Qavat xiraligi va ranglarning aralashtirilishi
Qavatning ranglar aralashtirilish rejimi undagi piksellarni qavat ostidagi qavat
piksellari bilan qorishishini belgilaydi. Qavatning umumiy xiralik darajasi uning
ostidagi qavatni qay darajada ko‘rinishini belgilaydi. 1% xiralik darajasiga ega qavat
deyarli shaffof bo‘lib, 100% xiralik darajasiga ega qavat shaffof bo‘lmaydi.
Qavatning umumiy xiralik darajasi qavatning piksellariga, qavatga qo‘yilgan
effektlarga va ranglar aralashtirish rejimiga ta’sir ko‘rsatadi. Qavatning kontent
a)
b)
c)
a)
b)
82
xiralik darajasi faqatgina qavatdagi piksellarga ta’sir ko‘rsatadi, qavatga qo‘yilgan
effektlarga va ranglar aralashtirish rejimiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qavatlarni siljitish, tartiblash va qulflash
Qavatlar yoki qavat guruhlarining joylashish ketma-ketligini o‘zgartirish uchun
quyidagilardan birini bajarish kerak:
- qavatlar panelida qavat yoki qavatlar guruhini sichqon ko‘rsatkichi bilan
ushlab turib joylashish tartibini o‘zgartirish;
- qavatni qavatlar guruhiga joylashtirish uchun ushbu qavatni sichqon
ko‘rsatkichi bilan ushlab turib guruh yorlig‘i
ustiga qo‘yish kerak;
- qavat yoki qavatlar guruhini tanlab dasturning
Layer
menyusi
Arrange
bo‘limidan
Bring to Front
(eng yuqoriga joylash),
Bring Forward
(bir pog‘ona
yuqoriga joylash),
Send Backward
(bir pog‘ona pastga joylash) yoki
Send to Back
(eng pastiga joylash) buyruq qatorlarini tanlash mumkin. Agar tanlangan qavat
qavatlar guruhi ichida joylashgan bo‘lsa qavatning joylashish ketma-ketligi ushbu
qavat joylashgan guruh miqyosida bo‘ladi;
- tanlangan bir nechta qavatlarni teskari tartibda joylashtirish uchun dasturning
Layer
menyusi
Arrange
bo‘limidan
Reverse
buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavatning kontentini siljitish uchun qavatlar panelidan kerakli qavat tanlanadi.
Uskunalar panelidan siljitish uskunasini
tanlab quyidagilardan birini bajarish
kerak:
- ish sohasida qavatning elementini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab erkin
siljitish mumkin;
- qavatning elementini 1 piksel qiymatga siljitish uchun klaviaturaning
ko‘rsatkich tugmalaridan (↑, ↓, ←, →) foydalanish mumkin;
- qavatning elementini 10 piksel qiymatga siljitish uchun klaviaturaning
Shift
tugmasini bosib turgan holda ko‘rsatkich tugmalaridan (↑, ↓, ←, →) foydalanish
mumkin.
Qavatni aylantirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan kerakli qavat belgilanadi;
83
2. Tasvirning biror maydoni belgilanmaganligiga ishonch hosil qilinadi, agar
belgilangan bo‘lsa dasturning
Select
menyusidan
Deselect
buyruq qatori tanlanadi;
3. Dasturning
Edit
menyusi
Transform
bo‘limidan
Rotate
buyruq qatori
tanlanadi. Natijada qavatning boshqarish tutgichlari aks ettiriladi;
4. Sichqon ko‘rsatkichini boshqarish tutgichlarining tashqarisiga joylashtirsa
sichqon ko‘rsatkichi yoysimon, ikki taraflama ko‘rsatkichga o‘zgaradi. Shunda
sichqon tugmasini bosib qavatni erkin aylantirish mumkin. Klaviaturaning
Shift
tugmasini bosib turgan holda aylantirilsa qavat har vaqt 15
o
qiymatga aylanadi;
5. Qavat kerakli darajaga aylantirib bo‘lingandan so‘ng klaviaturaning
Enter
tugmasini bosish yoki xususiyatlar panelidan qo‘llash
tugmasini bosish kerak.
Aylanishni bekor qilish uchun klaviaturaning
Esc
tugmasini bosish yoki xususiyatlar
panelidan bekor qilish
tugmasini bosish kerak.
Qavatning kontentini muxofaza qilish uchun qavatni to‘liq yoki qisman
qulflash mumkin. Masalan, qavatni tahrirlashni to‘liq tugatgandan so‘ng uni to‘liq
qulflash mumkin. Qavatning biror bir xususiyatini o‘zgartirish imkoniyatiga ega
bo‘lish uchun uni qisman qulflash kerak. Qavat qulflanganda uning o‘ng qismida
qulf belgisi aks ettiriladi. Qavat to‘liq qulflangan bo‘lsa qulf belgisi oq rangga
bo‘yalgan
, qisman qulflangan bo‘lsa qulf belgisi bo‘yalmagan
bo‘ladi.
Qavatning barcha xususiyatlarini qulflash uchun qavat yoki qavatlar guruhini
tanlab qavatlar panelining yuqori qismidan barchasini qulflash
tugmasini bosish
kerak.
Qavatning ma’lum xususiyatlarini qulflash uchun kerakli qavatni tanlab
quyidagilarning biri yoki bir nechtasini bajarish kerak:
-
shaffof piksellarni qulflash
– qavatning faqatgina shaffof bo‘lmagan
piksellarini tahrirlashga ruxsat beriladi;
-
chizishni qulflash
– chizish uskunalari yordamida qavatdagi piksellarni
o‘zgartirishni taqiqlaydi;
-
siljitishni qulflash
– qavatdagi piksellarni siljitishni taqiqlaydi.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |