Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Vikipediya » ni ( Wikimedia Foundation



Download 4,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/414
Sana07.11.2022
Hajmi4,81 Mb.
#861811
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   414
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар (2)

Vikipediya
» ni (
Wikimedia Foundation
ga tegishli) va 
Firefox
web-brauzerini (
Mozilla Foundation
ga tegishli
) keltirish mumkin. Bir rangdagi 
ishlab chiqarish shuningdek, qatnashchilar nimanidir jamoaviy ravishda ishlab 
chiqarishi uchun ijtimoiy o‘zaro aloqa qiladigan, lekin ularning mehnat natijasi 
jamoat korxonasiga tegishli bo‘lmagan xususiy sektordagi faoliyatni ham 
tavsiflashi mumkin.Bir rangdagi ishlab chiqarish biznes-model sifatida ikkita 
sababga ko‘ra muhimdir. Birinchidan, ba’zida bir rangdagi qatnashchilar ko‘ngilli 
ravishda tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha jamoaviy faoliyat bilan 
shug‘ullanadilar, korporatsiya esa bu ishda kurator funksiyalarini bajaradi va tijorat 
foydasini qo‘lgakiritadi. Masalan, o‘quvchilar 
Reddit 
munozaralar platformasi 
kontentini yaratadilar, lekin unga egalik qilma olmaydilar. 
Reddit 
–AQSHda trafik 
hajmi bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadigan web-sayt. Ikkinchidan, bunda 
kompaniyalartashqi mehnat resurslarining keng fondlariga murojaat qiladi. IBM 
kompaniyasi 
Linux
tarafdoriga aylandi va 
Linux
hamjamiyatiga yuzlab million 
dollar turadigan dasturiy ta’minot hadya qildi. Natijada, IBM o‘z tizimlarini ishlab 
chiqish uchun yiliga 900 million dollar tejab qoldi, hamda dasturiy ta’minot va 


118 
hizmatlar ko‘p milliardlik biznesini yo‘lga qo‘ygan platforma yaratdi.Blokcheyn 
texnologiyasiqatnashchilarga hamjamiyatga samarali hissa qo‘shish uchun rasmiy 
nufuz tizimi ishlab chiqish imkonini beradi. Odobsiz xulq-atvorga to‘sqinlik qilish 
uchun qatnashchilardan umumiy fondga kichik miqdorda kirish badali talab 
qilinishi mumkin. Badal miqdori jamiyat faoliyati qo‘shilgan hissadan kelib chiqib, 
o‘sishi yoki kamayishi mumkin. Korporativ hamjamiyatlarda qatnashchilarular 
yaratadigan qiymatda ishtirok etishi va qo‘shgan hissasi uchun to‘lov olishi 
mumkin, smart-shartnomalar esa bunda tranzaksiya harajatlarini pasaytiradi va 
firma chegaralarini ochadi.Umuman olganda,birgalikda bir rangdagi ishlab 
chiqarish hamjamiyat qiymat yaratish va yangi tarmoq modellari markazidan o‘rin 
topadi. Aksariyat tarmoqlarda innovatsiya yakuniy mahsulot yaratish uchun 
muntazam birlashadigan intellektual mulk va yirik mutaxassislar fondi hamda 
korporativ va xususiy qatnashchilar tarmoqlariga tobora ko‘proq bog‘liq 
bo‘lmoqda. IBM 
Linux 
ni qo‘llab-quvvatlagani kabi, firmalarbirgalikda yoki 
jamoaviy mehnat bilan qiymat yaratish uchun ochiq boshlang‘ich kod tashkil 
qiladigan tarmoqlarga ham kirishlari mumkin. 
Internetning birinchi avlodida ko‘plab intellektual mulk yaratuvchilaro’z 
ishlari uchuntegishli mukofotlar olmaganlar. Musiqachilar va dramaturglar, 
jurnalistlar va fotograflar, rassomlar, modelerlar, olimlar, me’morlar, muhandislar, 
ovoz yozish kompaniyalari, nashriyotlar, galereyalar, kinostudiyalar ko’pchilik 
hollarda 
universitetlar va yirik korporatsiyalarga bog‘langan bo‘lib, 
ularmualliflardan intellektual mulk huquqlarini o‘zining intellektual mulkida 
tobora kichik qiymat ulushi evaziga o‘z huquqlarini berishni talab qilgan. 
Blokcheyn texnologiyasi intellektual mulk yaratuvchilarga uning uchun qiymat 
olishga imkon beradigan yangi platforma taklif qiladi. Haqiqiylik, holat va mulk 
sertifikatlarini o‘z ichiga oladigan san’at asarlari raqamli reestrini tasavvur qiling. 

Download 4,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish