Raqobat to„G„risida


-modda.  Davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat



Download 490,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/38
Sana12.01.2022
Hajmi490,19 Kb.
#336769
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
12-modda.  Davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlari  va  yuridik  shaxslar  birlashmalarining 

raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini taqiqlash 

Davlat  boshqaruvi  organlari  va  mahalliy  davlat  hokimiyati 

organlarining: 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

faoliyatning  biror  bir  sohasida  yangi  xo„jalik  yurituvchi 

subyektlarni  tashkil  etishga  cheklovlar  joriy  etishi,  shuningdek 

faoliyatning  ayrim  turlarini  amalga  oshirishni  yoki  muayyan  tovarlar 

ishlab  chiqarishni  man  etishi,  bundan  qonunchilikda  belgilangan  hollar 

mustasno; 



(12-modda  birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O„zbekiston 

Respublikasining 

2021-yil 

21-apreldagi 

O„RQ-683-

sonli 

Qonuni 

tahririda  —  Qonunchilik  ma‟lumotlari  milliy  bazasi, 

21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

shartnomalar  tuzishda  ustunlik  berish,  sotib  oluvchilarning 

muayyan  doirasiga  tovarlarni  birinchi  navbatda  realizatsiya  qilish, 

moliyaviy  mablag„larning  manbalarini  tanlash  va  ulardan  foydalanish 

yo„nalishlarining  afzalligi  to„g„risida  xo„jalik  yurituvchi  subyektga 

ko„rsatmalar  berishi,  bundan  qonunchilikda  belgilangan  hollar 

mustasno; 

(12-modda  birinchi  qismining  uchinchi  xatboshisi  O„zbekiston 

Respublikasining 

2021-yil 

21-apreldagi 

O„RQ-683-



sonli 

Qonuni 

tahririda  —  Qonunchilik  ma‟lumotlari  milliy  bazasi, 

21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

ayrim  xo„jalik  yurituvchi  subyektlarga  ularni  tovar  yoki  moliya 

bozorida faoliyat ko„rsatayotgan boshqa xo„jalik yurituvchi subyektlarga 

nisbatan  afzal  holatga  qo„yadigan  imtiyozlar,  preferensiyalar  va 

yengilliklarni asossiz ravishda berishi; 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning  ustav  fondidagi  (ustav 

kapitalidagi)  aksiyalarni  (ulushlarni)  olishi,  bundan  qonunchilikda 

nazarda tutilgan hollar mustasno; 



(12-modda  birinchi  qismining  beshinchi  xatboshisi  O„zbekiston 

Respublikasining 

2021-yil 

21-apreldagi 

O„RQ-683-

sonli 

Qonuni 

tahririda  —  Qonunchilik  ma‟lumotlari  milliy  bazasi, 

21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning  iqtisodiy  faoliyatiga  oqibatda 

raqobat cheklanishi mumkin bo„lgan tarzda aralashishi; 

o„z vazifalarini xo„jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan 

qo„shib bajarishi; 

ayrim  xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning  faoliyati  uchun  boshqa 

kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi taqiqlanadi. 

Alohida  hollarda,  davlat  boshqaruvi  organlari  va  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlari  tabiiy  ofatlar,  halokatlarning  oqibatlarini  tugatish 

hamda 


epidemiyalarning 

oldini 


olish 

maqsadida 

ushbu 

moddaning 



birinchi  qismida

 belgilangan  hujjatlar  qabul  qilishi  va 

harakatlarni amalga oshirishi mumkin. 

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari 

va  yuridik  shaxslar  birlashmalarining  tovar  yoki  moliya  bozorining 

normal  faoliyat  ko„rsatishiga,  raqobatni  rivojlantirishga  to„sqinlik 

qiluvchi  hamda  iste‟molchilarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini 

kamsituvchi harakatlariga, shu jumladan: 

narxlarni yoki tariflarni oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga; 

tegishli bozorni hududiy prinsip bo„yicha, realizatsiya qilish yoki 

xaridlar  hajmi  bo„yicha,  tovarlarning  xillari  bo„yicha  yoxud  tovarlarni 

sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo„yicha 

bo„lib olishga; 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning  bozorga  kirishini  cheklashga 

yoki  ularni  bozordan  chetlatishga  olib  keladigan  kelishib  olingan 

harakatlari va kelishuvlariga yo„l qo„yilmaydi. 




(12-moddaning  uchinchi  qismi  to„rtinchi  xatboshisi  O„zbekiston 

Respublikasining 

2018-yil 

9-yanvardagi 

O„RQ-459-

sonli 

Qonuni 

tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma‟lumotlari  milliy  bazasi, 

10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 

Yuridik shaxslar birlashmalarining xo„jalik  yurituvchi subyektlar 

iqtisodiy  faoliyatiga  pirovard  natijada  raqobatni  cheklab  qo„yadigan 

yoki cheklab qo„yishi mumkin bo„lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. 




Download 490,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish