Raqobatdosh iqtisodiyotda moliyaviy



Download 81,62 Kb.
bet5/9
Sana22.06.2022
Hajmi81,62 Kb.
#690671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kurs ishi

Omilli tahlil metodikasi


Korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi barcha hodisa va jarayonlar o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangandir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Masalan, operatsion faoliyatidan foyda hajmi mahsulotlar birligi narxi va tannarxiga, savdo hajmi va strukturasiga bog‘liq. Barcha boshqa omillar ushbu ko‘rsatkichga bilvosita ta’sir qiladi.
Tahlilda har bir hodisani sabab sifatida ham, natija sifatida ham ko‘- rib chiqish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini, bir tomondan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi sababi, uning tannarxi dara- jasi sifatida, boshqa tomondan esa – ishlab chiqarishni mexanizatsiya- lash va avtomatlashtirish darajasi o‘zgarishi natijasi, mehnatni tashkil qilish takomillashtirilishi va boshqalar tarzida ko‘rib chiqish mumkin.
Har bir natijaviy ko‘rsatkich ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Natijaviy ko‘rsatkich kattaligiga omillar ta’siri qanchalik batafsil tadqiq qilinsa, tahlil natijalari va korxonalar mehnat sifatini baholash shunchalik aniq bo‘ladi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyati tahlilida o‘rganilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar kattaligiga omillar ta’sirini o‘rganish va o‘lchash muhim metodologik masala hisoblanadi. Omillarni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan faoliyat natijalari haqida asoslangan xulosalar qilish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, reja va boshqaruv qarorlarini asoslash mumkin emas.
Omilli tahlil – bu natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini kompleks hamda tizimli tadqiq qilish jarayonidir.


Omilli tahlil turlari
















1. Determinatsiyalangan va stoxastik

2. To‘g‘ri va teskari

3. Bir darajali va ko‘p darajali

4. Statik va dinamik

5. Retrospektiv va istiqbolli
(prognoz)






      1. chizma. Omilli tahlil turlari.

Determinatsiyalashgan omilli tahlil - natijaviy ko‘rsatkichlar bilan aloqasi funksional tavsif kasb etuvchi omillar tadqiq metodikasini o‘zida aks ettiradi. Stoxastik tahlil esa natijaviy ko‘rsatkich bilan aloqasi, funksionaldan farqli ravishda, noto‘liq, ehtimoliy (korrelatsion) hisobla- nuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi. Agar argument o‘zgarishiga funk- sional (to‘liq) bog‘liqlikda doimo funksiyalarning mutanosiblikda o‘zga- rishi sodir bo‘lsa, u holda argument o‘zgarishining stoxastik aloqasida ushbu ko‘rsatkichni aniqlovchi boshqa omillar uyg‘unligiga bog‘liqlikda funksiyalar o‘sishining bir nechta qiymatini berishi mumkin. Masalan, mehnat unumdorligi ayni bir xil darajali fond bilan qurollangan turli korxonalarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir qiluvchi boshqa omillarning maqbul uyg‘unligiga bog‘liq.


Tadqiqot metodikasi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari omilli tahlil farq- lanadi. To‘g‘ri omilli tahlil deduktiv usulda – umumiydan xususiyga tomon amalga oshiriladi. U o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich kattali- gini shakllantiruvchi omillarni kompleks tadqiq qilish maqsadida olib boriladi. Teskari omilli tahlil sabab-oqibat aloqalarini mantiqiy induk- siya usuli bilan tadqiq qiladi – xususiy, alohida omillardan umumiyga, sababdan oqibatga. Ko‘plab natijaviy ko‘rsatkichlarning o‘rganilayotgan omil o‘zgarishiga ta’sirchanlik darajasini baholashga imkon beradi.
Omillarni detallashtirish darajasiga ko‘ra tahlil bir darajali va ko‘p darajali bo‘lishi mumkin. Birinchi shakli omillarning faqat bir darajasini (bir pog‘onani), ularning tarkibiy qismlar bo‘yicha detallashtirmasdan tadqiq qilish uchun foydalaniladi, masalan, Y = a*v. Ko‘p darajali omilli tahlilda omillarning mohiyatini o‘rganish maqsadida ularlarning a va v tarkibiy elementlariga nisbatan detallashtirishga olib boriladi. Omillarni detallashtirish kelgusida ham davom ettirilishi mumkin. Ushbu holatda tobelanishning turli darajalariga ega omillar ta’siri o‘rganiladi.
O‘rganilayotgan hodisalar holat belgisiga ko‘ra statik va dinamik omilli tahlil farqlanadi. Statik tahlil muayyan sanaga natijaviy ko‘rsat- kichlarga omillarning ta’sirini o‘rganishda qo‘llaniladi. Boshqa ko‘rinish sabab-oqibat aloqalarini dinamikada tadqiq qilish metodikasini o‘zida aks ettiradi, va nihoat, vaqt belgisi bo‘yicha omilli tahlil retrospektiv bo‘lishi mumkin, u o‘tgan davr va istiqbol uchun xo‘jalik faoliyati nati- jalaridagi o‘zgarishlar sababini o‘rganib, istiqbolda natijaviy ko‘rsat- kichlar darajasiga omillar ta’sirini tadqiq qiladi.
Omilli tahlilning asosiy bosqichlari:

  1. o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichlarning tahlili uchun omillarni saralash;

  2. klassifikatsiya va tizimlashtirish omillarining maqsadida ta’min- langan tizimli yondashuv va ularni o‘rganish;

  3. omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni modellashtirish;

  4. omillar ta’sirini hisoblash va o‘zgarishidagi natijaviy ko‘rsatkich kattaliklari har birining ahamiyatini baholash;

  5. iqtisodiy jarayonlarni boshqarish uchun omilli modeldan amaliy foydalanish.




  1. Download 81,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish