Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Ranglar rejimini o‘zgartirish



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/74
Sana20.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#503586
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Bog'liq
fayl 1727 20210906

Ranglar rejimini o‘zgartirish 
Photoshop dasturida tasvirni bir rang rejimida yaratib uni boshqa rang rejimiga 
o‘tkazib olish mumkin. Tasvir boshqa rang rejimiga o‘tkazilganda uning rang 
qiymatlari muqim ravishda o‘zgaradi. Masalan, RGB rang rejimidagi tasvir CMYK 
rang rejimiga o‘zgartirilganda CMYK rang rejimining rang qiymatlariga 
kirmaydigan RGB rang rejimi qiymatlari o‘xshash qiymatlarga o‘zgartiriladi. 
Natijada tasvirning ba’zi rang qiymatlari yo‘qotilishi va CMYK rang rejimidan RGB 
rang rejimiga qayta o‘zgartirilganda tiklanmaydi. 
Rang rejimini o‘zgartirishdan oldin quyidagilarni bajarish maqsadga muvofiq 
xisoblanadi: 
- tasvirni o‘zining rang rejimida tahrirlash kerak; 
- rang rejimini o‘zgartirishdan oldin qayta tiklash nusxasini olib qo‘yish kerak; 


56
- tasvir qavatlarini birlashtirib olish kerak. 
Tasvirning rang rejimini o‘zgartirish uchun dasturning 
Image
menyusining 
Mode
bo‘limidan kerakli rang rejimini tanlab olish mumkin.
Rangli tasvirni kulrang ko‘rinishdagi tasvirga o‘zgartirish uchun quyidagilarni 
bajarish kerak: 
1. Kulrang ko‘rinishga o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan tasvirni ochish kerak: 
2. Dasturning 
Image
menyusi 
Mode
bo‘limidan 
Grayscale
buyruq qatori 
tanlash kerak; 
3. Ochilgan dialog oynasida 
Discard
tugmasini bosish kerak: 
Natijada rangli tasvir kulrang ko‘rinishga o‘zgaradi: 
RGB rang rejimidagi rangli tasvirlardagi ranglar sonini kamaytirish uchun 
ularni ko‘pi bilan 256 rangga ega Indexed Color rang rejimiga o‘tkazish mumkin. 
Natijada tasvir faylining hajmi qisqaradi. RGB rang rejimidagi tasvirni Indexed 
Color rang rejimiga o‘tkazish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 


57
1. Dasturning 
Image
menyusi 
Mode
bo‘limidan 
Indexed Color
buyruq qatorini 
tanlash kerak; 
2. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 
3. Ochilgan dialog oynasidan quyidagi o‘zgartirish xususiyatlarini belgilab 
olish mumkin: 

Palette
– o‘zgartirish amalga oshirilganida ishlatiladigan ranglar palitrasini 
belgilash; 

Colors
– aks ettiriladigan ranglar soni belgilash; 

Forced
– ranglar palitrasiga ma’lum ranglarni kiritilishi belgilash; 

Transparency
– tasvirdagi shaffof maydonlarni saqlanishi belgilash; 

Matte
– orqa fon rangini belgilash; 

Dither
– ranglar palitrasida mavjud bo‘lmagan ranglar o‘rniga o‘xshash 
ranglarni qo‘llash; 

Amount
- ranglar palitrasida mavjud bo‘lmagan ranglar o‘rniga o‘xshash 
ranglarni qo‘llash miqdorini foizda belgilash; 
4. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish