65
o‘zgartirish uchun pastda joylashgan rang maydoni
tanlanadi va ochilgan
Adobe
Color Picker
oynasidan kerakli rang tanlanadi.
Old va orqa fon ranglarini belgilash uchun
Eyedropper
uskunasidan
foydalanish mumkin. Uskuna yordamida rang qiymatini joriy tasvirning ixtiyoriy
joyidan tanlab olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Uskunalar
panelidan
Eyedropper
uskunasi
tanlanadi;
2. Dasturning xususiyatlar panelidan namuna o‘lchamini
Sample Size
elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni tanlash orqali:
-
Point Sample
– tanlangan pikselning aniq qiymatini oladi;
-
3 by 3 Average, 5 by 5 Average, 11 by 11 Average, 31 by 31 Average, 51 by
51 Average, 101 by 101 Average
– tanlangan maydondagi belgilangan miqdordagi
piksellarning o‘rtacha qiymatini oladi.
3.
Sample
elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni belgilash
mumkin:
-
All Layers
– rang qiymatini hujjatdagi barcha qavatlardan olinadi;
-
Current Layer
– rang qiymatini joriy faol qavatdan oladi;
4.
Eyedropper
uskunasini tanlangan old fon rangini aks ettiruvchi doirani aks
ettirish uchun xususiyatlar panelidan
Show Sampling Ring
elementini belgilash
kerak:
5. Quyidagilardan birini bajarish kerak:
- old fon rangini tanlash uchun tasvirning kerakli joyiga sichqon tugmasini
bosish;
- orqa fon rangini tanlash uchun tasvirning kerakli
joyiga klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bosish.
Adobe Color Picker
dialog oynasi yordamida ranglarni to‘rtta rang rejimidan
foydalanib tanlash mumkin:
HSB
,
RGB
,
Lab
va
CMYK
.
Adobe Color Picker
dialog
66
oynasini old fon, orqa fon va matn ranglarini belgilash uchun ishlatiladi. Bundan
tashqari turli uskunalar, buyruqlar va xususiyatlar
uchun maqsadli ranglarni
belgilash mumkin.
Adobe Color Picker
dialog oynasi quyidagi ko‘rinishga ega:
A - tanlangan rang, B - dastlabki rang, C - o‘zgartirilgan rang, D -
diapazondan tashqariga chiqish ogohlantiruvchisi, E - web sahifalar uchun tog‘ri
kelmaslik ogohlantiruvchisi, F - faqat web sahifalar uchun to‘g‘ri keladigan
ranglarni aks ettirsh, G - rang maydoni, H - rang slayderi, I - rang qiymatlari
Adobe Color Picker
dialog oynasini aks ettirish uchun quyidagilarni bajarish
mumkin:
- uskunalar panelidagi old yoki orqa fon rangini tanlash maydonchasini sichqon
ko‘rsatkichi bilan bosish kerak;
- ranglar panelidagi old yoki orqa fon rangini tanlash maydonchasini sichqon
ko‘rsatkichi bilan bosish kerak.
Adobe Color Picker
paneli yordamida rangni
HSB
,
RGB
va
Lab
qiymat
maydonlariga kerakli rangning qiymatini kiritish, rang maydoni va rang slayderida
rang tanlash yordamida belgilash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: