-rasm. Sug'urta sohasidagi top-10 risklar9 Ehtimollik yondashuvidan foydalangan holda sug'urta kompaniyalari faoliyatining risklarini boshqarishning statistik modelini yaratish zarur. Shu sababli, ushbu model ma'lum umumiy talablarga javob berishi hamda sug'urta kompaniyalari faoliyatidagi barcha risklarni hisobga olishi kerak.
Sug'urta kompaniyalarining faoliyatida risklarni boshqarishning statistik modelini yaratishga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat10:
- ushbu model sug'urta kompaniyasining faoliyatida risklarni boshqarish jarayonining asosiy xususiyatlarini o'z ichiga olishi, tavsiflashi va ularni sezilarli darajada soddalashtirishi kerak;
- olingan natijalar haqiqiy natijalarga o'xshash bo'lishi kerak;
- model boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo'llanadigan bo'lishi kerak;
- model riskni baholashning miqdor va sifat parametrlarini o'z ichiga olishi kerak;
- model eng xavfli risk omillarini aniqlashga imkon beradigan tarzda oson tahlil qilishi va prognoz qilishi kerak.
Belgilanganlardan tashqari, modelga qo'yiladigan asosiy talab bu uning haqiqiy jarayonga muvofiqligini ta'minlash hisoblanadi.
...-rasm. Sug'urta kompaniyasida risk turlari11 Sug'urta kompaniyalarida mavjud risklarni tahlil qilish sug'urta kompaniyalarida risk menejmenti mexanizmini tashkil etish, risklarni to'g'ri baholash orqali moliyaviy barqarorlikka erishish kabilarda muhim hisoblanadi (... –rasm).
Risklarni boshqarishning statistik modeli sug'urta kompaniyalarining noaniq sharoitlarda ishlashiga asoslanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishdan oldin sug'urta kompaniyalarining risklarni boshqarish bilan shug'ullanuvchi bo'limlari ehtimollik yondashuvidan foydalangan holda har xil turdagi risklarni oldindan tahlil qilishlari kerak. Ushbu yondashuv risklarni aniqlashga va kompaniyalar uchun salbiy oqibatlarning kelib chiqishini minimallashtirishga qaratilgan choralarni ko'rishga imkon beradi.
Ushbu modelning qo'shimcha afzalligi shundaki, ushbu model kompaniyaning Real faoliyatini hisobga oladi. Bu erda har bir risk turli darajadagi ehtimollik bilan har xil kombinasiyalarda amalga oshirilishi mumkin. Bu esa bir kompaniya uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan birga boshqasiga afzalliklarni keltirishi mumkin.
...-rasmda sug'urta kompaniyalari faoliyatida risklarni baholashning statistik modeliga qo'yiladigan talablarni ham inobatga olish muhimligi aks etgan. Bunda ushbu model turli sug'urta kompaniyalariga mos kelishi, turli risklarni aniqlashga yordam berishi, son va sifat jihatdan risklarni baholashga imkon berishi, sug'urta faoliyatiga moslashgan bo'lishi va uning muhim xususiyatlarini o'z ichiga olishi hamda amaliyotda qo'llash imkoni bo'lishi kabi talablarga javob berishi lozim.
...-rasm. Sug'urta kompaniyalari faoliyatida risklarni baholashning statistik modeliga qo'yiladigan talablar12 ...-rasmda sug'urta kompaniyalari faoliyatida risklarni baholash modelini yaratishdagi asosiy xususiyatlar keltirilgan. Bunda so'rovnomalarga asoslangan sug'urta kompaniyasining statistik ma'lumotlar bazasini shakllantirish hamda ehtimollar nazariyasi asosida risklarni baholash lozim.