RAQOBATLI MARKETING STRATEGYALARI
REJA:
1. Raqobatning tuzilishi va raqobatning evolyutsion tuzilishi
2. M.Porter bo’yicha raqobat konsepsiyasi.
3. Global strategiya yordamida raqobatli afzallikka erishish.
4. Raqobatdagi yutukka milliy shart-sharoitlarni ta’siri.
5. Mamlakat raqobatbardoshligini oshirish yo’llari
1. Raqobatning tuzilishi va raqobatning evolyutsion tuzilishi
Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari o’rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo’ladigan kurashni anglatadi. U kishilik jamiyati hayotining hamma jabhalariga xos bo’lib, odamlar o’rtasidagi o’z imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish, ayrim sohalarda o’z ustunliklarini namoyon qilish, farovonroq hayot kechirish, jamoa o’rtasida obro’liroq bo’lish uchun bo’lgan qurashni aks ettiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa faoliyatlarning asosini tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati hayotida iqtisodiy sohadagi raqobat muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish munosabatlarining sub’ektlari (ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, tadbirkorlar, yollanma ishchilar va hokazolar) o’rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti (arzon ishlab chiqarish resurslari va ishchi kuchi)ga ega bo’lish unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo’lga olish, umuman, yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Iqtisoddagi raqobat ko’p qirrali hodisa bo’lib, yaxshi daromad ko’rish, o’z qobiliyatini to’laroq ishga solish, o’zi mashg’ul ishni rivojlantirish, o’z sohasida imijga ega bo’lish uchun kurashni bildiradi.
Erkin raqobat davrida raqiblar kurashining ikki asosiy shakli amal qiladi: tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat.
Tarmoq ichidagi raqobat deganda bir tarmoqqa kiradigan firmalar o’rtasida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishshng qulay sharoitlari va yaxshi foyda olish uchun kurashish tushuniladi. Har bir tarmoqda korxonalarniyag texnika darajasi va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo’lganligi sababli, ular chiqarayotgan tovarlarning individual qiymati ham har xil bo’ladi. Biroq, bizga ma’lumki, tovar xo’jaligida qiymat qonunining amal qilishi sababli turli individual qiymat ijtimoiy bozor qiymatiga keltiriladi. Bunga sabab tarmoq ichidagp raqobat kurashidir.
Tarmoqlararo raqobat. Tarmoqlararo raqobat deganda turli tarmoq firmalari o’rtasida eng yuqori foyda olish uchun olib boriladigan kurashni tushunamiz. Kapitalning xususiyati shuki, u doimo harakatda bo’lib, o’z sohibiga foyda keltirib turishi kerak. Kapital sohiblari esa ularni foydaliroq sohalarga joylashtirishga harakat qiladilar. Ular uchun nimani bozor ko’tarsa, shuni ishlab chiqarib ko’proq foyda olish muhimdir.
Tarmoqlararo raqobat kurashi kapitalni yaxshi foyda keltiradigan oohalarga joylashtirish uchun boradi. Qaerda foyda ko’p bo’lsa, shu erga resurslar oqib o’tadi, chunki shu erdagi tovarga talab ko’p bo’lib, u qondirilsa, yaxshi foyda ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |