F12 kuch 1- o‘tkazgichga tomon yo‘nalgan bo‘ladi, agar I1 va I2 toklar bir xil yo‘nalishga ega bo‘lsa, ya’ni ular tortadi (8a-rasm), agar toklarning yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lsa, ular itarishadi. (8b-rasm). Shunday qilib, bir xil yo‘nalgan parallel toklar bir biriga tortishadi, qarama-qarshi yo‘nalishda (antiparallel) bo‘lsa bir-biridan itariladi.
Formula (20) XB sistemasida tok kuchining birligini aniqlashda qo‘llaniladi. Agar I1 = I2=1A, b=1m bo‘lsa F12/l=20/4 bo‘ladi. Shunday qilib, 1amper tok kuchi shunday tok kuchiki, uzun parallel o‘tkazgichlardan o‘tganda o‘tkazgichning uzunlik birligiga 20/4 yoki (20) ga ko‘ra 2*10-7 n/m kuchni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |