6. Kampir xiyla uzoqlashganda, Nurmatjon qichqirdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi mavjud?
A) payt ravishi B) o‘rin ravishi
C) daraja-miqdor ravishi D) holat ravishi
7. So‘zlarni faqat belgi anglatish xususiyatiga asoslanib, qaysi turkumga ajratish mumkin?
A) sifatga B) songa C) ravishga D) sifat va ravishga
8. Quyida ko‘rsatilgan qaysi so‘z turkumlariga oid so‘zlar juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin? 1) olmosh; 2) son; 3) fe’l; 4) ravish; 5) undov so‘zlar; 6) taqlid so‘zlar
A) 2,3,4,6 B) 2,3,4,5,6 C) 3,6 D) 1,2,3,4,5,6.
9. O‘sha yillar qancha-qancha vatandoshlarimiz qatag‘on qilindi. Ushbu gapda qancha-qancha so‘zi qaysi so‘z turkumiga tegishli?
A) son B) sifat C) ravish D) olmosh
10. Ravish yasovchi qo‘shimchalarni toping.
A) -lar, -si, -aki, bad- B) -larcha, -ona, -li, -chi
C) -chi, -cha, -goh, -don D) -cha, -larcha, -lab, -an
11. Quyidagi gapda qo‘llangan ravishning tuzilish jihatdan turini aniqlang. Bir talay qushlar donga qarab intildilar.
A) sodda-yasama B) tub C) qo‘shma D) otlashgan ravish
Do'stlaringiz bilan baham: |