Ravish turkumi bo`yicha test savollari:
1. Rahim yugurib keldi-yu, birpas nari-beri shoshib ovqatlandi-da, shu ondayoq chiqib ketdi. Ushbu gapdagi yasama ravishlar qaysi qatorda berilgan?
A) yugurib, birpas, shoshib B) yugurib, shoshib, birpas, shuondayoq C) shuondayoq D) birpas, nari-beri, shu ondayoq
2. Chang va tutundan mashina va odamlar zo‘rg‘a ko‘rinar edi. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang.
A) holat ravishi B) payt ravishi
C) daraja-miqdor ravishi D) sabab ravishi
3. Salimaning ko‘ngli joyiga tushdi va aybdorlarcha tabassum bilan yigitga qaradi. Ushbu gapda ravish qanday vazifada kelgan?
A) hol B) sifatlovchi-aniqlovchi C) ega D) qaratqich-aniqlovchi
4. - Qazisan, qartasan, axir naslingga tortasan! – dedi kampir omborni qulflayotib (A.Qahhor) Ushbu gapdagi axir so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?
A) yuklama B) ravish C) sifat D) modal so‘z
5. Dam o‘tmay, a’lochi o‘quvchilarni birin-ketin nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishdi. Shugapdagi ravishlarni toping.
A) dam o‘tmay B) nom-banom, birin-ketin C) xonalarga, nom-banom, a’lochi D) dam o‘tmay, nom-banom, birin-ketin
Do'stlaringiz bilan baham: |