“Yo‘qolsin Musatabidlik” shiorlari bilan xon saroyi tomon chiqdilar.
Ularning talabi bilan xonning “Bayonnoma”si e’lon qilindi. Unda mamlakatda parlament boshqaruvi joriy ettilishi, parlament Oliy davlat hokimiyati sifatida umumhalq ovoz berish yo‘li bilan shakllantirilishi e’lon qilindi. “Bayonnoma” e’lon qilingan kuning ertasiga «Yosh Xivaliklar» markaziy qo‘mitasining majlisi bo‘ldi, uning raisi qilib Bobooxun Salimov saylandi unda majlis deputatlari saylovini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Olis rayonlarga shu xususdagi maktublar yuborildi, yirik shaharlarda esa aholi o‘rtasida inqilobiy g‘oyalarni targ‘ib qilish va saylov o‘tkazish uchun tashviqotchilar yuborildi. Saylov kompaniyasi yakunlangach majlis barpo etildi, unga joylarda saylangan 30 deputat «Yosh Xivaliklar» tashkilotining hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan 5 vakil, partiya markaziy qo‘mitasining qolgan a’zolariga majlis yig‘ilishlarida maslahat ovozi bilan qatnashishi huquqi berildi va Turkmanlardan 7 deputat kirdi.
«Yosh Xivaliklar»ning bo‘linib ketgan o‘ng qanoti ularga Islom xo‘ja boshchilik qilgan savdo sanoat vakillarini endigina tug‘ulib kelayotgan kapitalist va boylarni birlashtirib, xonga qarshi suiqasd tashkil qilish bilan shug‘ullandi. Fitnadan xabar topgan xon muvaqqat hukumat Turkiston komiteti vakillarining faol madadi bilan 1917 iyunda majlisni tarqatib yubordi va uning rahbarlarini qamoqqa oldi.
Xon zulmining ko‘chayishi sharoitida «Yosh xivaliklar» partiyasi ochiq faoliyat ko‘rsata olmay qoldi. Shu sababli uning so‘l qanoati (unga Boboxon Salimov yetakchi, hunarmandlar, dehqonlar, o‘rta va mayda savdogorlar va aholi boshqa qatlamlari vakillari kirar edi) yashirin ishlash yo‘liga o‘tdi. Ular Gurlan, Mang‘it, Qipchoq va boshqa bekliklarda partiya bo‘limlari va yacheykalarini tashkil etishdi.
1 I.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q». Toshkent, 1998 yil, 21-bet.
1 I.Karimov Donishmand xalqimizning mustaxkam irodasiga ishonaman.
2 I.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. 1998 25-bet.
1 MunavvarQori Abdurashidxonov Toshketdagi jadidlarning yetakchisi. Yangi maktablar ochib, ular uchun darsliklar yozgan. O‘rta Osiyo dorulfununing tashkilotchilaridan biri. Turkistonda bolshevizmga qarshi, milliy mustaqillik uchun kurashib «Milliy ittixod» partiyasini tuzgan. 1926 yilda o‘z partiyasini tugatib, sovetxokimiyatiga xizmat qildi, ma’rifatparvarlikni davom ettirdi. 1929 yilda «Milliy ittixod» partiyasi ustidan bo‘lgan sud yakunida otib tashlangan.
2 Nizomiddin Xo‘jayev 1885 yilda Toshkentda ishchi oilasida tug‘ildi. 1914 yili u inqilobiy harakatdagi ishtiroki uchun bosmaxonadan ishdan bo‘shatildi. 1918 yilda komunistik partiya safiga qabul qilindi. U eski shahar Soveti ijroiya qo‘mitasi lavozimida ham ishlagan. 1919 yil sentyabrida I-Farg‘ona oblast revolyutsion qo‘mitasi raisi ham qilib tayinlandi. 1931 yili O‘rta Osiyo Davlat universitetini tugatib, O‘zbekiston Davlat plani Prezediumining a’zosi bo‘lib ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |