Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi



Download 5,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/414
Sana26.04.2022
Hajmi5,77 Mb.
#582887
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   414
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

 Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi 
Raqamli innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bo’lgan tizimlarni 
o’rganishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham 
muhim nazariy yondoshuvlardan biri hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli 
ma’lumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar 
ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy 
namoyondalari sifatida Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy 
siyosatni o’rganish markazi professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya 
Universiteti professori R. Nelsonni ko’rsatib o’tish mumkin. Ular, umumiy 
metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. 
Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion 
ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda g’olib chiqishning asosiy faktori 
ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy 
bilimlardan foydalanishga alohida diqqat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni 
rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. Nortning ilmiy ishlarida eng mukammal 
holda tadqiq qilingan. Uning ilmiy ishlaridagi asosiy g’oya - institutsionalizm 
bo’lib, uningcha, jamiyatdagi ilg’or ilmiy-texnologik institutlar (
tashkilotlar

undagi bilimlar va texnologiyaga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladilar. Nortning 


163 
ko’rsatishicha, rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning 
rivojlanishi, ular orasidagi aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga 
tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “
uchinchi 
dunyo
”ga qaraganda iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega 
bo’lganlar. Bu fundamental ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib, 
bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot yoki raqamli innovatsion tizimga 
quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin: 
Raqamli innovatsion tizim
– jamiyatdagi 
institutsional tuzilmalarning majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy 
informatsiya va yangiliklar yaratishga (
yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or 
innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga
) qaratilgan bo’lib, u 
davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali 
sinergetik (
bir-birini kuchaytiruvchi
) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu 
tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez 
sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Raqamli innovatsion tizimning pirovard 
maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (
yoki rivojlangan 
mamlakatlardan
) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni tijoriylashtirishga 
(
ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga
), g’oyalarni ommaviy ishlab 
chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi raqamli mahsulotlarga to’ldirishga va 
buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir.
Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma-ket (
va doimiy
) ravishda bajarilishi 
bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot va unga mos bo’lgan raqamli innovatsion 
tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammolarining yechimiga olib keladi, 
ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur 
bo’lgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni raqamli 
innovatsion tizimning nimalarni amalga oshirishi kerakligini oddiy ko’rinishda 
ifodalaydigan quyidagi chizma orqali aks ettirishimiz mumkin: 
Fundamental bilim, 
g’oyalar, ixtirolar va ilmiy 
yangiliklar 
Amaliy ilmiy izlanishlar va 
amaliy fan 


164 
Turli mamlakatlarda bunday raqamli innovatsion tizimning qanday ko’rinishda 
iqtisodiy amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakat oldiga qo’yilgan strategik 
maqsadlarga monand ravishda amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada raqamli 
innovatsion tizimning asosiy maqsadi, qo’shimcha ish joylarini yaratish bo’lsa, 
Germaniyada bu maqsad progressiv raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdir. 
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning asosiy maqsadi esa, mamlakatni 
nafaqat information-texnologik yo’nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni 
iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar 
majmuini amalga oshirishni ko’zda tutadi: 

Raqamlashtirish 
vositasida 
iqtisodiyotning 
turli 
xil 
sohalarida 
qo’shimcha ish joylarini yaratish; 

Ilmiy bilimlar talab qiladigan raqamli mahsulotlar hajmini va aholining 
daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko’paytirish; 

Raqamli texnologiyalar yordamida aholining madaniy-ma’naviy, ta’lim 
va bilim darajasini oshirish; 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
Bozorga chiqish 
Mahsulotlarni yalpi ishlab 
chiqarish 
Yangiliklarning multiplikativ 
tijoriy samara berishi uchun 
kompleks infratuzilmasini yaratish


165 

Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi raqamli mahsulotlar ishlab 
chiqarish korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda 
jalb qilish; 

Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va 
ekologik muammolarni hal qilish. 
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat 
ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga 
bo’lgan yondoshuviga ham bog’liq bo’ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda, 
normativ va huquqiy ta’minotda, raqamli innovatsion tizimning bevosita va 
bilvosita boshqarilishida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday raqamli 
iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali, 
ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan 
aniqlanadi. Bunga mos ravishda raqamli innovatsion tizimning bir qancha 
darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida, 
regional – viloyatlar miqyosida va lokal – raqamli innovatsion iqtisodiyotni bir 
tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal raqamli innovatsion tizim 
o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes 
firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati moliyaviy hizmatining 
an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va 
davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab 
chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga raqamli tizimning barcha 
tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy 
yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning 
mohiyati - asosan tashqi va ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan raqamli 
innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil 
qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.
4

Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish