Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Qavatlar va qavat guruhlarini yaratish va boshqarish



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/74
Sana20.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#503586
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bog'liq
fayl 1727 20210906

Qavatlar va qavat guruhlarini yaratish va boshqarish 
Yangi yaratilayotgan qavat qavatlar panelida joriy belgilangan qavatning ustida 
yoki joriy belgilangan qavatlar guruhining uchida joylashadi. Yangi qavat yoki 
qavatlar guruhini yaratish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak: 
- qavatlar panelidan yangi qavat yaratish 
tugmasi yoki yangi qavatlar 
guruhini yaratish 
tugmasini bosish kerak; 
- dasturning 
Layer
menyusi 
New
bo‘limidan 
Layer
yoki 
Group
buyruq qatorini 
tanlash kerak; 
- qavatlar panelining menyusidan 
New Layer
yoki 
New Group
buyruq qatorini 
tanlash kerak; 
- qavat yoki qavatlar guruhining xususiyatlarini belgilab yangi qavat yoki qavat 
guruhini yaratish uchun klaviaturaning 
Alt
tugmasini bosib turgan holda qavatlar 
panelidan yangi qavat yaratish 
tugmasi yoki yangi qavatlar guruhini yaratish 
tugmasini bosish kerak; 


72
- yaratilayotgan qavat yoki qavatlar guruhini joriy belgilangan qavatning tagida 
joylashtirish uchun klaviaturaning 
Ctrl
tugmasini bosib turgan holda qavatlar 
panelidan yangi qavat yaratish 
tugmasi yoki yangi qavatlar guruhini yaratish 
tugmasini bosish kerak. 
Mavjud fayl yordamida qavat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Mavjud tasvir faylini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab Photoshop dastirida 
ochiq tasvir ustiga qo‘yish kerak; 
2. Import qilingan tasvirning joylashishi va masshtabi o‘zgartiriladi; 
3. Klaviaturaning 
Enter
tugmasi bosiladi. 
Mavjud qavat asosida ushbu qavatning effektlarini saqlab qolgan holda yangi 
qavat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Qavatlar panelidan qavat belgilanadi; 
2. Belgilangan qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qavatlar panelidagi 
yangi qavat yaratish 
tugmasi ustiga qo‘yiladi. 
Tasvirdagi belgilangan maydonni qavatga aylantirish uchun quyidagilarni 
bajarish kerak: 
1. Tasvirda biror bir maydon belgilanadi; 
2. Dasturning 
Layer
menyusi 
New
bo‘limidan 
Layer Via Copy
yoki 
Layer Via 
Cut
buyruq qatorlarini tanlash kerak. 
Qavatlar guruhidagi qavatlarni ko‘rish uchun quyidagilardan birini bajarish 
kerak: 
- qavatlar panelida qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkichni 
bosish kerak; 
- qavatlar panelida qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkich 
ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst 
menyusidan 
Open This Group
buyruq qatorini bosish kerak; 
- klaviaturaning 
Alt
tugmasini bosib turgan holda qavatlar guruhi yorlig‘ining 
chap tarafidagi ko‘rsatkichni sichqon ko‘rsatkichi bilan bosib qavatlar guruhini va 
uning ichidagi boshqa qavatlar guruhini bir vaqtning o‘zida ochib beradi. 


73
Photoshop dasturida tahrirlashni osonlashtirish uchun ma’lum bir qavat, 
qavatlar guruhi yoki qavat effektini aks ettirish yoki yashirish mumkin. Buning 
uchun qavatlar panelidan quyidagilardan birini bajarish kerak: 
- qavat, qavatlar guruhi yoki qavat effektini ish sohasidan yashirish uchun 
qavatlar panelida uning chap qismidagi aks ettirish 
tugmasini bosish kerak. Aks 
ettirish tugmasi qayta bosilsa ushbu element ish sohasida aks ettiriladi; 
- dasturning 
Layers
menyusidan 
Hide Layers
yoki 
Show Layers
buyruq 
qatorlarini tanlash kerak; 
- qolgan qavatlarni yashirib faqatgina belgilangan qavatni aks ettirish uchun 
klaviaturaning 
Alt
tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelida qavatning chap 
qismidagi aks ettirish 
tugmasini bosish kerak; 
- qavatlar penelida bir nechta elementlarni aks ettirish 
tugmasi ustida 
sichqon ko‘rsatkichini bosib turgan holda yurgizib ushbu elementlarni aks ettirish 
holatini bir vaqtda o‘zgartirib olish mumkin. 
Photoshop dasturida qavatlarni hujjat ichida va hujjatlararo nusxasini olish va 
qo‘yish mumkin. Belgilangan qavatning nusxasini olish uchun dasturning 
Edit
menyusidan 
Copy
buyruq qatorini tanlash yoki klaviaturadan 
Ctrl + C
tugmalar 
kombinatsiyasini bosish kerak. 
Edit
menyusining 
Paste
buyruq qatori yordamida 
nusxasi olingan qavatni joriy hujjatning markaziga qo‘yadi. 
Edit
menyusining 
Paste 
In Place
buyruq qatori yordamida nusxasi olingan qavatni joriy hujjatga dastlabki 
hujjatdagi qavatning joylashishiga qarab qo‘yadi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish