Rashod nuri guntekinning “Choliqushi” asari tahlili - . Choliqushi romani 1922 yilda turkiyaning mashhur yozuvchilardan biri Rashod Nuri Guntekin tomonidan yozilgan. Yozuvching ushbu asari’ vaqt’ gazetasida bo’lim bo’lim e’lon qilina boshlagan. Ilk bor asar 1923 yilda chop etilgan. Yozuvchining o’zgartirishlaridan keyin 1937 yilda ‘choliqushi’ romani mukammal holga keltirilgan.
- Bu kitob haqida hech qanday malimot yoq edi menda toki uni oyijonimning eng sevimli asarlari ekanini bilmagunimcha. O’sha paytlar televizorda qayta qayta korsatardi lekin men hozirgacha kinosini kormaganman.
Choliqushi - Janri: roman
- Muallif ijodiy metodi: realizm
Asarning tematik tasnifi Asar mavzusi - Asarning bosh qahramoni Ferede. Asar uning tilidan bayon qilinadi. Feredening dard u alamlari sitamlari quvonchlari barcha qalb kechinmalari mening yuragimdan joy olgan. Unda sevgi nafrat g’urur sadoaqat aks etgan. Bu asarda faqat sevgi emas balki o’sha davr Turkiyasining ijtimoiy hayoti tarixi haqida ham lokal bilimlarni olishga erishish mumkinligini anglab yetganman.
Asarning asosiy g`oyasi va leytmotivi - Asarda ayolning qalb kechinmalari xis tuygulari qalbi mohirlik bilan aks etirilgan. Bosh g’oyasi shundaki, ayol har doim gururini sevgisidan ustun qoyishi gururi or nomusi toptalishiga yo’l qo’ymasligi xiyonatni kechiraolmasligi natijasida shahardan bosh olib ketishi hamda kopgina sarguzashtlarni boshidan kechirgani haqida.
Ichki monologning qahramon tuyg`u va kechinmalarini ochishdagi vazifasi Yozuvchi bosh qahramon Feridening holati, uning his-tuyg`ularini Feridening monologlari orqali ochib bergan. Feride ko‘shkdan ayrilgach, salkam besh yil yaqinlaridan ayri yashaydi. Bu holatdan tez-tez shikoyat qilgan Feride musofirlik va yolg‘izlikdan ancha azoblanadi: “Ufqda oqshomning xiralashgan moviyligi uzra sekingina tutayotgan tutunga o‘xshash tog‘larni tomosha qila boshladim”. Choliqushiga bu tog‘lardan yana musofirlik hidi kela boshladi. Musofirlik hidi, ya`ni asar voqealari Feridening musofirlikda o`tgan kechinmalari va qiyinchiliklari asosiga qurilganligi bois, shunday jumlalarni bitgan. O‘sha davrda ta’lim sohasidagi tanqid qilingan yana bir jihat o‘qituvchi maoshining juda kamligi edi. Feride Onado‘luda ishlab yurgan paytlarida onasidan qolgan qimmatli buyumlarini sotib kun ko‘radi, puli tugaganda esa hatto och qolgan vaqtlari ham bo‘ladi: “Men muallimlikni ochlikdan o‘lmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim to‘g‘ri chiqmadi. Bu kasb bir kun ochlikdan o‘ldirishi hech gap emas”. Ushbu jumlalardan uning holatini bilib olish mumkin. Tarixiy haqiqat va badiiy to`qimaning asar syujetidagi o`rni Choliqushi ishqiy romoan bola qolmay o’sha davrning ijtimoiy muammolariga tanqidiy yondasha olgan asardir. Romanning sotsial jihatini yoritib bergan keng ma’noli so‘z bu Onado‘ludir. Bu so‘zning mantiqiy dunyosi ichida ham shu hudud hamda shu hududda yashagan insonlar va ularga tegishli muammolar joy olgan. Asarda Onado‘lu va u yerda yashagan insonlar hayotiga nazar tashlaganimizda yo‘qsillik, jaholat, yashash zavqidan mahrumlik kabi holatlarga duch kelamiz. Feride bir muddat yashagan Zaynilar qishlog‘i tasvirlari nafaqat Onado‘lu, balki o‘sha davrda hukumat tepasida bo‘lgan Usmonli iqtidorining haqiqatlarini ham ko‘z oldimizda qip-yalang‘och namoyon qiladi. Zaynilar qishlog‘i tasvirida asosan “yakkam-dukkam kulbalar”, “taxta uylar”,”cho‘ka boshlagan qop-qora vayronalar”, “u yer bu yerda tutab yotgan yong‘in xarobalari” kabi ifodalar qo‘llanilgan. U yerdagi o‘quvchilar ahvoli ham juda achinarli edi. Kitobxon uchun asar syujetida obrazlar timsolida o`sha davrdagi muhit juda aniqlik bilan keltirib o`tilgan. Asardagi motivning badiiy-estetik vazifalari Asarda juda ko’plab kontrastlar uchraydi yani yotish va topishlar juda kop boladi qahramonlarning hayotida freed ham 6 yowligida oyisidan keyin esa otasidan ayriladi uning evaziga esa Kamronday sevikli yor topadi afsuski uni ham xiyonat tufayli yoqotadi.. “Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali tark etmadi, ammo ko‘nglim yaxshi ko‘rgan insonlarimning o‘liklari bilan liq to‘la”. Feride tilidan aytilgan durdona bitiklar orqali asarda o`lim motivi juda ko`p uchraganligi yaqqol bilinadi. Hamda asar voqealari davomida safar, sinov, to`y xatar, xiyonat kabi motivlar ham o`z o`rnini egallagan. Syujet unsurlari Feredening sevgisiga sababchi bolgan ayol tul xotin Narimon menimcha u sababli Kamron Feredeni sevib qoladi lekin afsuski Kamronning xiyonati ishqiy munosabatlari tufayli to’yiga 3 kun qolganda Feredening xafa bo’lib qochib ketishiga sababchi bo’ladi. Asarning kuliminatsion nuqtasi ham ayni shu joydan boshlanadi. Taqdir atalmish daydi shamol qahramonlarimizni turli tomonga uchurib yuboradi Asardan olgan taassurotlarim Ushbu asar mening eng sevimli asarlarimdan biridir. Doimo qayta qayta sevib o’qiyman hatto hozir ham olib qayta o’qib chiqqanim rost. Bu asar dengiz kabi to’lqinlatiradi insonni goh sevgining mayin gullaridan hidlatsa, bazida xiyonatning zaharli chayoni kabi chaqtiradi. Karon garchi xiyonat qilgan bo’lsada Feredega bo’lgan sevgisi Feredening esa Kamronbeyga bo’lgan sevgisi ularning asar oxirida topishib baxtli hayotga qadam qoyishga sababchi boladi. Chunki sevgi haqiqiy bo’lsa uni hech qanday to’siqlar yenga olmaydi. E`tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |