20. Belgining belgisini bildirgan ravishni toping.
A) Mashina tezroq yura boshladi. B) Oqshom paytida shamol birdan to‘xtadi. C) Ra’no majlisda yaxshi gapirdi. D) Uning so‘zlari bolalarcha sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan.
21. Dam o‘tmay o‘quvchilarni nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishdi. Gapdagi ravishga oid so‘zni toping.
A) dam o‘tmay B) nom-banom
C) xonalarga D) dam o‘tmay, nom-banom
22. Suhbat haqida Aziza keyin uzundan-uzoq so‘zlab berdi. Shu gapdagi ravishga oid so‘zni toping.
A) so‘zlab B) keyin C) uzundan-uzoq D) B,C
23. Intizomsiz kishi hech qaerda muvaffaqiyatga erishmaydi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi mavjud?
A) payt ravishi B) o‘rin ravishi
C) daraja-miqdor ravishi D) holat ravishi
Do'stlaringiz bilan baham: |