Reja:
Raqobat va uning vazifalari.
Bozorga kirib kelishda mavjud bo’ladigan to’siqlar.
Raqobat ustunligiga ega bo’lishda axborotning roli
Xulosa
Kirish
Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar katnashchilari urtasidagi yaxshirok yashash sharoiti uchun buladigan kurashni anglatadi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshka faoliytlarning asosini tashkil kilgani uchun kishilik jamiyati xayotida iqtisodiy soxadagi raqobat muxim rol o’ynaydi.
Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar katnashchilari urtasidagi yaxshirok yashash sharoiti uchun buladigan kurashni anglatadi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshka faoliytlarning asosini tashkil kilgani uchun kishilik jamiyati xayotida iqtisodiy soxadagi raqobat muxim rol o’ynaydi.
Iqtisodiy soxadagi raqobat ishlab chikarish munosabatlarining subektlari urtasida kulayrok ishlab chikarish sharoitiga ega bo`lish, unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo`lga olish, umuman yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Raqobatning iqtisodiy asosi bu ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va istemolchilarning tadbirkor, mulk va daromad egasi sifatida erkin xolda mustakil bulishidir. Raqobat bo`lishining boshqa sharti bo`lib tovar pul munosabatlarining ma'lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Iqtisodiy soxadagi raqobat ishlab chikarish munosabatlarining subektlari urtasida kulayrok ishlab chikarish sharoitiga ega bo`lish, unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo`lga olish, umuman yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Raqobatning iqtisodiy asosi bu ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va istemolchilarning tadbirkor, mulk va daromad egasi sifatida erkin xolda mustakil bulishidir. Raqobat bo`lishining boshqa sharti bo`lib tovar pul munosabatlarining ma'lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobat va uning bosqichlari.
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.
R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.
Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.
"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992 yil 3 avg .) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996 yil 26 apr.) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996 yil 27 dek.) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish mumkin:
tartibga solish vazifasi;
resurslarni joylashtirish vazifasi;
innovatsion vazifa;
moslashtirish vazifasi;
taqsimlash vazifasi;
nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. 0 ‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan
Raqobat marketing menejmentining hal qiluvchi omili sifatida iste’molchilar nazaridagi barcha tovar va takliflarni o’z ichiga oladi. Faraz qilaylik avtomobil kompaniyasi metalolom etkazib berish to’g’risida shartnoma imzolamoqchi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi po’latni Bekobod metallurgiya zavodidan yoki boshqa O’zbekistonlik yoki chet el ishlab chiqaruvchisidan xarid qilishi kichikroq kompaniyaga murojaat etishi xarajatlarni tejash imkonini beradi, alyumin etkazib beruvchilarga murojaat etish ayrim detallarni alyumindan ishlab chiqarishga va ularning vaznini kamaytirishga olib keladi. Va nihoyat sanoat plastmassasidan foydalanishni kengaytirish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.
Agarda Bekobod metallurgiya zavodi menejmenti o’z raqobatdoshlari sifatida faqat metall ishlab chiqaruvchilarni qaraydigan bo’lsa, bu juda ham tor yondashuv bo’lar edi. Aslida eng xavfli raqobatdoshlar sifatida substitutlar, ya’ni po’latni o’rnini bosadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya va firmalar sanaladi. Kompaniya boshqaruvi, bunday tovarlarni ham ishlab chiqarish yo’llarini izlashi yoki faqatgina an’anaviy iste’molchilar bilan ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Raqobatni tovarlarni o’zaro bir-birini o’rnini bosish darajasiga asoslangan to’rtta bosqich bilan tavsiflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |