Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/74
Sana20.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#503586
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
Bog'liq
fayl 1727 20210906

 Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 


67
1. Photoshop dasturida tasvirning o‘lchami qanday o‘zgartiriladi? 
2. Piksel deganda nima tushiniladi? 
3. Qanday faktorlar tasvirning sifatiga ta’sir qiladi? 
4. Piksellar zichligi deganda nima tushiniladi? 
5. Rang kanallari qanday turdagi ma’lumotlarni saqlaydi? 
6. Har bir rang kanali uchun ranglar miqdori 8 bit qiymatga ega RGB rang 
rejimidagi tasvirda jami qancha rang ma’lumotlari mavjud? 
7. Piksellar zichligi tasvir sifatiga qanday ta’sir qiladi? 
8. Photoshop dasturi ishlay oladigan tasvirlarning maksimal o‘lchami qanday? 
9. Photoshop dasturida tasvirga o‘zgartirish kiritmagan holda qanday qilib 
aynaltirib ko‘rish mumkin? 
10. Tasvirning rang rejimini o‘zgartirishdan oldin qanday amallarni bajarish 
maqsadga muvofiq? 
11. Qanday rang rejimlari mavjud? 
12. Ranglarni aralashtirish jarayoni qanday ranglar farqlanadi? 
13. Photoshop dasturida mavjud ekran rejimlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
14. Qayta namunalash jarayoning mazmuni to‘g‘risida tushuncha bering. 
15. Rang rejimlariga misollar keltiring. 
QAVATLAR 
Qavatlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar 
Photoshop dasturidagi qavatlar ustma-ust taklangan shaffof qog‘ozlarga 
o‘xshaydi. Qavatning shaffof maydonlari orqali uning tagidagi qavatlarni ko‘rish 
mumkin. Qavatdagi tasvirni boshqa qavatlarga nisbatan joylashuvini o‘zgartirish 
uchun ushbu qavatni siljitish mumkin. Bundan tashqari qavatning xiralik darajasini 
o‘zgartirib uni qisman shaffof qilish mumkin. Odatda qavatlardan bir nechta 
tasvirdan kompozitsiya tayyorlanganda, tasvirga matn yoki vektorli grafik figuralar 
qo‘shganda foydalaniladi. Qavatlarga maxsus effektlar qo‘shish mumkin. 
Yangi tasvir bitta qavatga ega. Tasvirga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qavatlar, 
qavat effektlari va qavat to‘plamlarining soni faqatgina kompyuterning texnik 


68
imkoniyatlari bilan chegaralanadi. Qavatlar bilan Qavatlar paneli yordamida 
ishlanadi. Qavat guruhlari qavatlarni tartiblash va boshqarishga yordam beradi. 
Qavat guruhlaridan paneldagi qavatlarni mantiqiy tartiblashda foydalaniladi. 
Xususiyatlar va maskalarni bir vaqtning o‘zida guruhdagi barcha qavatlarga qo‘llash 
mumkin. 
Ba’zi hollarda qavatlar aniq bir kontentga ega bo‘lmaydi. Masalan, sozlama 
qavatlar undan pastdagi qavatlarga ta’sir qiladigan rang va ton sozlamalarini o‘z 
ichiga oladi. Tasvir joylashgan qavatga tegmagan holda sozlama qavatga 
o‘zgartirish kiritish orqali tasvirni o‘zgartirish mumkin. 
Smart Object deb nomlanadigan maxsus turdagi qavatlar bir yoki bir nechta 
qavatlarni o‘z ichiga oladi. Smart Object qavatini tasvir piksellariga o‘zgartirish 
kiritmasdan o‘zgartirish (masshtablash, qiyshaytirish yoki shaklini o‘zgartirish) 
mumkin. 
Photoshop dasturida qavatlar paneli barcha qavatlar, qavat guruhlari va qavat 
effektlari ro‘yxatini aks ettiradi. Qavatlar paneli orqali qavatlarni aks ettirish yoki 
yashirish, yangi qavat yaratish va qavat guruhlari bilan ishlash mumkin. Qavatlar 
paneli quyidagi ko‘rinishga ega: 


