31. Biz mustaqilligimiz belgilab bergan yo‘ldan olg‘a boraveramiz. Bu gapda olg‘a so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?
A) modal so‘z B) olg‘a boraveramiz birgalikda qo‘shma fe’l C) undov so‘z D) o‘rin ravishi.
32. Yakka holda ishlatilsa ravish turkumiga oid bo‘ladigan bog‘lovchi berilgan javobni toping.
A) yoki B) ba’zan C) chunki D) B, C
33. Tog‘adan, yangalardan yashirincha u bilan bir-ikki marta kinoga tushdi (O) gapidagi ravishga oid so‘zni toping.
A) bir-ikki marta B) yashirincha C) kinoga D) A, B
34. Fe’llarning o‘zaro juftlashishidan qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlar yasalishi mumkin?
A) ot turkumiga oid B) sifat turkumiga oid C) ravish turkumiga oid D) ot, ravish, sifat turkumiga oid so‘zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |