J a h o n s iv iliz a ts iy a la r i ta r ix i
Bunday yondashuvni O.Shpengler, qandaydir m a’nodaA .Toynbi ham
ilgari surdi. Shu bilan birga, um um jahon tarixi inkor qilinadi: u lokal sivi-
li/.atsiyalar taraqqiyotining yopiq jarayonlarini konglom eratiga aylanadi.
Insoniyat taraqqiyotining yaxlit birlik sifatida umumtarixiy ritm lari doi-
rasidn illuming dinam ikasini o‘zaro ta ’siri inkor etiladi. Bugungi kunda
Yer sayyorasining barcha xalqlari tarixiy taqdirining um um iyligi yaqqol
ko‘rinadi. Bugun davlatlar, m illatlar va hududlar o ‘rtasida integratsiya,
uning asosida globallashuv ju d a jadal su r'atlar bilan o ‘sib bormoqda.
Lokal sivilizatsiya atamasi ilk bor fransuz faylasufi Shari Renuvening
«Qadimgi falsafa uchun rahbarlik» (1844) asarida paydo bo‘ idi. Bir necha
yildan so ‘ng fransuz tarixchisi va yozuvchisi Jo sef Gobino «Inson irqi-
ning tengsizligi to ‘g ‘risidatajriba» asarida (1853-1855 ) 10 ta sivilizatsi-
yani ajratdi, qaysiki ularning har biri o ‘z taraqqiyot yo ‘lini bosib o ‘tadi.
Sivilizatsiyalam ing har biri paydo b o ‘lib, ertami kechmi halok b o ‘ladi.
Ammo olimni sivilizatsiyalar o ‘rtasidagi madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy
farqlar qiziqtirm adi. Uni faqat sivilizatsiyalar tarixida umumiy bo‘lgan
oqsuyak zodagonlar jam iyatining yuksalishi va halokati qiziqtirdi.
G obinoga yaqin g ‘oyani nemis tarixchisi Genrix Rikkert ilgari sur
di. Insoniyat tarixi bu yaxlit jarayon emas, aksincha m adaniy-tarixiy or-
ganizm lam ing yonm a-yon kechadigan jarayonlari yig‘indisi, ulami bir
chiziqqa joylashtirish m um kin emas. Rikkert birinchi bor sivilizatsiyalar
chegarasi, ularning o ‘zaro ta’siri, ularning ichidagi tuzilm alar m unosabati
m uam m olariga e ’tibom i qaratdi. Shu bilan birga Rikkert butun dunyoni
Yevropa ta ’sir qiladigan obyekt deb qaradi. Bu yevrosentrizm g‘oyasi edi.
Bu uning konsepsiyasida sivilizatsiyalarga toifaviy yondashuvga, ularning
to‘la qiym atligi va o ‘ziga m osligini inkor qilish mavjudligini shartladi.
Rus jam iyatshunosi N.Ya.Danilevskiy o ‘zining «R ossiya va Yevro
pa» asarida (1869) keksayib borayotgan Yevropa sivilizatsiyasiga yosh
slavyan sivilizatsiyani qarshi qo‘ydi. Slavyanparast Danilevskiy biror bir
madaniy-tarixiy tip boshqalarga qaraganda yuqori rivojlangan, yuksak-
roq deb davo qilishi m um kin em as degan tushunchani ilgari surdi. Lekin
u ba’zan slavyan xalqlarini g ‘arbdagi qo‘shnilaridan ustun q o ‘yib, bu fik-
ridan chekindi.
Lokal sivilizatsiyalar nazariyasini shakllanishida nem is faylasufi va
madaniyatshunosi Osvald Shpenglem ing xizmati katta b o ‘ldi. U o ‘zining
«Yevropaning so ‘nishi» asarida (1918) tarixni «Qadim gi dunyo - 0 ‘rta
asrlar - - Yangi davr» ga shartli bo‘lishga qarshi chiqib, jah o n tarixi -
Do'stlaringiz bilan baham: |