69
A – qavatlar panelining menyusi, B – filtr, C – qavatlar guruhi, D – qavat, E – 
qavat effektlari ro‘yxatini aks ettirish/yashirish, F – qavat effekti, G – qavat 
yorlig‘i 
Qavatlar panelini aks ettirish uchun dasturning 
Window
menyusidan 
Layers
buyruq qatorini tanlash kerak. 
Oq yoki rangli orqa fonga ega yangi tasvir yaratilganida qavatlar panelidagi 
eng pastki qavati orqa fon deyiladi. Har bir tasvir faqatgina bitta orqa fonga ega 
bo‘ladi. Orqa fon qavatining qavatlar panelidagi joylashishi, ranglarni aralashtirish 
rejimi va xiraligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Orqa fon qavatini oddiy qavatga 
o‘zgartirib uning ushbu xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin. 
Shaffof kontentga ega tasvir yaratilganda tasvir orqa fon qavatiga ega 
bo‘lmaydi. Tasvirning eng pastki qavati orqa fon qavati kabi cheklovlarga ega 
bo‘lmaydi. 
Orqa fon qavatini oddiy qavatga o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish 
kerak: 
1. Qavatlar panelida orqa fon qavatini sichqon ko‘rsatkichi bilan ikki marta 
bosish yoki dasturning 
Layer
menyusining 
New
bo‘limidan 
Layer From Background
buyruq qatorini tanlash kerak; 
2. Ochilgan dialog oynasidan qavatning xususiyatlari belgilanadi: 
3. Dialog oynasining 
OK
tugmasi bosiladi. 
Oddiy qavatni orqa fon qavatiga o‘zgartirish uchun kerakli qavat tanlanasi va 
dasturning 
Layer
menyusining 
New
bo‘limidan 
Background From Layer
buyruq 
qatorini tanlash kerak. Natijada qavatning barcha shaffof piksellari joriy orqa fon 
rangiga o‘zgaradi va qavatlar panelining eng pastiga joylashadi. 
Qavatlarni bir tasvir doirasida, boshqa bir tasvirga yoki yangi tasvirga diblikat 
qilish mumkin. 


70
Qavatni bir tasvir doirasida dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi; 
2. Tanlangan qavat yoki guruh sichqon ko‘rsatkchi bilan ushlab qavatlar 
panelining 
tugmasi ustiga tashlanadi yoki dasturning 
Layer
menyusi yoki 
qavatlar panelining menyusidan 
Duplicate Layer
yoki 
Duplicate Group
buyruq 
qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida qavat yoki guruh uchun nom 
kiritiladi va 
OK
tugmasi bosiladi: 
Qavatni boshqa tasvirga dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Manba va qabul qiluvchi tasvirlar ochiladi; 
2. Qavatlar panelidan manba tasvirning bir yoki bir nechta qavatlari yoki guruh 
tanlanadi; 
3. Quyidagilarning biri bajariladi: 
- qavatlar panelida belgilangan qavat yoki guruhni sichqon ko‘rsatkichi bilan 
ushlab qabul qiluvchi qavatga o‘tkaziladi; 
- uskunalar panelidan siljitish 
uskunasini tanlab manba tasvirdan qabul 
qiluvchi tasvirga siljitish kerak. Dublikat qilingan qavat yoki guruh qabul qiluvchi 
tasvirning joriy qavatining ustiga tushadi; 
- dasturning qavatlar menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan 
Duplicate 
Layer
yoki 
Duplicate Group
buyruq qatorlari tanlanadi. Natijada ochilgan dialog 
oynasining 
Destination
qismida 
Document
elementining ochiladigan menyusidan 
qabul qiluvchi tasvir hujjati tanlanadi: 


71
Qavat dublikatini yangi hujjatda yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi; 
2. Dasturning 
Layer
menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan 
Duplicate 
Layer
yoki 
Duplicate Group
buyruq qatori tanlanadi; 
3. Natijada ochilgan dialog oynasining 
Destination
qismida 
Document
elementining ochiladigan menyusidan 
New
qiymati tanlanadi va 
OK
tugmasi 
bosiladi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish