologiya,
ibtidoiy jamoa tarixini absolyut vaqt hisobi vositasi bilan ta`minlaydi, uning
hech qanday ma`lumotlar yo`q. Faqat jez davrida turli hududlardagi tillarning holati
to`g`risida birinchi to`g`ridan-to`g`ri va bilvosita ma`lumotlarni olamiz. Lingvistlar
til genezisi va til voqeligiga yuqoridan yondashadilar va tilni qavat-qavat
rekonstruksiya qilib, tilning ilk nuqtasigacha chuqur tadqiq qiladilar. Ularning
rekonstruksiyasi neolit yoki yuqori paleolit davrigacha yetib boradi. Ibtidoiy
jamoa tarixining ilk davri uchun til axboroti mavjud emas, faqat bu yerda gipoteza
Yozuvning paydo bo`lishi. Alohida tillar va ularning oilalarini ilk holatlarining
lingvistik rekonstruksiyasi yozma yodgorliklar bilan nazorat qilinadi va daliliy tus
qonunlarini har bir til oilasining fonetik mosligini bilishga tayanib, alohida tillar va
ularning genetik shoxlanishini qayta tiklash, ko`pgina til oilalari uchun til arafasi va
til arafasi dialektlarini rekonstruksiya qilish va har bir til oilasining boshqa tillar
bilan tashqi aloqalarini o`rnatish bo`yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi.
Ba`zi til oilalarining ilk vatani muammosi yechimi bo`yicha qator ishlar
amalga oshirilgan. Toponomika ham bu yerda muhim o`rin egallaydi, u yoki bu
arxeologik madaniyatlarning egalari tili qaysi guruhga mansubligi to`g`risida
munozaralar olib boriladi. Etnologlar o`z kuzatishlarida til oilalari va alohida
tillarning tashqi aloqalariga jiddiy e`tibor beradilar. Bu aloqalar etnik tarixning
voqealarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Informatika
– hali yosh fan sohasi bo`lsada, bilimning turli sohasiga,
jumladan, ibtidoiy jamoa tarixi sohasidagi tadqiqotlarda ham o`z ta`sirini
o`tkazmoqda. Tadqiqotlar jarayonini kompyuterlashtirish jarayoni uning mehnat
hajmi darajasini keskin kamaytiradi va ma`lumotlar bazasini yaratish uchun
formallashgan turkumlashni ishlab chiqadi. Ibtidoiy jamoa tarixining dinamika
jarayonlarini bilish uchun ilmiy modellashtirish amalga oshirildi. Hozirgi kunda
etnologik va arxeologik manbalar banki yaratilgan va uni to`ldirish davom
etmoqda. Etnologik va arxeologik ashyolarga nisbatan statistik tahlil medotikasi
ishlab chiqilmoqda.
Yozma manbalar
– arxeologik qazishmalar natijasida yozma manbalarning
miqdori tez o`sib bormoqda. Ibtidoiy jamoa tarixi to`g`risida topilgan podsho
yozuvlari, ibodatxona hujjatlaridagi ma`lumotlarda qisqa va uzuq-yuluq xalqlar
tasvirlangan. Ilmiy mazmundagi matnlar, tarixiy-geografik tasvirlar qadimgi Yunon-
Rim, Xitoy manbalarida ko`p uchraydi. Geografik, tarixiy etnologik matnlarda
xalqlarning turmushi, urf-odati, xo`jalik hayoti to`g`risida boy ma`lumotlar
mavjud. Lekin ular aniqlikda, to`lalikda ibtidoiy jamoa tarixi uchun yetarli emas.
Matn ma`lumotlarida uchraydigan toponomik va onomastik atamalarning lingvistik
tahlili u yoki xalqning til birligiga tegishli ekaniga asoslanadi.
Boshqa yana qator fanlar (kimyo, geofizika, yozuv) mavjud bo’lib, ular
ibtidoiy jamoa tarixini o’rganish uchun yordamchi manbalar bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: