shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar
tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari markazlariga:
(18-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O„zbekiston
Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O„RQ-486-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y.,
03/18/486/1559-son)
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik
berish to„g„risidagi arizani;
Oldingi
tahrirga qarang.
jismoniy
shaxs
uchun
— arizachining pasportiga oid
ma‟lumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi,
hujjatni bergan organ);
(18-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O„zbekiston
Respublikasining
2015-yil
20-avgustdagi
O„RQ-391-
sonli
Qonuni
tahririda — O„R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud
agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga
oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab
chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda
ularning hajmlari to„g„risidagi ma‟lumotlarni;
o„tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;
shaxslar guruhining tarkibi to„g„risidagi, bu shaxslarning ushbu
guruhga kirish asoslari ko„rsatilgan ma‟lumotlarni va ustav fondidagi
(ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo„yicha ko„rib
chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi organ zarur hujjatlar va ma‟lumotlar olingan
paytdan e‟tiboran o„n kalendar kundan kechiktirmay arizachiga qabul
qilingan qaror to„g„risida yozma shaklda xabar qiladi. Aksiyalarning
(ulushlarning) ayni bir turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun
shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir vaqtning o„zida murojaat etgan
taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir
kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi organda
harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi
mumkin, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqening
vujudga kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib
keladi yoki olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo
bo„lsa, arizani ko„rib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda o„rganish
uchun bir oydan ko„p bo„lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining
2018-yil 9-yanvardagi O„RQ-459-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun
hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-
son)
Monopoliyaga qarshi organ, agar:
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik
berish to„g„risidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya
bozorida tegishli xo„jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar
guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki)
raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo„lsa;
taqdim etilgan hujjatlarni ko„rib chiqishda ularda bayon etilgan
axborotning ishonchsizligi yoki yolg„onligi aniqlansa, arizachiga
oldindan rozilik berishni rad etishga haqli.
Oldingi
tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar
tuzishga) oldindan rozilik berishga va buni raqobatni ta‟minlashga
qaratilgan talablarni bajarishga bog„liq qilib qo„yishga haqli. Bunda
mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga
qarshi organning xo„jalik yurituvchi subyektlarni qo„shib yuborish,
qo„shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni
(ulushlarni) olish bo„yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish
to„g„risidagi qarorida ko„rsatilishi kerak. Mazkur harakatlarning sodir
etilishi (bitimlar tuzilishi) tovar yoki moliya bozorida tegishli xo„jalik
yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga
kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib
kelishi mumkin bo„lgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etish (bitimlar
tuzish) to„g„risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar
monopoliyaga qarshi organning talabiga ko„ra raqobatning zarur shart-
sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini ko„rishi shart.
(18-moddaning to„rtinchi qismi O„zbekiston Respublikasining
2018-yil 9-yanvardagi O„RQ-459-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun
hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto
xo„jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi
yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi,
noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo„lgan taqdirda ham, agar
xo„jalik yurituvchi subyektlarni qo„shib yuborish, qo„shib olish va ustav
fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo„yicha
bitimlar tuzish to„g„risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy
shaxslar o„z harakatlari (bitimlari) iste‟molchilarga sezilarli darajada naf
keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun
oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
(18-moddaning beshinchi qismi O„zbekiston Respublikasining
2018-yil 9-yanvardagi O„RQ-459-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun
hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-
son)
Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz
sodir etilgan, tovar yoki moliya bozorida xo„jalik yurituvchi subyektning
yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki
kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan
harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi
mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
(19-modda O„zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi
O„RQ-459-sonli
Qonuniga
asosan o„z kuchini yo„qotgan — Qonun
hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-
son)
Do'stlaringiz bilan baham: