2.3. Sug'urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini ta'minlashda risk menejmenti mexanizmini tashkil etish amaliyotining tahlili Bugungi kunda risk menejmentini tashkil etish va samarali yo'lga qo'yish turli yo'nalishlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Kompaniyalar keng ko'lamli risk menejmentini tashkil etishda bir qancha yo'nalishdagi risklarni qamrab olishi mumkin. Bunda kompaniya faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan holda tegishli risk menejmenti yo'nalishlarini o'z faoliyatida aks ettirishini ta'kidlash lozim (...-rasm).
...-rasm. Keng ko'lamli risk menejmentini tashkil etish1 Sug'urta faoliyatida risk menejmenti bu sug'urta kompaniyasi tomonidan mijozlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan hodisalar ehtimolligini va moliyaviy ta'sirini baholash va miqdorini aniqlash hamda ushbu hodisalar risklarini bozorda boshqa sug'urta kompaniyalari orasida taqsimlashga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Risklarni boshqarish bo'yicha ish, odatda, tegishli sug'urta mukofotini qoplash va sug'urta riskining qiymatini aniqlash uchun matematik va statistik modellashtirishni o'z ichiga oladi.
...-rasm. Sug'urta kompaniyalarida risk strategiyasini yaratishda e'tiborga olinishi lozim bo'lgan jihatlar2 Korxonalarning strategik maqsadlariga erishish uchun to'g'ri risk strategiyasi yaratilishi va risklarni tegishli darajada boshqarish ta'minlanishi uchun yuqoridagilarni inobatga olishi lozim (...-rasm).
Sug'urta kompaniyasi o'z faoliyatida risklarni boshqarishda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
- kompaniyani risklarga moslashtirish hamda kompaniyaning maqsadlarini optimallashtirish uchun bozor strategiyasi va qayta sug'urtalash tartiblarini baholash;
- mijozlarga kapitalning samarali joylashtirilishini va turli vaziyatlarda yo'qotishlarni kamaytirishni ta'minlaydigan bozorga ko'proq mos keladigan, risklarni baholashga asoslangan narxlash uslubiga o'tish uchun risklarni va talab stavkalari o'zgarishini to'g'ri tushuntirish;
- ushbu jarayonlarning samaradorligi va rentabelligini oshirish uchun mavjud talablarni inobatga olish3.
Har qanday risklarni boshqarishning asosiy maqsadi kelajakdagi xatarlarni oldindan ko'rish va mumkin bo'lgan yo'qotishlarning oldini olish yoki hech bo'lmaganda minimallashtirishdir. Risklarni boshqarish sug'urta kompaniyalarining asosiy funktsiyalaridan biridir, chunki boshqa ko'plab sohalardan farqli o'laroq sug'urta kompaniyalari risklarni baholash va qamrab olish bilan shug'ullanadilar. Tobora murakkablashib borayotgan ishbilarmonlik muhitiga moslashish uchun sug'urta kompaniyalari anderrayting, narxlar va da'volarni boshqarishni yaxshiroq qo'llab-quvvatlash hamda investision risklarning oldini olish uchun ma'lumotlarni tahlil qilishning yanada takomillashtirilgan vositalari va texnologiyalarini o'z ichiga olgan holda ichki risklarni boshqarish amaliyotini yo'lga qo'yishlari zarur.
Bugungi kunda sug'urta kompaniyalari faoliyatida mavjud risklar nomuvofiq ichki jarayonlar yoki ba'zi bir boshqarib bo'lmaydigan tashqi omillar natijasida kelib chiqadigan jarayonlar natijasida yuzaga kelmoqda. Sug'urta kompaniyalari risklari yuzaga kelish ehtimolliklari bilan tavsiflanadi.
Sug'urta kompaniyalari o'rtasida an'anaviy risk menejmenti quyidagi jihatlarga e'tibor qaratadi:
1. Anderrayting risklari;
2. Potentsial yo'qotishlarni qoplash uchun sug'urta kompaniyalarining zaxiralari va qayta sug'urtalashning etarliligi;
3. Sug'urta kompaniyalarining investisiya portfelidagi risklarni boshqarish4.
S&P Global Ratingsning Sug'urta sohasi va mamlakat riskini baholash (IICRA) reytingi 52 ta mamlakatda 103 ta sug'urta sektorini qamrab olgan holda tuzilgan. Ushbu IICRA reytingi 2019 yil 1 iyulda e'lon qilingan "sug'urtalovchilar reytingi metodologiyasi" mezonlari asosida tashkil etilgan. Har bir sektorning eng muhim risklari 10 toifaga ajratilgan5:
hukumat va tartibga solish siyosati bilan bog'liq risk;
valyuta riski.
Risklar ushbu belgilangan toifalarga kirmasa, u holda “boshqa” toifadagi risklarga qo'shilgan.
2020 yil avgust oyida e'lon qilingan so'nggi tahlil natijalari e'tibor qaratadigan bo'lsak, mol-mulk sug'urtasi bo'yicha IICRA reytingida tahlil qilingan mamlakatlar orasida rivojlangan mamlakatlar, shuningdek, jadal rivojlanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlar tahlil qilingan (-jadval).